Andijon mashinasozlik instituti standartlashtirish asoslari



Yüklə 2,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/160
tarix30.05.2023
ölçüsü2,35 Mb.
#114371
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   160
Standartlashtirish asoslari

o`lchash obyekti
ishtirok etadi. O`lchash obyekti 


124 
(o`lchanadigan kattalik) shunday yordamchi kattalikki, uning yordamida asosiy 
izlanuvchi kattalik aniqlanadi, yoki bu shunday qurilmaki, uning yordamida 
o`lchanadigan kattalik solishtiriladi. 
SHunday qilib, uchta tushunchani bir-biridan ajrata bilish kerak; o`lchash, 
o`lchash jarayoni va o`lchash usuli. 
O`lchash
- bu umuman har xil kattaliklar to`g`risida informatsiya qabul qilish, 
o`zgartirish demakdir. Bundan maqsad izlanayotgan kattalikni son qiymatini qo`llash, 
ishlatish uchun qulay formada aniqlashdir. 
O`lchash jarayoni 
- bu solishtirish eksperimentini o`tkazish jarayonidir 
(solishtirish qanday usulda bo`lmasin). 
O`lchash usuli esa
- bu fizik eksperimentning aniq ma’lum struktura 
yordamida, o`lchash vositalari yordamida va eksperiment o`tkazishning aniq yo`li, 
algoritmi yordamida bajarilishi, amalga oshirilishi usulidir. 
O`lchash odatda o`lchashdan ko`zlangan maqsadni (izlanayotgan kattalikni) 
aniqlashdan boshlanadi, keyin esa shu kattalikning harakterini analiz qilish asosida 
bevosita o`lchash obyekti (o`lchanadigan kattalik) aniqlanadi. O`lchash jarayoni 
yordamida esa shu o`lchash obyekti to`g`risida informatsiya hosil qilinadi va nihoyat 
ba’zi matematik qayta ishlash yo`li bilan o`lchash maqsadi haqida yoki izlanayotgan 
kattalik haqida informatsiya (o`lchash natijasi) olinadi. 
O`lchash natijasi
- o`lchanayotgan kattalikning son qiymatini o`lchash birligiga 
ko`paytmasi tariqasida ifodalanadi. 
X=n[x], 
bu yerda X - o`lchanadigan kattalik; 
n - o`lchanayotgan kattalikning qabul qilingan o`lchov birligidagi son qiymati; 
[x] - o`lchash birligi 
O`lchash jarayonini avtomatlashtirish munosabati bilan o`lchash natijalari 
o`zgarmasdan to`g`ridan-to`g`ri elektron hisoblash mashinalariga yoki avtomatik 
boshqarish tizimlariga berilishi mumkin. Shuning uchun, keyingi paytlarda, ayniqsa, 
kibernetika sohasidagi mutaxassislarda o`lchash haqidagi tushuncha quyidagicha 
ta’riflanadi. 


125 
O`lchash
– bu izlanayotgan kattalik haqida informatsiya qabul qilish va 
o`zgartirish jarayonidir. Bundan ko`zda tutilgan maqsad shu o`lchanayotgan 
kattalikning ishlatish, o`zgartirish, uzatish yoki qayta ishlashlar uchun qulay formadagi 
ifodasini ishlab chiqishdir. 
O`lchash fan va texnikaning qaysi sohasida ishlatilishiga qarab u aniq nomi 
bilan yuritiladi: elektrik, mexanik, issiqlik, akustik va x.k.
O`lchanayotgan kattalikning sonli qiymatini topishning bir necha xil turlari 
(yo`llari) mavjuddir. Quyida shu yo`llar bilan tanishib chiqamiz. 

Yüklə 2,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə