Andijon mashinasozlik instituti standartlashtirish asoslari


-rasm «O`zstandart» agentligi tashkiliy tuzilmasi



Yüklə 2,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/160
tarix30.05.2023
ölçüsü2,35 Mb.
#114371
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   160
Standartlashtirish asoslari

3.2-rasm «O`zstandart» agentligi tashkiliy tuzilmasi. 
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil №342 qarorini bajarish yo`lida “O`zstandart” 
o`zining viloyat boshqarmalarini (SMSHM) tuzib, ularning ishlariga hartaraflama 
ko`mak ko`rsatmoqda. Respublikadagi sinov laboratoriyalarini akkreditlash ishlari 
jadal qadamlar bilan amalga oshirilmoqda. Farg`ona, Qo`qon, Qarshi, Buxoro, 
Samarqand shaharlaridagi sinov laboratoriyalari akkreditlanib, hozirda ular turli sinov 
amallarini o`tkazmoqdalar. Faqatgina Farg`onadagi sinov laboratoriyasida o`tkazilgan 
sinovlar natijasiga ko`ra “Azot” ishlab chiqarish birlashmasi, Quvasoy chinni zavodi, 
Rishton qo`lolchilik mahsulotlari zavodi, “Quvamebel’” ishlab chiqarish birlashmasi 
mahsulotlari muvofiqlik sertifikatini olishga sazovor bo`ldilar (3.2-rasm). Ularning 
tarkibi va tashkiliy strukturalari rivojlanish jarayonida takomillashib boradi. 
«O`zstandart» agentligi tarkibidagi oziq-ovqat va qishloq xo`jalik mahsulotlarini 
tekshiruvchi sinov laboratoriyasi akkreditlangan laboratoriyalardan hisoblanib, shu 
kungacha ko`pgina muayyan turdagi mahsulotlarga muvofiqlik sertifikati berildi. 
Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohalarida ilmiy tadqiqot 
ishlari ham o`z yo`nalishiga egadir. 
«O`zstandart» agentligi qoshidagi «STANDARLASHTIRISH, METROLOGIYA 
VA SERTIFIKATLASHTIRISH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI» (SMSITI) 
standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohalarida asosiy ilmiy-uslubiy 
baza hisoblanadi. Ushbu institut yuqorida qayd etilgan sohalar bo`yicha fundamental 
tadqiqotlar olib borishi bilan bir qatorda respublikada ushbu sohalar bo`yicha malaka 
oshirish va qayta tayyorlash instituti hamdir. Shu sohalardagi belgilangan maqsadlarni 
amalga oshirish uchun u: 

standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va mahsulot sifati
sohalarida hozirgi xalqaro talablarga javob beradigan milliy ilmiy baza yaratadi; 

standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va mahsulot sifati 
milliy tizimlarini yaratishda ularning ilmiy va uslubiy asoslarini ishlab chiqadi; 

mahsulotning raqobatdoshligini ta’minlaydigan, atrof-muhitni 
ishonchli darajada himoya qilishga, inson sog`lig`ini saqlashga, mehnat 
havfsizligini ta’minlashga, mudofaa qobiliyatini oshirishga qaratilgan xalqaro 


73 
me’yoriy va tashkiliy-uslubiy hujjatlar bilan uyg`unlashadigan, asos bo`luvchi 
hujjatlar ishlab chiqadi va joriy etadi; 

standartlashtirish va metrologiya sohalaridagi mavjud yoki 
uchraydigan muammolarni tadqiqot qilish, davlat tilida me’yoriy hujjatlar, 
ma’lumotnomalar, lug`atlar yaratadi; 

yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlaydi; 

standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va mahsulot 
sifatining ilmiy masalalari bo`yicha xalqaro milliy va mintaqaviy tashkilotlar 
bilan hamkorlikni amalga oshiradi; 

standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohalarida 
ishlayotgan mutaxassislarning malakasini oshirishni ta’minlaydi; 

sertifikatlashtirish 
sohasida 
ishlaydigan 
ekspert-auditorlarni 
tayyorlaydi va boshqalar. 
Institut tashkil qilinganiga ko`p vaqt o`tmaganligiga qaramay shu kunga qadar 
respublika hayotida muhim ahamiyatga ega bo`lganbir qator hujjatlar yaratdi va 
yaratmoqda. Bu hujjatlarning ahamiyati beqiyos bo`lib, shu sohalardagi ishlarga 
qo`yilgan birinchi poydevorlardan hisonadi. 
Standartlashtirish bo`yicha bazaviy tashkilotlarni moliyalashtirish tegishli 
mahsulot turi va xizmati iqtisodiy boshqaruv sohalari hisobidan amalga oshiriladi. 
Standartlashtirish bo`yicha bazaviy tashkilotlarning asosiy faoliyati va vazifalari: 
– biriktirilgan 
tashkilot 
va 
korxonalarda 
standartlashtirish 
bo`yicha 
muvofiqlashtirish ishlari olib borish ham texnik yagonalikni ta’minlash; 
– biriktirilgan mahsulot, xizmat turi yoki jarayonlar guruhi bo`yicha o`zuvchi va 
kompleks standartlashtirishni ta’minlaydigan asosiy istiqbolni yo`nalishlari ishlab 
chiqish; 
– biriktirilgan mahsulot gruhlarini standartlashtirish, me’yoriy hujjatlarni o`z 
vaqtida tayyorlash, joriy etish va qayta ko`rish bo`yicha takliflar, me’yoriy hujjatlar 
loyihalarini ekspertlov va tasdiqqa tayyorlov ishlarini amalga oshirish; 
– biriktirilgan mahsulot guruhi uchun ko`rsatkichlarni standart yoki boshqa 
me’yoriy hujjatlarda ko`rsatilgan normada, O`zbekiston Respublikasining faoliyatidagi 


74 
qonunchilik me’yorlari, xavfsizlik va ekologiya masalalarini ta’minlaydigan darajada 
amalga oshirish; 
– standartlashtirish bo`yicha bazaviy tashkilotlarga biriktirilgan mahsulotning 
birinchi na’munalari uchun loyihalarni optimallashtirish hamda standartlashtirishni 
nazariy va amaliy tomonlaridan ilmiy-metodik ishlar olib borish; 
– ko`rsatkichlarni normada bo`lishini ta’minlash maqsadida doimiy va tizimli 
nazorat olib borish; 
– korxona va tashkilotlarga standartlashtirish va sertifikatlashtirish bo`yicha 
uslubiy yordam ko`rsatish va sh.k 

Yüklə 2,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə