Andijon mashinasozlik instituti standartlashtirish asoslari


Unifikatsiyalashtirish va agregatlashtirish metodlari



Yüklə 2,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/160
tarix30.05.2023
ölçüsü2,35 Mb.
#114371
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   160
Standartlashtirish asoslari

 
4.6.Unifikatsiyalashtirish va agregatlashtirish metodlari 
 
Standartlashtirishda 
unifikatsiyalashtirish 
va 
agregatlashtirish 
asosiy 
metodlardan hisoblanib, u mashinasozlikka oid ob’ktlarni standartlashtirishda, yangi
texnika va texnologiyani joriy etishda keng qo`llaniladi va samarali hisoblanadi.
Mashinasozlik mahsulotlari texnik darajasi, detal’ va qismlarning ishonchliligini 
ta’minlashda katta ahamiyatga ega. 
Unifikatsiya (lotincha unio–birlik va facare–qilmoq, Ya’ni, biror narsani 
birxillashtirish, bir xil shakl yoki tizimga)–bir xil faoliy vazifa bajaradigan obyektlarni 
aniqlangan belgilari bo`yicha qo`llanish samaradorligi haqidagi ma’lumotlar asosida 
ularning 
sonini 
ratsional 
qisqartirib 
birxillashtirishdir 
(masalan, 
optimal 
konstruksiyaga). 
Uning afzalligi yana shundaki, uning natijalarini yana qayta standartlashtirish 
zarurati bo`lmaydi. Ammo buyumni standartlashtirishda albatta detallarning 
unifikatsiyalashtiril-ganligiga asoslanadi. 
GOST 23945.0-80 me’yoriy hujjatga muvofiq unifikatsiyalashtirishning asosiy 
maqsadi quyidagilardan iborat: 
–standartlarni ishlab chiqish, buyumlarni ishlab chiqishga, tayyorlashga, ularga 
texnik xizmat ko`rsatish va ta’mirlashga sarflanadigan vaqtni kamaytirish hisobiga 
ilmiy-texnik taraqqiyot (ITT) ni jadallashtirish; 
–loyixalash bosqichida va ishlab chiqarish jarayonlarida buyum yuqori sifati va 
uning elementlari o`zaro almashinuvchanligini taminlash;
–loyixalash va tayyorlashga sarf-harajatni kamaytirish; 
–mamlakatni qo`riqlash talablarini ta’minlash(harbiy sohada). 
Unifikatsiyalashtirishning yo`nalishlar bo`yicha asosiy vazifalari quyidagicha: 


99 
–yangidan yaratilayotgan buyumlar guruhi yoki bir-biriga bir xil avval 
loyixalangan, bir xil tarkibiy elementlardan foydalanish: 
–yangi yaratilayotgan yoki takomillashtirilayotgan obyektga unifikatsiyalashgan 
tarkibiy elementlarni ishlab chiqish; 
–konstruktiv unifikatsiyalashgan buyumlar qatorini ishlab chiqish; 
–material, tarkibiy qism va buyumlarga nisbatan maqsadga muvofiq minimal 
nomenklaturnasini aniqlash. 
Unifikatsiyalashtirish obyektlari quyidagilardan iborat: 
–bir-xil faoliy vazifani bajarib, o`zaro almashinuvchi detallar; 
–faoliy vazifasi bo`yicha yaqin gabarit o`lchamlari va ekspluatatsiya 
ko`rsatkichlari (unumdorlik, quvvat va sh.k.) bo`yicha kam farq qiladigan agregatlar 
(qismlar, yig`ma birikmalar), texnologik jarayon yoki xizmat ko`rsatish doirasida 
qo`llanadigan modullar avtomatik tizmlar; 
–faoliy vazifasi bo`yicha o`ziga yaqin, bir xil operatsiyalarni bajaradigan, 
konstruktiv tuzilishi bir xil yoki o`zaro yaqin, ishchi parametrlari, gabarit o`lchamlari 
kam farq qiladigan mashina va mexanizmlar. 
–texnologik jarayon va xizmat ko`rsatish sohalarining muayyan maqsadni 
ko`zlagan unifikatsiyasi. 
Unifikatsiyalashtirish soha hamda korxona bo`yicha toifalanadi. 
Mashinasozlikning rivojlanishi uning toboro takomillashib va murakkablashib 
borishini taqozo etadi. Shu bilan birga mashinasozlik, asbobsozlik, texnologik uskuna 
va jixozlarning yangi avlodlarini yaratishda, uni tashkil etuvchi-butlovchi qismlari 
detallari standartlashtiriladi, Ya’ni unifikatsiyalashtiriladi, bir xil faliy xususiyatga ega 
bo`lib takrorlanuvchi detallar va ularning o`lchamlari mumkin qadar bir xillashtiriladi. 
Natijada yig`ma birikma ixchamlanadi.
Mashinani (texnik tizim)ni bir butun buyum sifatida qarasak uni mayda 
bo`laklarga ajratib, bir-biriga bog`liq bo`lmagan va o`xshash vazifalarni bajaradigan 
agregatlarga ega bo`lamiz. 


100 
Mashina, uskuna, jixoz, Ya’ni buyumning tarkibiy qism bo`lmish agregatlarni 
faoliy vazifasi, gabarit o`lchamlari va ekspluatatsiya ko`rsatkichlarini imkoni boricha 
bir-xillashtirib agregatlashtirish imkonini yaratamiz. 
Agregatlashtirish usuli-mashina (buyum)larni takroriy va ko`plab qo`llaniladigan, 
unifikatsiyalashtirilgan detal va yig`ma birikmalardan ratsional foydalanish imkonini 
beradi. Agregatlashtirish har qanday yangi mashina (buyum)ni alohida yagona-original 
na’munasini emas, balki mavjud ishlab chiqilayotgan agregat va detallarni mashina 
konstruksiyasiga moslab yig`ish va shu tariqa mashina, jixoz (buyumlarning) yangi 
avlodini 
minimal 
sarf-harajatlar 
bilan amalga oshirishni ta’minlaydigan, 
standartlashtirishning samarali usullaridan hisoblanadi. 
Agregatlov – bu har xil buyumlarni, mashina, uskuna va jixozlarni yaratishda 
geometrik va faoliy o`zaroalmashuvchan, ko`p qayta foydalanadigan alohida standart 
unifikatsiyalangan uzellar yaratish va ishlatish metodidir.
Demak agregatlashtiruvning rivojlanish negizida standartlashtirish yotadi. 
Agregatlashtiruvni keng joriy etish parametrik standartlashtirish jarayonlarini qaytarib 
o`tirmay, har xil o`lcham va xususiyatlarni yuqori sifat ko`rsatkich asosida ta’minlash 
imkonida foydalaniladi. 
Mashinasozlikda agregatlov metodini joriy etish: 
-ishlab chiqarish darajasi va avtomatlashtirish imkoni oshishi hisobiga ish usulini 
oshirish va tannarxni kamaytirishga olib keladi; 
-ishlab chiqarish jarayonlarini yangi buyumga moslashda yuqori darajali
egiluvchanlik va mobillik imkonlarini nomoyon etadi; 
-yangi buyum ishlab chiqarishni yo`lga qo`yishda ishlab chiqarishni rostlash va 
moslash jarayonlarini tezlashtiradi, arzonlashtiradi, qulaylik tug`diradi.
Agregatlov metodi moxiyatiga ko`ra nafaqat mashinasozlik, asbobsozlik 
texnologik jarayonlari va tamirlash ishlarida balki xalq xo`jaligining boshqa jabhalari 
qurilish, qishloq xo`jaligi hamda har xil xizmat turlarini modulli tashkil etishda o`ziga 
xos prototip usul sifatida nomoyon bo`ladi.


101 
Unifikatsiyalashtirish va agregatlashtirishni qo`llashda texnik-iqtisodiy samaradorlik
 
Standartlashtirishning bosh maqsadi-tartiblashtirishdan umumfoyda olish 
bo`lganidek, 
uning 
asosiy 
metodlari 
bo`lmish 
unifikatsiyalashtirish 
va 
agregatlashtirishda ham samaradorlik muhim hisoblanadi. 
Ishlab chiqarish turiga bog`liq holda samaradorlik har –xil miqdor va 
qonuniyatga ega bo`ladi(3.7-rasm). 

Yüklə 2,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə