Andijon mashinasozlik instituti standartlashtirish asoslari


O’zbekiston Respublikasining «Standartlashtirish to’g`risida»gi Qonuniga



Yüklə 2,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/160
tarix30.05.2023
ölçüsü2,35 Mb.
#114371
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   160
Standartlashtirish asoslari

9.
O’zbekiston Respublikasining «Standartlashtirish to’g`risida»gi Qonuniga 
oxirgi o’zgartishlar nechanchi yil kiritilgan? 
a. 2006 yil b. 2007 yil 
v. 2008 yil g. 2009 yil 
d. 2010 yil 
 
3- Bob. STANDARTLASHTIRISHNING TASHKILIY ASOSLARI


64 
 
Standartlashtirishning tashkiliy asoslari 
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2-mart 1992-y. №93 
«O`zbekiston Respublikasi standartlashtirish bo`yicha ishlarni tashkillashtirish 
to`g`risida» qarori izohlari.
Sovet Ittifoqining parchalanishidan avval O`zbekistonda 
standartlashtirish sobiq ittifoq standartlashtirish davlat tizimi doirasida olib borilgan. 
O`zbekiston mustaqillikni qo`lga kiritgandan keyin o`z tajribasiga va boshqa 
mamlakatlarning tajribasiga asoslangan holda standartlashtirishni boshqarishning 
xususiy modelini yaratish zaruriyati paydo bo`ldi. Buning uchun birinchi navbatda 
tashkiliy masalalar yechildi, keyinchalik standartlashtirishning qonuniy asoslari 
shakllantirildi. 
Mustaqillik qo`lga kiritilgandan faqat olti oy o`tib, Vazirlar Mahkamasi 2-mart 
1992-yilda №93 «O`zbekiston Respublikasida standartlashtirish bo`yicha ishlarni 
tashkillashtirish to`g`risida» qaror qabul qildi. 
Qarorda ko`rsatilishicha, standartlashtirish bo`yicha ishlarni tashkillashtirish 
«O`zbekiston Respublikasining mustaqilligini e’lon qilish munosabati bilan 
standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish respublika milliy tizimini yaratish 
zarurligidan kelib chiqqan holda, shuningdek, Mustaqil davlatlar hamkorligi davlatlari 
o`rtasida xo`jalik, savdo, ilmiy-texnikaviy va bosha munosabatlarni saqlash, jahon 
mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnik hamkorlikda texnik to`siqlarni 
bartaraf etish maqsadida» olib boriladi. 
O`zbekiston Respublikasi hududida joylashgan sobiq ittifoq Davstandarti 
tashkilotlari va muassasalarini birlashtirish asosida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi huzurida O`zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish 
davlat markazi (O`zdavstandart) tashkil etildi va unga standartlashtirish, metrologiya 
va sertifikatlashtirish masalalari bo`yicha respublika milliy idorasi vazifalari yuklatildi. 
O`zdavstandart, shuningdek, sobiq ittifoq Davstandartning O`zbekistondagi vorisi deb 
belgilandi. 
O`zdavstandart tarkibiga quyidagilar kiritildi: 


65 
a) Sobiq ittifoq Davstandartning Butunittifoq malaka oshirish institutining Sharq 
filiali O`zbekiston standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va mahsulot 
sifatini boshqarish sohasidagi tadqiqotlar va mutaxassislar tayyorlash instituti 
(O`zTMTI) ga aylantirilgan holda. Shunday qilib, O`rta Osiyo tarixida birinchi bo`lib, 
O`zbekistonda standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va sifatni ta’minlash 
tizimlari bo`yicha ilmiy tashkilot yaratildi; 
b) «Etalon» O`zbekiston ishlab chiqarish birlashmasi (O`zIB) ning O`zbekiston 
hududidagi filiallari va sexlari. Bunda «Etalon» O`zIB ishlab chiqarish korxonasi 
bo`lgani uchun bu Birlashma O`zdavstandart tarkibiga metodik ishlar bo`yicha 
kiritildi, ma’muriy jihatdan esa, O`zeltexsanoat assotsiatsiyasiga kiritildi; 
v) Toshkent №2 «Standartlar» do`koni; 
g) Qoraqalpoq, viloyatlar, Qo`qon va Chirchiq standartlashtirish va metrologiya 
markazlari ularni standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish hududiy 
markazlariga (SMSHM) qayta o`zgartirish yo`li bilan. 
O`zdavstandart idoralarini ishlab chiqarishga yaqinlashtirish maqsadida 
SMSHM joylarda tashkil etildi. Jumladan, keyingi yillarda Olmaliq, Bekobod va 
Toshkent SMSHM tashkil etildi. 
Qarorda respublikamizda qo`llaniladigan me’yoriy hujjatlar ro`yxati belgilandi, 
O`zbekiston standartlashtirish davlat tizimi (O`z SDT)ning standartlashtirishning 
asosiy maqsadlarini belgilovchi standartlashtirish idoralari va xizmatlari va ularning 
vazifalari aniqlandi; me’yoriy hujjatlardagi majburiy va tavsiya etiladigan talablarni 
belgilovchi, xo`jalik yurituvchi subyektlarga korxonaning standartlarini ishlab chiqish 
va tasdiqlash huquqini beruvchi asosiy prinsiplar tasdiqlandi. 
O`zdavstandart to`g`risida nizom tasdiqlandi. Uning asosiy vazifasi 
mamlakatimiz mahsulotining sifati va raqobatbardoshligini oshirishga ko`maklashish 
maqsadida O`z SDT, O`lchashlar birliligini ta’minlash davlat tizimi (O`z O`DT), 
sertifikatlashtirish milliy tizimi (O`z SMT) ning ishlashi va takomillashishini 
ta’minlashdan iborat. 
O`zdavstandartga mahsulotning texnik darajasini va sifatini oshirishga 
ko`maklashmaydigan va iste’molchilarning talablariga hamda amaldagi qonunlarga zid 


66 
keladigan me’yoriy hujjatlarni bekor qilish, amal muddatini qisqartirish yoki qayta 
ko`rib chiqish to`g`risida bajarilishi majburiy qarorlarni qabul qilish huquqi berilgan. 
Shunday qilib, O`zdavstandart va uning hududiy idoralari, me’yoriy hujjatlarga 
rioya qilish ustidan davlat nazoratini o`tkazish bilan bir vaqtda barcha xo`jalik 
yurituvchi subyektlarga mahsulotning sifatini va raqobatbardoshligini oshirishda 
metodik va amaliy yordam ko`rsatishga chaqirilgan. 

Yüklə 2,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə