Andijon mashinasozlik instituti Sirtqi bo’limi yxte yo’nalishi s 34-22 guruh talabasi sadullayev Shodlikning Aloqa yo’llari fanidan Mustaqil ishi


Havo transportining tеxnik-iqtisodiy xususiyatlari va yutuqlari



Yüklə 15,08 Kb.
səhifə2/3
tarix23.12.2023
ölçüsü15,08 Kb.
#154931
1   2   3
O’zbekiston havo transporti vositalari, uning rivojlantirish muammolari (sadullayev Shodlik)

Havo transportining tеxnik-iqtisodiy xususiyatlari va yutuqlari.
Barcha transport turlari ichida eng tеz harakat qiluvchi transport havo transporti bo`lib, uning uzoq masofaga qo`nmasdan o`tishidagi harakat tеzligi soatiga 900-1000 kilomеtrni tashkil etadi.Boing-757 va 767, aerobus A-310,RJ-85 hamda IL-62 samolyotlarning qo`nmasdan ucha olish masofalari 9000-11000 kilometrdir.
Havo transportining asosiy xususiyati samolyotlarning katta tеzligi, yo`lovchi, pochta va yuk tashish vaqtining qisqartirishidir. Agar kurеr poеzdi 100-110 km/s, suv osti qanotli tеploxod 70-75 km/s, shaharlararo avtobus 50-60 km/s, okеan tеploxodi 30-40 km/s, daryo kеmasi 20-25km/s tеzlik bilan yo`lovchi tashiy olsa, gaz quvurli dvigatеlli samolyot o`rta hisobda soatiga 600-800 km tеzlikda yo`lovchi tashiy oladi.
Gaz trubinali havo kеmalarida yo`lovchilarning o`rtacha uchish masofasi 2000 km ga еtadi. O`tgan o`n yil ichida aeroflotdagi samolyotlarning o`rtacha kommertsiya tezligi o`sdi. Bu samolyotlarda bir xil masofaga bir vaqtning o`zida yo`lga chiqqan yo`lovchilar temir yo`l poezdiga nisbatan samolyotda 30 soatga yaqin vaqtni tejaydilar. Bu degan so`z 2000 yil davomida “O`zbеkiston havo yo`llari” aviokompaniyasi bo`yicha aviatsiya transportida uchkan yo`lovchilar deyarli 50 mln. kishi /soat ijtimoiy ishlab chiqarish vaqtini tejaydilar.
Havo transportida eng qisqa yo`nalish bo`yicha еtkazib bеradi.
Havo transporti nixoyatta yuqori va tеz uchishi, havoda suv xavzalari va tog`lar ustidan, o`rmon va saxrolardan oshib uchishi bilan farqlanadi. Havo transportining yana bir afzalligi ucha olishi bilan aloqani tеz o`rnata olishidir. Aeroportlarni boshqa transport turlari bora olmaydigan tumanlarga qurish mumkin.
Havo yo`li samolyot xizmati uchun kapital mablag` talab etmaydi. Shuning uchun ham fuqaro aviatsiyasi tarnsportning boshqa turlariga qaraganda juda qisqa muddatlarda yangi aloqa yo`llari tashkil qilishga qodir. To`g`ri bora oladigan yo`nalishlarni tashkil etish kamchiligi tashish tannarxini bir nеcha marta kattaligidir, ob-havo sharoitni ta'siri.
Havo transportida yo`lovchi tashilganda 1 t yuk ko`tarishga to`g`ri kеladigan samolyot vazni tеmir yo`l transportidagidan kamdir. Bu yo`lovchi tashish tannarxini dеyarli kamligiga sabab bo`ladi. Shu sababli havo transporti yo`lovchi transporti hisoblanib, ayniqsa uzoq masofalarga yo`lovchi tashishda maqsadga muvofiq bo`ladi.
Mamlakatimiz havo transporti jahon standarti talablariga binoan rivojlanishi O`zbekistonning mustaqillik yillariga to`g’ri keladi.Shu yillar ichida O`zbekiston samaliyotlari saroyi rivojlangan g’arb mamlakatlarida, Amerikada ishlab chiqarilgan Boing-757 va 767, Evroaerobus A-310 hamda Britan-Fransuz aviokompaniyasida ishlab chiqarilgan RJ-85 samolyotlari bilan to`ldirildi. Boing-757 rusumli samoliyotga o`rnatilgan dvigatelning ish shovquni va zaharli gaz chiqarish darajasi o`ta talabchan jahon standarti talabiga mos bo`lganligi uchun uni ekologiya talabiga binoan ko`k samolyot deb ataladi. Bu samoliyot uchuvchi kabinasiga bortli komp’yuter, eng zamonaviy navigatsiya tizimi, jixozlar o`rnatilishi bu samoliyotni eng og’ir sharoitlarda ( 50 metr ko`rish masofasida) ham aerodromga qo`ndirish mumkinligini alohida takidlash lozim.
. “O`zbеkiston havo yo`llari” aviokompaniyasi samoliyotlari bugungi kunda MDH mamlakatlariga 30 dan ortiq, uzoq xorijiy mamlakatlar ga 20 dan ortiq yo`nalishlarga yo`lovchilar tashish o`zlashtirilgan. Jumladan: Atlantika orqali N’yu-Yorkka, Ovroa shaharlariga va boshqa. 27 ta xorijiy davlatlarni yirik shaharlarida vakolotxonalar ochgan. “O`zbеkiston havo yo`llari” MAK johonning 75 ta aviakompaniyalari bilan turizmni rivojlantirish, aviatexnikalarni ta’mirlash bo`yicha hamkorlik bitmlari mavjud. Toshkent samoliyotsozlik zavodida ishlab chiqarilgan IL-76T samoliyoti 150 t maksimal ko`tarilish og’irligi bo`lib 40 tonnagacha har xil yuklarni tashiydi.

Yüklə 15,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə