153
tasviriy axborot odatda muvofiq hujjatda metodikaga yoki metodning boshqa tasvirida
keltiriladi.
2-bosqich. Noaniqlik manbalarini aniqlash.
Noaniqlik manbalarining ro`yxati tuziladi. U 1 bosqichda belgilangan xuddi
o`sha nisbatda parametrlar noaniqligiga hissa qo`shadigan manbalarni o`z ichiga oladi,
lekin noaniqlikning boshqa manbalarini, masalan, ximiyaviy taxminlardan kelib
chiqadigan manbalarni ham o`z ichiga olishi mumkin.
3-bosqich. Noaniqlikni tashkil etuvchilarning miqdoriy tasvirlanishi.
Har bir aniqlangan potentsial manbaga xos bo`lgan noaniqlik qiymati aniqlanadi
va baholanadi. Ko`pincha noaniqlikning bir qancha manbalar bilan bog`liq bo`lgan
yagona hissasini baholash yoki aniqlash mumkin. Shuningdek, mavjud ma’lumotlar
noaniqlikning barcha manbalarini yetarli darajada hisobga olayotganligini ko`rib
chiqish muhim va noaniqlikning barcha manbalarining adekvat hisobga olinishini
ta’minlash uchun zarur bo`lgan qo`shimcha eksperimentlar va tadqiqotlarni puxta
rejalashtirish zarur.
4-bosqich. Yakuniy noaniqlikni hisoblash.
3-bosqichda olingan axborot umumiy noaniqlikka bo`lgan yoki alohida
manbalar bilan yoki bir qancha manbalarning yakuniy effektlari (samaralari) bilan
bog`liq bo`lgan bir qancha miqdoriy tasvirlangan xossalardan iboratdir. Bu xossalarni
standart og`ishlar ko`rinishida ifodalash va mavjud qoidalarga muvofiq yakuniy
standart noaniqlikni olish uchun ularni jamlash zarur. Kengaytirilgan noaniqlikni olish
uchun tegishli qamrov koeffitsientidan foydalanish zarur.
Dostları ilə paylaş: