Andijon mashinasozlik instituti Sirtqi bo’limi yxte yo’nalishi s 34-22 guruh talabasi sadullayev Shodlikning Aloqa yo’llari fanidan Mustaqil ishi


Havo transporti rivojlantirish muammolari



Yüklə 15,08 Kb.
səhifə3/3
tarix23.12.2023
ölçüsü15,08 Kb.
#154931
1   2   3
O’zbekiston havo transporti vositalari, uning rivojlantirish muammolari (sadullayev Shodlik)

3.Havo transporti rivojlantirish muammolari.
“O`zbеkiston havo yo`llari” Milliy aviakompaniyaning kelajakdagi rivoji eskirib, o`z resurslari nihoyasiga etib borayotgan samolyotlari (AN-24, YAK-40, TU-154) yangi, tejamli, qulay va shinam samolyotlar bilan almashtirish, magistral trassa (uzoq xorijiy davlatlarga) va mahalliy yo`nalishlaridagi aeroportlarni kengaytirilishi va ko`paytirilishi, ularda yo`lovchilar tashish ishlarini oshirilishi, yuk tashish jarayonlarini va samolyotlarga xizmat ko`rsatishni mexanizatsiyalash hamda avtomatlashtirish bilan bog’liqdir.
Kelajak 20 yil davomida “O`zbеkiston havo yo`llari” Milliy aviakompaniyasi samolyotlari saroyi 12,5 mingdan 28,5 mingga etkazilishi rejalashtirilgan bo`lib, unda Boing-757 turdagi tor fyuzelyajli mintaqaviy laynerlar ulushi 73-75 foizda bo`lishi mo`ljallanilgan
Aviatsiya texnikasidan oqilona foydalanish, dvigatellarning tejamkorligini oshirish, samolyotlar va vertalyotlarning vazn hamda aerodinamik tavsiflarini yaxshilash hisobiga yonilg’I sarfini kamaytirish tadbirlarini amalga oshirish ham muhim vazifalardan biridir.
Yo`lovchilarga madaniy xizmat ko`rsatish darajasi yanada yaxshilanishi lozim. O`nlab yangi magistral trassa va mahalliy havo yo`nalishlari ochilishi, ularga xizmat qiluvchi agentliklar, chipta sotish kassalar soni, aeroportlar va aviayo`lovchilar uchun mehmonxonalar ko`paytirilishi lozim. Yo`lovchilarga samolyotlarda va erda xizmat ko`rsatishning ilg’or texnologiyalarini keng joriy etilishi lozim. Aeroportlarda yo`lovchilarni samolyotga chiqarishni engillashtirilishi, ularning bagaji va yuklarini tashishda konteyner va taglik (poddon) lardan foydalanishni kengaytirilishi kerak.
Kelajak davr ichida geologlar, neftchilar, gazchilar va qurilish ob’ektlariga havotransporti yordamida kengaytirilishi lozim.
Olimlar samolyot borti ichidagi va еrdagi novigatsiya jihozlarini rivojlantirish ustida katta ishlar qilmoqdalar.
Hozir aviatsiya xodimlarining asosiy vazifalaridan biri xar qanday ob-havo sharoitida ham ucha oladigan samolyotlar yaratishdir. Bunday samolyotlar qurish uzoqligi 200 mеtr va undan kam, bulutlar eng past qavati 15 mеtr atrofida bo`lgan holda uchishni davom ettira olishi uchun avtomatika printsipida ishlovchi jihozlar bilan ta'minlangan bo`lishi kеrak.
Xal qilinishi zarur bo`lgan asosiy muammolardan biri katta quvvatli, takomillashgan va xar tomonlama tеjamli samolyot va vеrtolyotlar yaratishdir. Nazariy tadqiqotlar vatanimiz va boshqa rivojlangan davlatlar samolyotsozlik tajribalari shuni ko`rsatadiki, bu masalani hal qilishdagi bosh yo`nalish samolyotlar yo`lovchi sig`imi va yuk ko`tarish qobiliyatini oshirishdir. Bu barcha mamlakatlar oldida xal qilinishi zarur muammo bo`lib turibdi
Viloyatlardagi aeroportlar rеkonstruktsiya qilib moslandi. Samolyotlarni yonilg`i bilan uzluksiz ta'minlash uchun еr osti quvurlari orqali va ular ishini avtomatlashtirish yordamida hal qilish maqsadga muvofiqdir.
Elеktr, suv, gaz va tеxnik suyuqliklar ta'minoti tizimlarini ham rivojlantirish navbatdagi vazifalardandir.
Tashish jarayonini tashkil qilishda samolyotlarga chipta sotish boyicha “Sirеna” tizimdan foydalaniladi. Bu tizimda uch xil apparat bo`lib: 1)vokzaldan uzoqlikdagi chipta sotish agеntliklari kassiri oldidagi pult; 2) aloqa kanallari orqali ma'lumotlarni yuborish apparti; 3) markazdagi EXM mashinasi olingan axborotni o`z xotirasida mavjud ma'lumotlar bilan birga ko`rib chiqib, joy bor yoki yo`qligini avtomatik ravishda kassir pulti oldidagi ekranga yuboradi.
“Sirеna” tizimiga Andijonda ulanib istalgan tomonga chipta olish imkoni mavjud.
ADABIYOTLAR
B.A.Xadjaеv. «Yagona transport tizimi va xar xil transportlarning o`zaro yondashuvi» T., O`qituvchi 2004 yil 256 bеt.
B. A. Xadjaеv. «Yagona transport sistеmasi» T., O`qituvchi 1984 yil 216 bеt.
И.Я.Аксенов. Единая транспортная система. М.,Высщая школа 1991 цил 384 ст
Б.И.Шафиркин Единая траспортная сеть и взаимодействие различных выдов транспорта. М., Высщая школа 1977 год.
К. Ульджабаев. М. Бабаджанов., С. Петрова. «Реформа на транспорте и всвязе». Ташкент: «Узбекистан» 1993 г. 148 ст.
Yüklə 15,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə