Andijon mashinasozlik instituti standartlashtirish asoslari


O`lchash vositalarini tekshiruvdan o`tkazish



Yüklə 2,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/160
tarix30.05.2023
ölçüsü2,35 Mb.
#114371
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   160
Standartlashtirish asoslari

O`lchash vositalarini tekshiruvdan o`tkazish
– o`lchash vositalarining 
belgilab qo`yilgan texnikaviy talablarga muvofiqligini aniqlash va tasdiqlash 
maqsadida davlat metrologiya xizmati idoralari (vakolat berilgan boshqa idoralar, 
tashkilotlar) tomonidan bajariladigan amallar majmui.
O`lchash vositalarini kalibrlash
– metrologik jihatlarning haqiqiy qiymatlarini 
va o`lchash birliklarining qo`llashga yaroqliligini aniqlash hamda tasdiqlash 
maqsadida kalibrlash laboratoriyasi bajaradigan amallar majmui.


110 
O`lchash vositalarini ishlab chiqish, yaratish
(ta’mirlash, sotish, ijaraga 
berish) 
uchun litsenziya
- davlat metrologiya xizmati tomonidan yuridik va jismoniy 
shaxslarga beriladigan, mazkur faoliyat turlari bilan shug`ullanish huquqini 
guvohlantiruvchi hujjat.
Kattaliklar. 
Atrofimizdagi hayot uzluksiz tarzda kechadigan muayyan jarayonlar, 
voqealar, hodisalarga nihoyatda boy bo`lib, ularni ko`pini aksariyat hollarda 
sezmaymiz yoki e’tiborga olmaymiz. Chetdan qaraganda ularning orasida bog`liqlik 
yoki uzluksizlik bilinmasligi ham mumkin. Ba’zilariga esa shunchalik ko`nikib 
ketganmizki, aniq bir so`z bilan ifodalash kerak bo`lsa, biroz qiynalib turamizda, 
“...mana shu-da!” deb qo`yamiz. Butunsuhbat barchamiz bilib-bilmaydigan, ko`rib-
ko`rmaydigan va sezib-sezmaydigan kattaliklar haqida boradi. 
Kattaliklarning ta’rifini keltirishdan oldin ularning mohiyatiga muqaddima 
keltirsak. 
Yon-veringizga bir nazar tashlang, har xil buyumlarni, jonli va jonsiz 
predmetlarni ko`rasiz. Balki oldingizda do`stlaringiz ham o`tirishgandir (albatta dars 
tayyorlab!). Garchi bu sanab o`tilganlar bir-birlaridan tubdan farq qilsa ham hozir 
ko`rishimiz kerak bo`lgan xossalar va xususiyatlar bo`yicha ulardagi muayyan 
umumiylikni ko`rishimiz mumkin. Masalan, ruchka, stol va do`stingizni olaylik. Bular 
bir-biridan qanchalik o`zgacha bo`lmasin, lekin o`zlarida shunday bir umumiylikni 
kasb etganki, bu umumiylik ularning uchalasida ham bir xilda tavsiflanadi. Agarda gap 
ularning katta-kichikligi xususida boradigan bo`lsa, biror bir yo`nalish bo`yicha 
olingan va aniq chegaraga (oraliqqa) ega bo`lgan makonni yoki masofani tushunamiz. 
Aynan mana shu xossa uchala obyekt uchun bir xil ma’noga ega. Ushbu ma’no nuqtai 
nazaridan qaraydigan bo`lsak, ular orasidagi tafovut faqat qiymatdagina bo`lib qoladi. 
Yoki og`irlik tushunchasini, Ya’ni misol tariqasida olingan obyektlarning Yerga 
tortilishini ifodalaydigan xususiyatini oladigan bo`lsak ham, mazmunan bir xillikni 
ko`ramiz. Bunda ham ular orasidagi tafovut ularning Yerga tortilish kuchining katta 
yoki kichikligida, Ya’ni qiymatidagina bo`ladi. Biz buni oddiygina qilib 

Yüklə 2,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə