Andijon mashinasozlik instituti standartlashtirish asoslari


- Aksioma. O`lchash amalidan olingan natija tasodifiydir



Yüklə 2,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/160
tarix30.05.2023
ölçüsü2,35 Mb.
#114371
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   160
Standartlashtirish asoslari

3- Aksioma.
O`lchash amalidan olingan natija tasodifiydir.
 
Endi uchinchi aksioma xususida. Bir uchi ochilmagan qalam olamiz va shu 
qalamning 10 marta chizg`ich yordamida uzunligini aniqlaymiz. Natijalarni yozib 
boramiz. Shunda eng kami bilan ikki yoki uch marta olgan qiymatlarimiz 
boshqacharoq bo`ladi. Xo`sh, nima uchun bunday bo`lyapti? Axir obyekt va subyekt 
o`zgargani yo`q-ku! 
Bu narsa tasodifiylik degan tushuncha bilan bog`liq. Bu tushuncha xususida bir 
oz keyin izoh beriladi. 
Biz yuqorida qayd etilgan aksiomalarni faqat oddiygina o`lchashlar vositasida 
tushuntirishga harakat qildik. Agar nisbatan murakkabroq o`lchashlarga o`tadigan 
bo`lsak bu aksiomalarning kuchini yaqqolroq sezishimiz, ko`rishimiz va anglashimiz 
mumkin bo`ladi. 
Metrologiyaning asosiy postulatlari. 
Ushbu mavzuni ko`rib chiqishdan oldin 
birgalikda oddiygina bir tajriba qilib ko`ramiz: 
Bir dona chiroyli olma olamiz (haqiqiy, iste’mol qilinadigan olma). Uni biror bir 
tarozida, masalan savdo do`konlaridagi o`lchash tarozisida tortib ko`ramiz. Aytaylik 
massasi 74 g chiqdi. So`ngra uni kattaroq, masalan qoplangan mahsulotlarni tortadigan 
yerga qo`yiladigan tarozida o`lchab ko`ramiz. Endi olgan qiymatimiz 75 g. Keyin 


135 
xuddi shu olmani yuk avtomobillarining massasini (10 tonnagacha) o`lchaydigan katta 
tarozida o`lchaymiz. Bu tarozi olmaning massasi yo`q deb uning og`irligini sezmaydi. 
Endi oxirgi tajriba, olmani bir necha bo`laklarga bo`lib, laboratoriya tarozisida har bir 
bo`lakni tortamiz va yakuniy natijani hisoblaymiz. Olingan qiymatimiz quyidagicha 
bo`lishi mumkin - 74,3718 g. Qarang-a, to`rt xil o`lchash vositasida to`rt xil qiymat 
oldik. 
Xo`sh, qaysi bir qiymatni haqiqiy deb olishimiz mumkin. Aslida, olmaning 
massasi qanday? Albatta, tajribada ko`rilayotgan olmaning aynan olingan qiymati 
mavjud. Bu qiymatni biz 
chinakam 
qiymat deb ataymiz. 
CHinakam qiymat kattalikni miqdor jihatdan har tomonlama, bekami-ko`st va 
butqo`l tavsiflaydigan qiymat hisoblanadi. Ammo, uni aniq o`lchash imkoniyati 
mavjud emas. Shuni ko`rib chiqamiz: 
Faraz qilaylik, o`ta aniq o`lchaydigan tarozi topdik va olmaning massasini 
aniqlamoqchimiz. Lekin bu tarozida aniq bir to`xtamga kelgan qiymatni ololmaysiz. 
Chunki olmadan juda oz miqdorda (1-2 moleqo`la bo`lsa ham) namlik kamayib turadi. 
Demak aniq qiymatni ololmaysiz. Biz hozir aniq o`lchaydigan vosita bor deb 
hisoblayapmiz. Lekin aslida bunday o`lchash vositasi yo`q va bo`lmaydi ham. Nima 
uchun deyishingiz tabiiy, albatta. Agar o`zga sayyoraliklar kelib bizga aynan shunday, 
bekami-ko`st, mutlaqo aniq o`lchaydigan asbob olib kelib berishganda ham quyidagi 
paradoks bo`lishi tabiiy. 

Yüklə 2,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə