Andijon davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti


II. 3. GIDROKSIKISLOTALAR



Yüklə 38,31 Kb.
səhifə4/6
tarix22.03.2024
ölçüsü38,31 Kb.
#181933
1   2   3   4   5   6
Organik kimyo fanidan tayyorlagan-www.hozir.org

II. 3. GIDROKSIKISLOTALAR
Gidroksikislotalarga gidroksikarbon, gidroksidikarbon, gidroksitrikarbon, digidroksikarbon, digidroksidikarbon va boshqa shu kabi kislotalar, shuningdek, fenolkarbon kislotalar kiradi. Gidroksil guruh joylashgan o‘rniga qarab α -, β -, γ-, δ-gidroksikarbon kislotalarga bo‘linadi.

OLINISH USULLARI


α -gidroksikislotalar α -galogenkarbon kislotalardan oson hosil bo'ladi:
Ikkinchi usul siangidrin usuli bo‘lib, bunda dastlab vodorod sianid karbonil birikmaga biriktiriladi, keyin hosil bo‘lgan a-gidroksinitrilsiangidrin gidroliz qilinadi:

Ayrim a-gidroksikislotalar tabiiy mahsulotlarda ham topilgan. Tabiiy a-gidroksikislotalar optik aktiv birikmalardir. Sintetik a-gidroksikislotalar bunday aktivlikka ega emas, ya’ni ratsemat aralashmalardir. ß-gidroksikislotalar S.Reformatskiy metodi bo‘yicha oson olinadi (1887-y.). Reformatskiy reaksiyasida a-galogenkarbonkislotalaming murakkab efirlariga rux ishtirokida karbonil birikmalar ta ’sir ettiriladi:

Bundan tashqari α, β-to‘yinmagan karbon kislotalarga suv biriktirib, β-galogenkarbon kislotalami gidroliz qilib, β-oksokarbon kislotalarni gidridlab ham β-gidroksikislotalar olish mumkin.
γ- va δ -gidroksikislotalar har xil metodlar bilan olinadi. Masalan, γ-gidroksimoy kislotasi butandiol-1,4 va tetragidrofuranni oksidlab olinadi. Bunda dastlab γ-gidroksimoy kislotasining laktoni (γ-butirolakton, butanolid) hosil bo‘ladi. Keyin lakton ishqoriy muhitda gidroliz qilinib γ-gidroksimoy kislotasining tuzi olinadi.
II. 4. AMINOKISLOTALAR
Karbon kislotalardagi radikal vodorodlaridan bir yoki bir nechtasi aminoguruhga almashinishi natijasida hosil bo'lg an moddalar aminokislotalar deb ataladi. Shuning uchun aminokislotalar karbon kislotalarning aminoguruh tutuvchi hosilalaridir. Tarkibidagi karboksil, aminoguruhlar, hamda aminoguruhning joylashuviga qarab sinflanadi. Aminokislotalar umumiy qoidalar bo‘yicha nomlanadi. Ayrim aminokislotalar, xususan oqsillar tarkibiga kiruvchi aminokislotalar tarixiy nomlarbilan ham nomlanadi.


Yüklə 38,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə