Andijon mashinasozlik instituti standartlashtirish asoslari


Standartlashtirishda parametrli qatorlarning oraliq diapazonini tanlash



Yüklə 2,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/160
tarix30.05.2023
ölçüsü2,35 Mb.
#114371
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   160
Standartlashtirish asoslari

Standartlashtirishda parametrli qatorlarning oraliq diapazonini tanlash. 
R5, 
R10, R20, R40 ,R80 parametrli qatorlar chegaralar bilan cheklanmagan. Masalan, R5 
(…40…) ko`rsatmada R5 qator quyi va yuqori chegaralar bilan cheklanmagan, ammo 
40 sonini majburan o`z ichiga oladi.
R10 (1,25…) ko`rsatmada R10 qator, 1,25 quyi cheklanishga ega. R20 (..40) 
ko`rsatmada R20 qator 40 yuqori cheklanishga ega. R40 (…75…100) ko`rsatmada 
R40 qator 100 yuqori cheklanishga ega bo`lib, 75 bilan quyi cheklanmagan va albatta 
75 ni o`z ichiga olgan bo`ladi.
Maqbul sonlar qatorini xosil qilishda ba’zan har ikkinchi hadini yoki 3-hadini 
parametrlar tarqalishini va ularning sonli qiymatiga qarab tanlash ham mumkin, Ya’ni 
hosilaviy qatorlardan foydalanish imkoni bor.
Masalan: R5/2(1…10) har bir 2-hadlardan tashkil topib, bir va 10 quyi hamda 
yuqori cheklanishga ega bo`lgan hosilaviy R5 qator; R10/3 (…80…) har bir 3-
hadlardan tashkil topib, 80 ni o`z ichiga olgan, quyi va yuqori cheklanmagan hosilaviy 
R10 qator.
Parametrli qatorlar diapazonini tanlashda quyidagilarni inobatga olish zarur: 

ishlab chiqarishning va iste’molning o`sishini bashorat(prognoz)lash bilan, 
loyixalanayotgan parametrlar qatoridan foydalanishda; 

agregatlashtirish asosida buyumlarning har xil variantlaridan foydalanishda; 

parametrli qatorlarni yetarlicha uzoqabadiyligi va istiqbolli rivojlanishini 
ta’minlash maqsadida va boshqa muayyan holatdarda. 
Ko`pchilik mashina va jixozlar guruhi uchun diapazon tanlashda kuyidagicha: 

texnik xavfsizlik bo`yicha; 


89 

mazkur buyumning ba’zi bir oraliqlarda samaradorligi; 

mazkur mashina yoki buyumning boshqa jixozlar bilan birgalikda foydalanish 
imkoni borligi; 

tabiiy sharoit va muayyan qonuniyatlarga ko`ra cheklanishning zarurati kabi talablar 
inobatga olinadi. 

Yüklə 2,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə