Andijon mashinasozlik instituti standartlashtirish asoslari



Yüklə 2,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/160
tarix30.05.2023
ölçüsü2,35 Mb.
#114371
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   160
Standartlashtirish asoslari

 
SO: 
Standart na’muna 


147 
 
MVI: 
O`lchashlarni bajarish metodikasi 
Umumiy qoidalar 
Metodlar yaroqliligini baholash 
Izoh: Bu yerda va bundan keyin metod (metodlar) deyilganda o`lchashlarni 
bajarish metodikalari va sinovlar metodikalari tushuniladi. 
Amaliyotda eskirgan o`lchashlar uchun qo`llaniladigan aniq maqsadning 
metodlarini ko`proq ularning yaroqliligini baholash bo`yicha tadqiqotlar jarayonida 
belgilanadi. 
Bunday tadqiqotlarning natijalari metodlarning umumiy tavsifnomalari bo`yicha 
ham, unga ta’sir etuvchi alohida faktorlar bo`yicha ham axborot beradi va bu 
axborotdan noaniqlikni baholashda foydalanish mumkin. 
Izoh: Metodlar yaroqliligini baholash (validation of methods) chet elda qabul 
qilingan o`lchashlar sifatini ta’minlash tizimining muhim tashkil etuvchisi bo`lib 
hisoblanadi. «Validation» atamasi tegishli tushunchalarning turli mazmuni sababli 
milliy metrologiyada qabul qilingan «attestatlash» atamasi bilan teng ma’noga ega 
emas. Qonuniy metrologiya protsedurasi sifatida amalga oshiriladigan metodikalarni 
attestatlash metodikaning unga qo`yilgan metrologik talablarga muvofiqligini 
o`rnatishni maqsad qilib qo`yadi. Bunda diqqat markazida olingan natijalar 
xatoliklarining tavsifnomalari bo`ladi. Metodning yaroqliligini baholash odatda 
samaradorlikning qator ko`rsatkich-larini belgilashdan (topish va aniqlash chegarasi
selektivlik/spetsifiklik, yaqinlashish va qayta ishlab chiqarish, barqarorlik va 
boshqalar) va ular asosida aniq o`lchash masalasini yechish uchun metodning 
yaroqliligini muhokama qilishdan iborat bo`ladi. Yaroqlilikni baholash bo`yicha 
tadqiqotlar natijalaridan noaniqlikni (xatolik tavsifnomalarini) topishda foydalanish 
mumkin. 
Metodning yaroqliligini baholash bo`yicha tadqiqotlar samaradorlikning 
umumiy ko`rsatkichlarini aniqlash maqsadiga egadir. Ularni metodni ishlab chiqish va 
uning laboratoriyalararo tadqiqoti jarayonida yoki ichki laboratoriya tadqiqoti 
dasturiga rioya etgan holda belgilaydilar. Xatolikning yoki noaniqlikning alohida 
manbalari odatda pretsizionlikning umumiy tavsiflari bilan solishtirilganda 


148 
ahamiyatliroq bo`lganidagina ko`rib chiqiladi. Bunda tirgak tahlil natijalariga tegishli 
tuzatishlarni kiritishdan ko`ra, muhim samaralarning aniqlanishi va yo`qotilishiga 
qilinadi. Bu potentsial muhim ta’sir o`tkazuvchi faktorlar umumiy pretsizionlik bilan 
solishtirilganda ahamiyatlilikka belgilanganda, tekshirilganda bu faktorlarga 
e’toborsizlik bilan qarash holatiga olib keladi. Bu sharoitlarda tadqiqotchilar 
ko`pchilik tartibli samaralarning ahamiyatsizligi isboti va qolgan ahamiyatli 
samaralarning ba’zi baholanishlari bilan bir qatorda umumiy samaradorlik 
ko`rsatkichlariga erishadilar. 
Metodlar yaroqliligini baholash bo`yicha tadqiqotlar odatda quyidagi 
tavsifnomalarning ba’zilari yoki barchasining aniqlanishini o`z ichiga oladi:

Yüklə 2,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə