Andijon mashinasozlik instituti standartlashtirish asoslari


Muntazam xatoliklarni kamaytirish usullari



Yüklə 2,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/160
tarix30.05.2023
ölçüsü2,35 Mb.
#114371
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   160
Standartlashtirish asoslari

 Muntazam xatoliklarni kamaytirish usullari 
Umuman, muntazam xatolikni yo`qotish yo`li bir aniq ishlab chiqilmagan. 
Lekin, shunga qaramay, muntazam xatolikni kamaytirishni ba’zi bir usullari mavjud. 
1. 
Xatoliklar chegarasini nazariy jihatdan baholash
, bu uslub o`lchash 
uslubini, o`lchash vositalarining harakteristikalarini, o`lchash tenglamasini va 
o`lchash sharoitlarini analiz qilishga asoslanadi. Masalan: o`lchash asbobining 
parametrlari yoki tekshirilayotgan zanjirning ish rejimini bilgan holda biz 
uning tuzatmasini (xatoligi) topishimiz mumkin. Xatolik, bunda, asbobning 
iste’mol qiluvchi quvvatidan, o`lchanayotgan kuchlanishning chastotasini 
oshishidan hosil bo`lishi mumkin. 
2. 
Xatolikni o`lchash natijalari bo`yicha baholash.
Bunda o`lchash 
natijalari har xil prinsipdagi usul va o`lchash apparaturasidan (vositalaridan) 
olinadi. O`lchash natijalari orasidagi farq - muntazam xatolikni harakterlaydi. 
Bu uslub yuqori aniqlikdagi o`lchashlarda ishlatiladi. 
3. 
Har xil harakteristikaga ega bo`lgan, lekin bir xil fizikaviy prinsipda 
ishlaydigan apparatura yordamida o`lchash usuli.
Bunda o`lchash ko`p 


140 
marotaba takrorlanib, o`lchash natijalari muntazam statistika usuli yordamida 
ham ishlanadi. 
4. 
O`lchash apparaturasini ishlatishdan oldin sinovdan o`tkazish.
Bu usul 
ham aniq o`lchashlarda ishlatiladi. 
5. 
Muntazam xatoliklarni keltirib chiqaruvchi sabablarni yo`qotish yo`li.
Masalan: tashqi muhit temperaturasi o`zgarmas qilib saqlansa, o`lchash 
vositasini tashqi maydon ta’siridan himoyalash maqsadida ekranlashtirilsa, 
manba kuchlanishi turg`unlashtirilsa (stabillashtirilsa) va h.k.
6. 
Muntazam xatolikni yo`qotishning maxsus usulini qo`llash:
o`rin 
almashlash (o`rindoshlik), differentsial usuli, simmetrik kuzatishlardagi 
xatoliklarni kompensatsiyalash usuli. 

Yüklə 2,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə