|
Andijon mashinasozlik instituti standartlashtirish asoslariCHiziqlilik (To`g`ri mutanosiblik) -Standartlashtirish asoslariCHiziqlilik (To`g`ri mutanosiblik) -
CHiziqlilik ba’zi diapazonda o`lchash
uchun foydalaniladigan metodlarning muhim xossasi bo`lib hisoblanadi. Javob
chiziqliligini toza moddalarda va real na’munalarda aniqlash mumkin. Odatda
chiziqlilikni
miqdoriy
aniqlanmaydi,
uni
ko`z
bilan
yoki
nochiziqlilik
ahamiyatliligining mezonlari yordamida tekshiriladi. Ahamiyatli nochiziqlilikni odatda
nochiziqli darajalovchi tavsifnomalar yordamida hisobga olinadi yoki torroq ishchi
diapazonni tanlash yo`li bilan bartaraf etiladi. Chiziqlilikdan qolgan har qanday
og`ishlar odatda bir qancha o`lchanayotgan qiymatlarni qamrovchi umumiy
pretsizionlik bahosiga kiradi yoki darajalash bilan bog`liq bo`lgan noaniqlik
chegarasida qoladi.
Topish chegarasi -
Metodning yaroqliligini baholash jarayonida topish
chegarasi odatda ishchi diapazonning quyi chegarasini belgilash uchungina aniqlanadi.
Ammo topish chegarasi yaqinidagi noaniqliklar alohida ko`rib chiqishni va maxsus
talqin etilishni talab etishi mumkin, topish chegarasi qanday aniqlanganidan qat’iy
nazar uning noaniqlikni baholashga to`g`ridan to`g`ri aloqasi yo`q.
Barqarorlik -
Ko`p hujjatlar tahlil metodlarining yaroqliligini baholash va ishlab
chiqish bo`yicha aniq parametrlarni o`zgartirishga natijalar sezuvchanligini bevosita
tadqiqot qilishni talab etadi. Odatda bu bir yoki bir necha faktorlarni o`zgartirish bilan
chaqirilgan ta’sirlar tadqiqot qilinadigan «mustahkamlikka sinash» yordamida amalga
oshiriladi. Agar bunday sinov ahamiyatli bo`lsa (o`z pretsizionligi bilan solishtirganda)
u holda bu ta’sirning kengligini aniqlash va muvofiq yo`l qo`yilgan ishchi diapazonni
tanlash uchun mufassalroq tadqiqot olib boriladi. Barqarorlik bo`yicha ma’lumotlar
muhim faktorlarning o`zgarish natijalariga ta’siri haqida axborot berish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |
|
|