Andijon mashinasozlik instituti standartlashtirish asoslari


O`lchash uskunasini kalibrlash -



Yüklə 2,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/160
tarix30.05.2023
ölçüsü2,35 Mb.
#114371
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   160
Standartlashtirish asoslari

O`lchash uskunasini kalibrlash - 
Barcha hollarda foydalanilayotgan o`lchash 
uskunasini kalibrlash muvofiq etalonga kuzatib borilishi lozim. Metodning o`lchash 
bosqichi ko`pincha miqdoriy tavsifnomasi SI ga kuzatib boriladigan taqqoslash 
na’munasi yordamida darajalanadi. Bunday amaliyot metodikaning bu qismi uchun 
natijalarning SI ga kuzatib borilishini ta’minlaydi. Biroq, o`lchash bosqichidan oldin 
bo`ladigan operatsiyalar uchun kuzatib borishni belgilash ham zarurdir. 
Taqqoslash na’munalaridan toza moddalar sifatida foydalanish - 
Kuzatib 
borishni ma’lum miqdordagi toza moddani tarkibiga oluvchi toza modda yoki na’muna 
ko`rinishidagi taqqoslash na’munasi yordamida ko`rsatish mumkin. Buni, masalan, 
ma’lum qo`shimchalarni bo`sh na’munalarga yoki tahlil qilinayotgan na’munaga 
qo`shish bilan qilish mumkin. Biroq, har doim foydalanilgan etalon va tahlil 
qilinayotgan na’muna uchun o`lchash tizimi javobidagi farqni baholash zarur. Afsuski, 
ko`p hollarda, xususan, ma’lum qo`shimchalarni qo`shishda, javoblardagi bu farqni 
tuzatish bu tuzatishning noaniqligidek katta bo`lishi mumkin. Bu tarzda, natijaning 
kuzatib borilishi umuman olganda SI birliklariga o`rnatilishi mumkin bo`lsa ham 
amaliyotda eng oddiy holatlardan tashqari natija noaniqligi nomaqbul bo`lishi yoki 
miqdoriy aniqlanmagan bo`lishi mumkin. Agar noaniqlikni miqdoriy aniqlash mumkin 
bo`lmasa, u holda kuzatib borish o`rnatilmaydi. 


152 
Standart na’munani qo`llash - 
Kuzatib borishni matritsa jihatdan yaqin bo`lgan 
standart na’muna (SN) da, bu SN ning attestatlangan qiymati (qiymatlari) bilan 
olingan o`lchash natijalarini solishtirish yo`li bilan ko`rsatiladi. Bu mos keluvchi 
«matritsa» SN mavjud bo`lganda, taqqoslash na’munasini toza modda ko`rinishida 
qo`llash bilan taqqoslaganda noaniqlikni kamaytirishi mumkin. Agar SN qiymati SI ga 
kuzatib borilgan bo`lsa, u holda bu o`lchashlar SI birliklariga kuzatib borishni 
ta’minlaydi. Biroq hatto shu holda ham natija noaniqligi ayniqsa na’muna tarkibi va 
SN tarkibi o`rtasida yetarli muvofiqlik bo`lmagan hollarda nomaqbul katta yoki hatto 
miqdoriy aniqlab bo`lmaydigan bo`lishi mumkin. 

Yüklə 2,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə