Metrologik nuqtai nazardan o`lchash vositasiniig muayyan
metrologik
tavsiflari mavjud bo`lib, bu tavsiflarga ega bo`lgandan so`nggina biz
olingan natijani baholashimiz mumkin. Biz aytayotgan o`lchash vositasini metrologik
tavsiflash uchun undan ham aniq o`lchaydigan boshqa asbob kerak bo`ladi. Bu xuddi
analginning tarkibida kofein bor, kofeinning tarkibida kodein, kodeinning tarkibida esa
analgin bor degandek gap. Xullas, kattalikning chinakam qiymatini o`lchab bo`lmaydi.
Modomiki, chinakam qiymatni o`lchash imkoni yo`q ekan, o`lchash amalida qiymati
unga yaqin bo`lgan va uni o`rniga ishlatilishi mumkin bo`lgan boshqa qiymat, Ya’ni
haqiqiy qiymat qo`llaniladi. Bu xususda metrologiyaning uchta asosiy postulatlari
mavjud:
136
1-postulat - o`lchanayotgan kattalikning chinakam qiymati mavjuddir. 2-postulat - kattalikning chinakam qiymatini aniqlash mumkin emas. 3-postulat - o`lchash amalida kattalikning chinakam qiymati doimiydir. Endi aytishimiz mumkinki, o`lchanayotgan kattalikning uchta qiymati bo`lar
ekan:
1.
CHinakam qiymat (uni aniqlash imkoni mavjud emas);
2.
Haqiqiy qiymat (chinakam qiymatga yaqin);
3.
Olingan qiymat (tajribadan olingan qiymat).
Tabiiyki, hakiqiy qiymatni qayerdan olamiz degan savol tug`ilishi mumkin.
Yuqorida keltirgan misolimiz bo`yicha, olmani savdo do`koni tarozisida bir necha
marta takroriy o`lchab, natijalarning o`rtacha qiymatini olsak, shu haqiqiy qiymat deb
olinishi mumkin.
5.6. O`lchash xatoliklari, turlari ularni hisoblash usullari O`lchash xatoliklari turli sabablarga ko`ra turlicha ko`rinishda namoyon bo`lishi
mumkin. Bu sabablar qatoriga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:
–
o`lchash vositasidan foydalanishda uni sozlashdan yoki sozlash darajasini
siljishidan kelib chiquvchi sabablar;
–
o`lchash obyektini o`lchash joyiga (pozitsiyasiga) o`rnatishdan kelib chiquvchi
sabablar;
–
o`lchash vositalarining zanjirida o`lchash ma’lumotini olish, saqlash, o`zgartirish
va tavsiya etish bilan bog`liq sabablar;
–
o`lchash vositasi va obyektiga nisbatan tashqi ta’sirlar (temperatura yoki
bosimning o`zgarishi, elektr va magnit maydonlarining ta’siri, turli tebranishlar va
hokazolar) dan kelib chiquvchi sabablar;
–
o`lchash obyektining xususiyatlaridan kelib chiquvchi sabablar;
–
operatorning malakasi va holatiga bog`liq sabablar va shu kabilar.
O`lchash xatoliklarini kelib chiqish sabablarini tahlil qilishda eng avvalo
o`lchash natijasiga salmoqli ta’sir etuvchilarini aniqlash lozim bo`ladi.
137
O`lchash xatoliklari u yoki bu xususiyatiga ko`ra quyida keltirilgan turlarga
bo`linadi:
I. O`lchash xatoliklari ifodalanishiga qarab quyidagi turlarga bo`linadi: