Andijon mashinasozlik instituti standartlashtirish asoslari



Yüklə 2,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/160
tarix30.05.2023
ölçüsü2,35 Mb.
#114371
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   160
Standartlashtirish asoslari

Standartlashtirish 
darajasi 
bo`yicha:
a) 
korxona 
(birlashma) 
standartlashtirilishi; 
b) soha standartlashtirilishi; v) davlat standartlashtirilishi; g) xalqaro 
(davlatlararo) standartlashtirishlari. 
Standartlashtirish obyekti bo`yicha:
a) yakka buyumlar; b) buyumlar guruhi;
v) tizimlar majmuasi; g) muammolar majmuasi. 
Butjamligining chuqurligi bo`yicha:
a) buyum, elementlar; b) buyum, 
elementlar, materiallar; v) buyum, elementlar, materiallar, jixozlar; g) buyum, 
elementlar, materiallar, jixozlar, jarayonlar. 
Kompleks standartlashtirishning yuqori texnik iqtisodiy samaradorligi quyidagi 
muhim shartlarga rioya qilinishi bilan ta’minlanadi: 
a) 
tizimlilik
– standartlashtirish obyektiga ham uning asosiy elementiga ham 
o`zaro bog`liq talablar o`rnatiladi; 
b) 
butjamliligi va optimal chegaralanishlar
– tizimlilik tamoiliga rioya qilingan 
holda butjam standartlashtirishning faqat sifat ko`rsatkichlarga hal qiluvchi ta’sir 
ko`rsatadigan elementlarigina standartlashtiriladi; 


93 
v) 
kelajakliligi
– standartlashtirish obyekti elementlari va butjam standartlashni 
o`zining umuman olganda dunyoviy darajalar va ilmiy-texnik taraqqiyot rivojiga 
monandligi;
g) 
kuchdagi (amperdagi) standartlar bilan bog`langanlik
-zarur holida kuchdagi 
standartlar to`plamidan foydalanishni ko`zda tutilgani; 
d) 
amallashtirish (realizaya)
– dasturda ko`zda tutilgan butjam standartlashtirish 
kompleks me’yoriy hujjatlarni o`z vaqtida joriy etishni ta’minlash. 
O`zuvchan standartlashtirish
O`zuvchan 
standartlashtirishning 
mohiyati 
va 
tasniflanishi 
O`zuvchan 
(ilgarilangan) standartlashtirish – standartlashtirish obyektiga erishilgan me’yoriy 
talablarning yanada yuqoriroq darajasini, Ya’ni bashoratlash (prognozlash) ga asosan 
kelajakda optimal bo`ladigan darajasini o`rnatish demakdir. 
Keltirilgan ta’rifga binoan o`zuvchan standartlashtirish mahsulot xizmat va barcha 
jarayonlarga talablarni va me’yorlarni vaqt bo`yicha avvalroq o`rnatib, provard 
natijada ularning sifatini yuqori texnik iqtisodiy samara beradigan darajada ta’minlash 
nazarda tutilishini maqsad qilib qo`yadi.Bu borada o`zuvchan standartlashtirish 
prognozlash asosida amaliy yechimni qabul qiladigan imkonli sohalardan biri 
hisoblanadi. 
O`zuvchan standartlashtirishning asosiy vazifasi ishlab chiqarishni va mahsulot 
sifatining oshishini xolis va aniq yo`nalishida rivojlanishiga ko`maklashishdan 
iboratdir.
O`zuvchan standartlashtirish standartlar jumlasiga:
-mahsulot, xizmat, loyixalash ishlab chiqish va boshqa jarayonlarda kuchga ega 
standartlashgan qoida va talablarni yanada optimal me’yorlarini belgilaydigan 
standartlar: 
-kuchdagi standartlar faoliyatiga istiqbolliroq yangi ish usullarini joriy etishni 
taminlab yanada optimalroq me’yorlar o`rnatadigan standartlar: 


94 
-bir yoki faqat bir necha korxonalardagina o`zlashtirilib o`zining sifat 
ko`rsatkichlari analoglaridan tubdan farq qiladigan loyixa va buyum ishlab chiqarish 
qoida va talablariga optimal me’yor o`rnatadigan standartlar kiradi. 
O`zuvchan standartlashtirishlar moxiyatiga ko`ra quyidagicha tavsiflanadi. 
1. Vaqt bo`yicha o`zish:
-mahsulot tajriba na’munasini yaratish bo`yicha loyixa konstruktorlik ishlarining 
boshi:
-buyum ishlab chiqarish sanoatini texnik tayyorlashning boshi: 
-mahsulotni yalpi ishlab chiqarishning boshi. 
2. Tarqalish doirasida o`zish: 
-korxona doirasida; 
-davlat doirasida; 
-mintaqa doirasida; 
-global dunyo doirasida. 
3. Standartlashgan mahsulotga nisbatan to`la bo`lmagan o`zish: 
-assortiment bo`yicha; 
-mahsulot belgilari bo`yicha; 
-yangi mahsulot elementlarining merosiy qabul qilishganliklari bo`yicha; 
-mahsulotning ko`rsatkich va belgilari qiymati bo`yicha. 
O`zuvchan standartlashtirishni bashoratlash (prognozlash) tadqiqot obyektining 
qonuniyatlari va metodlarini, umuman, standartlashtirishni xususan o`rganadigan ilmiy 
faoliyatdir. 
Standartlashtirish sohasida bashoratlashning maqsadi quyidagilardan iborat: 
-yaratilgan yoki yaratilajak yangilik barqarorligi ehtimolini o`rganish; 
-ishlab chiqarilgan mahsulot bilan yangilik o`rtasidagi bog`lanishni o`rganish; 
-standartlashtirish obyekti bo`la oladigan ilmiy-texnik daraja, Ya’ni mahsulot 
sifatiga erishishni aniqlash; 
-iste’mol va ishlab chiqarish hajmini aniqlash; 
-sarf-harajatni aniqlash; 
-ekologiya ko`rsatkichlarini baholash. 


95 
Standartlashtirish sohasida bashoratlashning axborot manbalari quyidagilar: 
-xalq xujaligi va soha taraqqiyotining uzoq muddatli bashoratlanishi; 
-sohalar bo`yicha bashoratlashlar; 
-uzoq va yaqin muddatga mahsulotning sifati va istemol darajasi bashoratlari; 
-xalq xo`jaligining uzoq muddatli rejalari; 
-ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifati bo`yicha statistik ma’lumotlar; 
-tajriba na’munalarini sinash bo`yicha bayonnomalar; 
-patentlar, mualliflik guvohnomalari, litsenziyalar; 
-ijtimoiy so`rovlar natijalari; 
-standartlar, texnik shartlar; 
- shu kabi boshqa ilmiy-texnik axborotlar. 
Standartlashtirishning zamonaviy taraqqiyot holatida 100 dan ortiq har xil soha 
bo`yicha har xil darajali ilmiy asosga ega prognozlash ilmiy texnik usullari mavjud 
b
o`
lib o`zuvchan standartlashtirishda keng tarqalganlari asosan quyidagilar: 
-tadqiqotlanadigan ilmiy yoki texnik obyektni fan taraqqiyotining ma’lum 
yo`nalishlari haqida statistik ma’lumotga tayanadigan ekistropolyatsiyalash metodi; 
-taraqqiyotning yangi yo`nalishlarida qo`llaniladigan evristik usullari; 
-real jarayonga o`ta yaqinlashtirib istiqbollash, shu bilan birga o`ta murakkab 
bo`lgan modellashtirish usullari. 
Ekstropolyatsiyalash - eng ko`p qo`llaniladigan va eng sodda bo`lish bilan birga 
samaradorligi yuqori emas, ko`p xollarda faqat qisqa vaqt oralig`idagi yaqin kelajakni 
prognoizlashdagina yaroqlidir. 
Evristik metodlar texnik vazifalarni rejalashtirish ayniqsa ularni tasdiqlash 
bosqichida ko`p qo`llaniladi. 
Bu ikki usullar standartlar ta’sir doirasidan tashqariga chiqishni hisobga 
ololmaydi. 
Modellashtirish usulining qo`llanish doirasi keng, imkoni ancha katta va
istiqbolli bo`lib, ab’ekt va jarayonlarni fizik, matematik, matematik-statistik va uyumli 
modellash bilan ancha uzoq muddatga prognozlash imkonini beradi. 


96 
O`zuvchan standartlarni yaratish va yuritish Bu xildagi standartlarni yaratish va 
kuchga kiritish quyidagi etap va bo`limlarni o`z ichiga oladi: tayyorlash; yaratish; 
kuchga kiritish.
O`zuvchan standartlashtirishning tayyorlash etalonidagi ishlar mazmuni ma’lumot 
yig`ish, taraqqiyot yunalish istiqbolini tadqiqotlash mahsulot sifatini tubdan 
o`zgartirish 
mumkin 
bo`lgan 
omil 
va 
ko`rsatkichlarni 
taqsimlash 
orqali 
standartlashtirish istiqbollarini aniqlashdan iborat bo`ladi. Bu reja har tamonlama tahlil 
asosida o`zuvchan standartlashtirishga zarur ko`rsatkich yoki talablarni boshlashga 
yordam beradi. 
Mazkur etapda buyum (mahsulot) taraqqiyot yo`nalishi bo`yicha ma’lumotlarni 
to`plash, tizimlashtirish asosida rivojlanish yo`nalishi qoidalarini belgilash, iqtisodiy 
samaradorlik imkoniyatlarni hisoblash, u yoki bu xilda qaror qabul qilish uchun 
mahsulot bo`yicha kuchdagi standartlar majmuasidan tajribalarni umumlashtirish 
imkoniyati yaratiladi. 
O`zuvchan standartlarni yaratish etapidagi ishlar mazmuni standartni ishlab 
chiqish, kelishish, tasdiqlashdan iborat bo`lib, buyum yoki mahsulotning istiqbolli 
ko`rsatkichlarini har tamonlama asosli ravshda shu buyum va mahsulotlarning kelajak 
taraqqiyotini ko`zlab me’yoriy hujjat barpo etishga qaratilgan bo`ladi. 
Ma’lum bir ishlab-chiqarish doirasida bunday o`zuvchan standartlarni amalda 
joriy etish oldingi jarayonlarda kelajakni ko`ra bilgan sharoitlarda maxsus dastur va 
tadbirlar majmuida, rejalashtirilgan sharoitlarda olib borilishi va amalga oshirilishi 
zarur. Bunday yondashuv o`zuvchan standartlarni joriy etishni va bu asosda xalq-
xo`jaligini boshqarishning tezkor boshqariluvini ta’minlaydi. 

Yüklə 2,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə