Andijon mashinasozlik instituti standartlashtirish asoslari


O`lchash vositalari va ularning turlari



Yüklə 2,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/160
tarix30.05.2023
ölçüsü2,35 Mb.
#114371
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   160
Standartlashtirish asoslari

O`lchash vositalari va ularning turlari .
Ma’lumki, o`lchashni biror bir 
vositasiz bajarib bo`lmaydi.
O`lchash vositasi 
deb o`lchashlar uchun qo`llaniladigan va me’yorlangan 
metrologik xossalarga ega bo`lgan texnikaviy vositaga aytiladi. 


130 
O`lchash vositalarining turlari xilma-xil. Ular sodda yoki murakkab, aniqligi 
katta yoki kichik bo`lishi mumkin. O`lchash vositalari me’yorlangan metrologik 
xossalarga ega bo`lishlari lozim va bu metrologik xossalar davriy ravishda tekshirilib 
turiladi. O`lchash amalida o`lchanayotgan kattalikning qiymati to`g`ri aniqlanishi 
aynan mana shu o`lchash vositasining to`g`ri tanlanishiga va ishlashiga bog`liq.
O`lchash vositalarining namoyondalari sifatida quyidagilarni keltirishimiz 
mumkin: 
*
o`lchovlar; 
*
o`lchash asboblari; 
*
o`lchash o`zgartkichlari; 
*
o`lchash qurilmalari; 
*
o`lchash tizimlari. 
O`lchovlar - keng tarqalgan o`lchash vositalaridan hisoblanadi. 
O`lchov
deb, kattalikning aniq bir qiymatini hosil qiladigan, saqlaydigan 
o`lchash vositasiga aytiladi. Masalan, tarozi toshi, elektr qarshiligi, kondensatori va 
shu kabilarni o`lchovlarga misol qilib olishimiz mumkin. 
O`lchovlarning ham turlari va xillari ko`p. Standart na’munalar va na’munaviy 
moddalar ham o`lchovlar turkumiga kiritilgan. 
Standart na’muna - 
modda va materiallarning xossalarini va xususiyatlarini 
tavsiflovchi kattaliklarni hosil qilish uchun xizmat qiladigan o`lchov sanaladi. 
Masalan, g`adir-budurlikning na’munalari, namlikning standart na’munalari. 
Na’munaviy modda
esa, muayyan tayyorlash sharoitida hosil bo`ladigan va 
aniq xossalarga ega bo`lgan modda sanaladi. Masalan, "toza suv", "toza metall" va 
hokazolar. "Toza rux" 420
0
C temperaturani hosil qilishda ishlatiladi. 
O`lchovlar ko`p qiymatli (o`zgaruvchan qarshiliklar, millimetrlarga bo`lingan 
chizg`ich) va bir qiymatli (tarozi toshi, o`lchash kolbasi, normal element) turlarga 
bo`linadi. Ba’zan o`lchovlar to`plamidan ham foydalaniladi. 
Kattalikning o`lchamini hosil qilish va foydalanishda quyidagi qatorni yodda 
tutishimiz lozim bo`ladi: 


131 
Ishchi o`lchash vositalari, na’munaviy o`lchash vositalari, ishchi etalon, 
solishtirish etaloni, nusxa etalon, ikkilamchi etalon, maxsus etalon, birlamchi etalon va 
davlat etaloni. 
Fan va texnikaning eng yuqori saviyasida aniqlik bilan ishlangan na’munaviy 
o`lchovlar 
etalonlar
deb ataladi. Etalonlar ishlatiladigan va davlat etalonlariga 
bo`linadi. Davlat etalonlari na’munaviy o`lchov va asboblarni tekshirishda qo`llaniladi 
va Davlat standarti idoralarida saqlanadi. 

Yüklə 2,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə