Andijon mashinasozlik instituti standartlashtirish asoslari


og`irlik deb  atab qo`yamiz. Bu kabi xususiyatlar talaygina bo`lib, ularga  kattalik



Yüklə 2,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/160
tarix30.05.2023
ölçüsü2,35 Mb.
#114371
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   160
Standartlashtirish asoslari

og`irlik
deb 
atab qo`yamiz. Bu kabi xususiyatlar talaygina bo`lib, ularga 
kattalik
nomi berilgan. 


111 
Kattaliklar juda ko`p va turli-tuman, lekin ularning barchasi ham ikkitagina 
tavsif bilan tushuntiriladi. Bu sifat va miqdor tavsiflari. 
Sifat tavsifi olingan kattalikning mohiyatini, mazmunini ifodalaydigan tavsif 
hisoblanadi. Gap masofa borasida ketganda muayyan olingan obyektning 
o`lchamlarini, uzun-qisqaligini yoki baland-pastligini bildiruvchi xususiyatni 
tushunamiz, Ya’ni ko`z oldimizga keltiramiz. Buni oddiygina bir tajribadan bilishimiz 
mumkin. Bir daqiqaga boshqa ishlaringizni yig`ishtirib, ko`z oldingizga og`irlik va 
temperatura nomli kattaliklarni keltiring... Xo`sh, ularning sifat tavsiflarini seza 
oldingizmi. Bir narsaga ahamiyat bering-a, og`irlik deganda qandaydir bir mavhum, 
og`ir yoki yengil obyektni, aksariyat, tarozi toshlarini ko`z oldiga keltirgansiz, 
temperatura to`g`risida gap borganda esa, issiq-sovuqlikni bildiruvchi bir narsani 
gavdalantirgansiz. Aynan mana shular biz sizga tushuntirmoqchi bo`lgan kattalikning 
sifat tavsifi bo`lib hisoblanadi. 
Endi olingan obyektlarda biror bir kattalik to`g`risida so`zlaydigan bo`lsak, bu 
obyektlar o`zida shu kattalikni ko`p yoki kam “mujassamlashtirganligini” shohidi 
bo`lamiz. Bu esa kattalikning miqdor tavsifi bo`ladi. 
Mana endi kattalikning ta’rifini keltirishimiz mumkin: 
Kattalik - 
sifat tomonidan ko`pgina fizikaviy obyektlarga (fizikaviy tizimlarga, 
ularning holatlariga va ularda o`tayotgan jarayonlarga) nisbatan umumiy bo`lib, 
miqdor tomonidan har bir obyekt uchun xususiy bo`lgan xossadir. 
Ta’rifda keltirilgan xususiylik biror obyektning xossasi ikkinchisinikiga nisbatan 
ma’lum darajada kattaroq yoki kichikroq bo`lishini ifodalaydi. 
Biz o`rganayotgan metrologiya fani aynan mana shu kattaliklar, ularning 
birliklari,o`lchash texnikasining rivojlanishi bilan chambarchasbog`liqdir. “Kattalik” 
atamasidan xossaning faqat miqdoriy tomonini ifodalash uchun foydalanish to`g`ri 
emas (masalan, “massa kattaligi”, “bosim kattaligi” deb yozish), chunki shu 
xossalarning o`zi kattalik bo`ladi. Bunda “kattalik o`lchami” degan atamani ishlatish 
to`g`ri hisoblanadi. Masalan, ma’lum jismning uzunligi, massasi, elektr qarshiligi va 
hokazolar. 


112 
Har bir fizikaviy obyekt bir qancha obyektiv xossalar bilan tavsiflanishi 
mumkin. Ilm-fan taraqqiyoti va rivojlanishi bilan bu xossalarni bilishga talab ortib 
bormoqda. Hozirga kelib zamonaviy o`lchash vositalari yordamida 70 dan ortiq 
kattalikni o`lchash imkoniyati mavjud. Bu ko`rsatkich 2050 yillarga borib 200 dan 
ortib ketishi bashorat qilinmoqda. 
Ko`pincha 
kattalikning 
o`rniga 
parametr, 
sifat 
ko`rsatkichi, 
tavsif 
(harakteristika) degan atamalarni ham qo`llanishiga duch kelamiz, Lekin bu 
atamalarning barchasi mohiyatan kattalikni ifodalaydi. 
Muayyan guruhlardagi kattaliklarning orasida o`zaro bog`liqlik mavjud bo`lib, 
uni fizikaviy bog`lanish tenglamalari orqali ifodalash mumkin. Masalan, vaqt 
birligidagi o`tilgan masofa bo`yicha tezlikni aniqlashimiz mumkin. Mana shu 
bog`lanishlar asosida kattaliklarni ikki guruhga bo`lib ko`riladi: asosiy kattaliklar va 
hosilaviy kattaliklar. 

Yüklə 2,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə