Andijon Mashinasozlik instituti Iqtisod fakulteti 1-kurs Buxgalteriya hisobi va audit yo’nalishi K18-22 guruh talabasi Nabijonov Qudratbekning Statistika fanidan mustaqil ishi



Yüklə 7,25 Kb.
tarix30.12.2023
ölçüsü7,25 Kb.
#166972
Nabijonov Qudratbek statistika

Andijon Mashinasozlik instituti Iqtisod fakulteti 1-kurs Buxgalteriya hisobi va audit yo’nalishi K18-22 guruh talabasi Nabijonov Qudratbekning Statistika fanidan mustaqil ishi

Mavzu:Dinamika qatorlari, ularning tarkibiy unsurlari Reja:

  • Dinamika qatorlari mohiyati va turlari
  • Dinamika qatorlari tahlil qilish ko’rsatkichlari
  • Dinamika qatorlarining tarkibiy unsurlari

Dinamika qatorlari mohiyati va turlari

Bozor iqtisodiyoti sharoitida ijtimoiy hodisa va jarayonlarni vaqt bo’yicha o’zgarishni o’rganish juda muhim. Chunki, hodisalarni o’z vaqtida o’rganmaslik, kerak bo’lganda firmaning faoliyat haqida muhim va taqdiriy qarorlarni vaqtida qabul qilmaslik uni og’ir raqobat sharoitida nochorlikka olib kelishi mumkin. Firma va kompaniyalar faoliyati dinamikasini o’rganishda asosiy maqsad vaqt bo’yicha rivojlanish qonuniyatlarini aniqlash va o’lchashdir. Bunga dinamika qatorlarini tuzish va tahlil qilish vositasi orqali erishiladi. Dinamika qatorlari deb, ijtimoiy hodisa va jarayonlarni vaqt bo’yicha o’zgarishini tavsiflovchi sonlar qatoriga aytiladi. Dinamika qatorlarida ikki unsur (element) mavjud: vaqt ko’rsatkichi (t); shu vaqtga tegishli daraja (U) Dinamika qatorlarida vaqt ko’rsatkichi sifatida ma’lum bir payt (sana) yoki davr (oy,yil) olinishi mumkin. Dinamika qatorlarining darajalari ijtimoiy hodisalarning sonini, hajmini, miqdorini vaqt bo’yicha o’zgarishini o’zida aks ettiradi va ular mutloq, nisbiy va o’rtacha miqdorlarda ifodalanadi. To’g’ri tuzilgan dinamika qatorlari solishtirma ko’rsatkichlardan tashkil topadi. Qanday dinamika qatori to’g’ri tuzilgan qator deyiladi? Bu savolga javob berish dinamika qatorlarini tuzishda quyidagi qoidalariga rioya qilish zarur : dinamik qatorlarining hadlar bir xil o’lchov birliklarida berilishi kerak. Agar birinchi had so’mda o’lchangan bo’lsa, qolgan hadlar ham shu o’lchov birlikda baholanadi;

Momentli dinamika qatori - bu ma’lum oraliqli momentlarga hisoblangan ko’rsatkichlar qatoridir. Ma’lum oraliqli momentlarga nisbatan hisoblangan hodisa miqdorlaridan tuzilgan qator momentli dinamika qatori deb ataladi. Agar bir momentdan ikkinchisigacha bo’lgan vaqt oralig’ini qisqartirsak, u holda qator darajalari ham o’zgaradi. Ma’lum vaqt oraliqlari davomida kechgan jarayonlar natijalari - oqimlarni ta’riflovchi ko’rsatkichlar qatori davriy dinamika qatorlari deb ataladi. Dinamika qatorlarini momentli yoki davriy ko’rinishda tuzish ixtiyoriy ish bo’lmasdan, balki o’rganilayotgan hodisaning mohiyatiga, uning miqdorini aniqlash usuliga bog’liqdir. Dinamika qatorlarini boshlang’ich mutlaq miqdorlar va hosilaviy ko’rsatkichlar asosida tuzish mumkin. Hosilaviy ko’rsatkich qatorlari deganda mutlaq miqdorlarni qayta ishlash natijasida olingan nisbiy va o’rtacha miqdorlar asosida tuzilgan qatorlar tushuniladi.

Dinamika qatorlari tahlil qilish ko’rsatkichlari

Dinamika qatorlarini tahlil qilish jarayonida bir qator ko’rsatkichlar hisoblanadi: mutlaq qo’shimcha o’sish (yoki kamayish); o’sish (yoki kamayish) koeffitsiyenti yoki sur’ati; qo’shimcha o’sish (yoki kamayish) koeffitsiyenti yoki sur’ati (foizda); 1% qo’shimcha o’sishning (yoki kamayishning) mutlaq qiymati.YUqorida qayd qilingan ko’rsatkichlarini batafsil ko’rib chiqamiz. 1. Mutlaq qo’shimcha o’sish yoki kamayish - har qaysi keyingi davr darajasidan boshlang’ich yoki o’zidan oldingi davr darajasini ayirish yo’li bilan aniqlanadi. 2. O’sish yoki kamayish koeffitsiyenti yoki sur’ati - har qaysi keyingi davr darajasi boshlang’ich yoki o’zidan oldingi davr darajasiga nisbatan qancha martaba yoki foizga katta yoki kichik ekanligini yoki qancha foiz tashkil etishini ko’rsatadi. 3. qo’shimcha o’sish (kamayish) sur’ati ham ikki usulda aniqlanishi mumkin. Birinchi usulda har bir keyingi davr darajasidan boshlang’ich davr darajasi ayirilib, 100 ga ko’paytiriladi va boshlang’ich davr darajasiga bo’linadi. Ikkinchi usulda har bir keyingi davr darajasidan oldingi davr darajasi ayirilib, 100 ga ko’paytiriladi va o’zidan oldingi yil darajasiga bo’linadi.

1% qo’shimcha o’sish (kamayish)ning mutlaq qiymati – mutlaq qo’shimcha o’sish qiymati zanjirsimon qo’shimcha o’sish sur’atiga bo’linadi. Sifat ko’rsatkichlariga asoslangan dinamika qatorlarini tahlil qilishda nazarda tutish kerakki, ular qanday shaklda - to’g’ri yoki teskari ko’rinishda tuzilishiga qarab, yuqorida zikr etilgan analitik ko’rsatkichlar, masalan, o’sish va qo’shimcha o’sish sur’atlari turlicha mantiqiy mazmunga ega bo’ladi va bir biriga barobar bo’lmaydi. Bu yerda sifat ko’rsatkichlari deganda miqdoriy qiymati ob’ekt (predmet)ning birligiga nisbatan hisoblanadigan hodisa me’yori tushuniladi. Ular ijtimoiy-iqtisodiy faoliyat natijalarini, ya’ni mavjud moddiy, moliyaviy, tabiiy, mehnat resurslaridan foydalanishni sifat jihatidan, samaradorlik nuqtai nazaridan baholash imkonini beradi.

Dinamika qatorlarining tarkibiy unsurlari

Hodisalarning vaqt ichida o‘zgarishi statistikada dinamika deb, shu jarayonni ta’riflovchi ko‘rsatkichlar qatori esa dinamika qatorlari deb yuritiladi. Dinamika qatorlari ikki unsurdan tarkib topadi: biri vaqt momentlari yoki davrlar sanasi, ikkinchisi - ularga tegishli ko‘rsatkichlar. O‘rganilayotgan rivojlanish vaqtining umumiy uzunligini oraliqlarga bo‘lib qarasak, har bir kesilish nuqtasi moment (muayyan on, payt, fursat) deb ataladi, bir momentdan ikkinchisigacha o‘tgan vaqt oralig‘i (yil, kvartal, oy, kun va h.k.) esa davr deb yuritiladi.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT


Yüklə 7,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə