Andijon mashinasozlik instituti standartlashtirish asoslari


Vazirlar Mahkmasining 3-oktabr 2002-yil №342 «Mahsulot va xizmatlarni



Yüklə 2,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/160
tarix30.05.2023
ölçüsü2,35 Mb.
#114371
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   160
Standartlashtirish asoslari

Vazirlar Mahkmasining 3-oktabr 2002-yil №342 «Mahsulot va xizmatlarni 
standarlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish 
bo`yicha chora-tadbirlar to`g`risida» qarori izohlari 
Qarorda asosiy vazifa – xalqaro amaliyotni hisobga olgan holda 
standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirishni takomillashtirish, shuningdek, 
xalqaro standartlardan keng foydalanish asosida mamlakatimiz mahsulotining sifatini 
ta’minlash va raqobatbardoshligini oshirish belgilangan. 
Bu maqsadda mahsulot va xizmatlarni, bunga yaqin sohalarni ham 
standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirishni boshqarish tubdan qayta 
tashkillashtirildi. 
O`zdavstandart 
Standartlashtirish, 
metrologiya 
va 
sertifikatlashtirish 
O`zbekiston 
agentligi 
(O`zstandart 
Agentligi) 
ga 
o`zgartirildi 
va 
unga 
O`zdavstandartning huquq va majburiyatlari yuklatildi. 
Qarorda O`zstandart Agentligining, uning hududiy idoralarining tashkiliy 
tuzilmalari, shuningdek, agentlik to`g`risidagi nizom tasdiqlandi. 
Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish hududiy markazlari (SMS 
HM) asosida standartlashtirish va metrologiya hududiy boshqarmalari (SMB) va 
sinash va sertifikatlashtirish hududiy markazlari (SSM) tashkil etildi. 
Agentlik huzurida ishlarning yo`nalishlari bo`yicha kollegiya, boshqarma va 
bo`limlar tuzilgan. Hududiy boshqarmalarda: standartlashtirish; akkreditlangan 
sertifikatlashtirish idoralarini va sinash laboratoriyalarini tekshirish; o`lchash vositalari 
ustidan metrologik nazorat va tekshiruv; standartlar ustidan davlat nazorati; alkogol 
mahsulotlar sifati bo`yicha inspektorlar bo`limlari tashkil etilgan. 


67 
Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirishni rivojlantirish bo`yicha 
Mahkamalararo kengash tashkil etilgan. Bunga quyidagi asosiy vazifalar yuklatilgan: 
– afzal yo`nalishlarni aniqlash va standartlashtirish; metrologiya va 
sertifikatlashtirish sohasida qonun va me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishni tashkil 
qilish; 
– standartlashtirish va sertifikatlashtirish tizimlarini ishlab chiqish, 
takomillashtirish va yaratish kompleks dasturlarini ishlab chiqish va Hukumatga 
taqdim etish; 
– standartlashtirish bo`yicha tarmoq texnik qo`mitalarining faoliyatini 
muvofiqlashtirish. 
O`zstandart Agentligi qoshida maxsus jamg`arma tuzilgan. Bu jamg`arma 
xo`jalik yurituvchi subyektlardan standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish 
sohasidagi qonunlarni buzganligi uchun undiriladigan jarimalar; standartlashtirish 
idoralarini va sinash laboratoriyalarini akkreditlash uchun olinadigan to`lovlar; 
metrologik xizmat ko`rsatilganligi uchun keladigan pul mablag`lari; Sinash va 
sertifikatlashtirish respublika markazi va uning tarkibiga kirgan akkreditlangan 
sertifikatlashtirish idoralari va sinash laboratoriyalarining daromadlari hisobiga 
shakllantiriladi. 
O`zstandart 
Agentligining 
asosiy 
vazifalari, 
ishlari 
va 
huquqlari 
O`zdavstandartning 
huquqiy 
meroschisi 
sifatida 
ilgaridek 
saqlanadi. 
Sertifikatlashtirish, shtrixli kodlash tizimini joriy etish bo`yicha ishlar kengaytirildi. 
O`zstandart Agentligiga quyidagi huquqlar berlgan: 
– davlat idoralari va xo`jalik boshqarmalari, xo`jalik yurituvchi subyektlar, shu 
jumladan qo`shma xorijiy sheriklar rahbarlarining agentlik vakolatidagi masalalar 
bo`yicha hisobotlarini Mahkamalararo kengash majlisida eshitish;
– yuridik shaxslar birlashmalaridan standartlashtirish bo`yicha texnik qo`mitalar 
va tayanch tashkilotlar tuzishni talab etish; 

nashriyotchilik faoliyatini amalga oshirish, va b. 


68 

Yüklə 2,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə