Andijon mashinasozlik instituti standartlashtirish asoslari


O`lchanayotgan kattalikning tasvirlanishi



Yüklə 2,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/160
tarix30.05.2023
ölçüsü2,35 Mb.
#114371
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   160
Standartlashtirish asoslari

O`lchanayotgan kattalikning tasvirlanishi 
Noaniqlikni baholash kontekstida “o`lchash kattaligini tasvirlash” aynan 
o`lchanayotgan nafaqat bir ma’noli narsaning ifoda qilinishini, balki o`lchash 
kattaligini u bog`liq bo`lgan parametrlar bilan bog`lovchi miqdoriy ifodalanishini 
taqdim etishni ham talab etadi. Bu parametrlar boshqa o`lchash kattaliklari, to`g`ridan-
to`g`ri o`lchanmaydigan kattaliklar yoki konstantalar bo`lishi mumkin. Shuningdek, 
na’muna tanlash bosqichi metodikaga kiritilganmi yoki yo`qmi aniq belgilanishi 


154 
lozim. Agar u kiritilgan bo`lsa, u holda na’muna tanlash metodikasi bilan bog`liq 
bo`lgan noaniqlikni baholash ham zarur. Bu barcha axborotlar metodikaga hujjatda 
bo`lishi lozim. 
Analitik o`lchashlarda ayniqsa foydalanilayotgan metodga bog`liq bo`lmagan 
natijalarni olish uchun mo`ljallangan va bunga mo`ljallanmagan o`lchashlar o`rtasidagi 
farqni o`tkazish muhim. Oxirgilari ko`pincha empirik metodlar kontekstida ko`rib 
chiqiladi. 
Noaniqlik manbalarining namoyon bo`lishi 
Eng avvalo, noaniqlikning mumkin bo`lgan manbalari ro`yxatini tuzish zarur. 
Bu bosqichda miqdoriy aspektlarni hisobga olishga zarurat yo`q; faqatgina aynan 
ko`rib chiqilishi kerak bo`lgan narsaga nisbatan to`liq aniqlikni ta’minlash maqsad 
bo`lib hisoblanadi.
Noaniqlik manbalarining ro`yxatini tuzishda odatda oralik kattaliklardan 
natijalarni hisoblash uchun foydalaniladigan asosiy ifodalardan boshlash qulaydir. Bu 
ifodadagi barcha parametrlar o`z noaniqliklariga ega bo`lishlari mumkin va shuning 
uchun ular noaniqlikning potentsial manbalari bo`lib hisoblanadi. Bundan tashqari, 
aniq ko`rinishda o`lchanayotgan kattalik qiymatini topish uchun foydalaniladigan 
ifodaga kirmaydigan, lekin shunga qaramay natijaga (masalan, ekstraktsiya vakti yoki 
temperatura) ta’sir qiladigan boshqa parametrlar ham bo`lishi mumkin. Noaniqlikning 
yashirin manbalari ham bo`lishi mumkin. Bu barcha manbalar ro`yxatga kiritilishi 
lozim. 
Noaniqlik manbalari ro`yxati tuzilgandan so`ng ularning natijaga ta’sirini asosan 
har bir ta’sir ba’zi bir parametrlar bilan bog`liq bo`lgan o`lchashlarning rasmiy modeli 
deb yoki tenglamada o`zgaruvchan deb tasvirlash mumkin. Bunday tenglama natijaga 
ta’sir etuvchi individual omillar atamalarida ifodalangan o`lchash jarayonining to`liq 
modelini tashkil etadi. Bu funktsiya juda murakkab bo`lishi mumkin va uni ko`pincha 
aniq ko`rinishda yozish mumkin emas. Biroq, u mumkin bo`lgan joyda bunday 
ifodalanish shakli umumiy holda noaniqlikning individual tashkil etuvchilarini jamlash 
usulini aniqlaganligi sababli uni bajarish zarur. 


155 
Noaniqlikning muvofiq bahosini olish uchun ulardan har birini alohida baholash 
mumkin bo`lganda o`lchash metodikasini operatsiyalarning muntazamligi ko`rinishida 
ko`rib chiqish (ba’zida ayrim operatsiyalar deb ataladigan) foydali bo`lishi mumkin. 
Bu ayniqsa o`lchashlarning bir xildagi metodikalari bitta ayrim operatsiyalarni o`z 
ichiga olganda foydali yondashuv bo`ladi. Har bir operatsiyaning alohida noaniqliklari 
u holda umumiy noaniqlikka hissa qo`shadi. 
Amaliyotda tahliliy o`lchashlarda ko`proq odatiy bo`lib kuzatilayotgan 
pretsizionlik va solishtiruvning mos keluvchi na’munalariga nisbatan siljish kabi 
metodning umumiy effektivligi elementlari hisoblanadi. Bu tashkil etuvchilar odatda 
noaniqlik bahosiga ortiqroq hissa qo`shadi va natijaga ta’sir etuvchi alohida effektlar 
ko`rinishida yaxshiroq tuziladi. Bunday holda boshqa mumkin bo`lgan hissalarni 
faqatgina ularni ahamiyatliligini tekshirish uchun, ulardan faqatgina ahamiyatlilarini 
miqdoriy aniqlab baholash lozim, 
Noaniqlikning tipik manbalari bo`lib quyidagilar hisoblanadi: 
 
Na’muna tanlash 
Laboratoriyada yoki bevosita tahlil obyektida bajariladigan na’muna tanlash 
operatsiyalari taxliliy metodika qismi bo`lgan hollarda na’munalar o`rtasidagi tasodifiy 
farqlar va na’muna tanlash protsedurasida siljish (sistematik xatolikning) yuzaga 
kelishi uchun har qanday imkoniyatlar kabi effektlar so`nggi natija noaniqligining 
tashkil etuvchilarini shakllantiradi. 
 
Na’munalarni saqlash shartlari 
O`lchanayotgan (sinalayotgan) na’munalar o`lchashlar bajarilgunga qadar 
qandaydir vaqt davomida saqlansa, saqlash shartlari natijaga ta’sir etishi mumkin. 
Shuning uchun, saqlash davomiyligi, shuningdek, saqlash shartlari noaniqlik manbalari 
sifatida ko`rilishi lozim. 
 
Apparatura effektlari 
Bunday effektlar, masalan, analitik tarozilar aniqlik chegaralarini; ro`yxatga 
olinganlaridan farq qiluvchi (berilgan chegaralarda) o`rtacha temperaturani ushlab 
turaoladigan temperatura rostlagichining mavjudligini; ortiqcha yuklash effektlariga 
duchor qilinishi mumkin bo`lgan avtomatik analizatorni o`z ichiga olishi mumkin.


156 
Reaktivlar tozaligi 
Hattoki boshlang`ich reaktiv tekshirilgan bo`lsa ham bu tekshiruv metodikasi 
bilan bog`liq bo`lgan qandaydir noaniqlik qolganligi sababli titrlash uchun eritma 
kontsentratsiyasi absolyut aniqlikda belgilanishi mumkin emas. Ko`p reaktivlar, 
masalan, organiq bo`yoqlar 100 % ga toza bo`lib hisoblanmaydi va tarkibida izomerlar 
va anorganiq tuzlar bo`lishi mumkin. Bunday moddalar tozaligi tayyorlovchi 
tomonidan kamida o`shanday darajada ko`rsatiladi. Tozalik darajasiga tegishli bo`lgan 
har qanday taxminlar noaniqlik elementini kiritadi. 
Taxmin qilingan stexiometriya 
Tahliliy jarayon aniqlangan stexiometriyaga bo`ysunadi deb taxmin qilingan 
hollarda kutilayotgan stexiometriyadan og`ishlarni yoki reaktsiyaning to`liq emasligini 
yoki yordamchi reaktsiyalarni hisobga olish zarur bo`lishi mumkin. 
 
O`lchashlar shartlari 
O`lchovli shisha idish, masalan, u kalibrlangan temperaturadan farq qiluvchi 
temperaturada qo`llanilishi mumkin. Katta temperatura effektlari tuzatishlar kiritish 
bilan hisobga olinishi lozim, biroq bu holda ham suyuqlik va shisha temperaturasi 
qiymatlaridagi har qanday noaniqlik ko`rib chiqilishi lozim. Shunga o`xshash, agar 
qo`llanilayotgan materiallar namlikning mumkin bo`lgan o`zgarishlariga sezuvchan 
bo`lsa atrofdagi havoning namligi ahamiyatga eta bo`lishi mumkin. 
 
Na’munaning ta’siri 
Murakkab matritsa tarkibi aniqlanayotgan komponentning chiqarib olinishiga 
yoki asbobning javobiga ta’sir ko`rsatishi mumkin. Aniqlanayotgan komponentni 
topish shakliga sezuvchanlik bu ta’sirni yanada kuchaytirish mumkin. 
Na’muna yoki aniqlanayotgan komponent barqarorligi tahlil jarayonida issiqlik 
rejimining yoki fotolitik effektning o`zgarishi sababli o`zgarishi mumkin. 
CHiqarib olish darajasini baholash uchun ba’zi «mashhur qo`shimcha» 
ishlatilganda aniqlanayotgan komponentning na’munadan aniq chiqishi qo`shimchani 
chiqarib olish darajasidan farq qilishi mumkin, bu esa baholash lozim bo`lgan 
qo`shimcha noaniqlikni kiritadi. 
 
Hisoblash effektlari 


157 
Darajalash vaqtida mos kelmaydigan modelni tanlash, masalan, nochiziq 
javobda chiziqli darajalashdan foydalanish juda yomon moslashtirishga va ko`proq 
noaniqlikka olib keladi.
Raqamlarni olib tashlash va yaxlitlash oxirgi natijaning noto`g`riligiga olib 
kelishi mumkin. Modomiki bu vaziyatlarni oldindan aytish qiyin ekan ba’zi bir 
noaniqlikka joizlik to`g`ri deb topilishi mumkin. 
Bo`sh na’munaga tuzatish 
Bo`sh na’munaga tuzatish qiymatining ba’zi bir noaniqligi bu tuzatishning 
zarurligiga shubha bilan barobar o`ringa ega bo`ladi. Bu ayniqsa izlarni tahlil qilishda 
muhimdir. 
 
Operatorning ta’siri 
O`lchash asboblarining pasaytirilgan yoki ko`tarilgan ko`rsatkichlarini ro`yxatga 
olish mumkinligi. 
Metodika interpretatsiyasida ahamiyatga ega bo`lmagan farqlarning mumkinligi. 
 
Tasodifiy effektlar 
Tasodifiy effektlar barcha aniqlashlarda noaniqliklarga hissa qo`shadi. Bu 
bandni o`z-o`zidan ma’lum narsa sifatida noaniqlik manbalari ro`yxatiga kiritish 
lozim.

Yüklə 2,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə