Andijon mashinasozlik instituti standartlashtirish asoslari


- Bob STANDARTLASHTIRISHNING TEHNIK ASOSLARI



Yüklə 2,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/160
tarix30.05.2023
ölçüsü2,35 Mb.
#114371
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   160
Standartlashtirish asoslari

5- Bob STANDARTLASHTIRISHNING TEHNIK ASOSLARI 
5.1. Metrologiya va kattaliklar haqida umumiy tushunchalar 
Metrologiyada tez-tez uchrab turadigan ayrim tushunchalar quyidagilardan 
iborat: 
Metrologiya – 
o`lchashlar, ularning birliligini ta’minlash usullari va vositalari 
hamda kerakli aniqlikka erishish yo`llari haqidagi fan. 
Nazariy metrologiya 
– metrologiyaning fundamental asoslarini ishlab chiqish 
predmeti bo`lgan sohasidagi metrologiya bo`limi. 
Qonunlashtiruvchi metrologiya 
– metrologiya bo`yicha milliy idora 
faoliyatiga qarashli va birliklar, o`lchash usullari, o`lchash vositalari va o`lchash 
laboratoriyalariga davlat talablarini o`z ichiga olgan metrologiya qismi. 
Amaliy metrologiya
– nazariy metrologiya ishlanmalarini va qonunlashtiruvchi 
metrologiya qoidalarini amaliy qo`llanish masalalari bilan shug`ullanuvchi 
metrologiya bo`limi. 
Kattalik 
– sifat jihatidan ajratilishi va miqdor jihatidan aniqlanishi mumkin 
bo`lgan hodisalar, moddiy tizim, moddaning xossasidir. 
O`lchanadigan kattalik
– o`lchash vazifasining asosiy maqsadiga muvofiq 
o`lchanishi lozim bo`lgan, o`lchanadigan yoki o`lchangan kattalik. 
Kattalik o`lchami – 
muayyan miqdoriy obyekt, tizim, hodisa yoki jarayonga 
tegishli bo`lgan kattalikning miqdoriy aniqlanganligi.
Kattalikning qiymati
– kattalik uchun qabul qilingan birliklarning ma’lum bir 
soni bilan kattalikning o`lchamini ifodalash. 
Kattalikning sonli qiymati
– kattalikning qiymatiga kiruvchi nomsiz son. 
Parametr
– berilgan kattalikni o`lchashda yordamchi sifatida qaraladigan 
kattalik. 
O`lchash vositasi
– metrologik tavsiflari me’yorlangan (MTM), o`lchami 
(belgilangan xatolik chegarasi) ma’lum vaqt oralig`ida o`zgarmas deb qabul 
qilinadigan, kattalikning o`lchov birligini qayta tiklaydigan va (yoki) saqlaydigan, 
o`lchashlar uchun mo`ljallangan texnik vosita. 


108 

Yüklə 2,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə