Andijon mashinasozlik instituti standartlashtirish asoslari


 O`lchash asboblarining aniqlik klassi va metrologiya tavsiflari haqida



Yüklə 2,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/160
tarix30.05.2023
ölçüsü2,35 Mb.
#114371
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   160
Standartlashtirish asoslari

 
5.9. O`lchash asboblarining aniqlik klassi va metrologiya tavsiflari haqida 
umumiy tushunchalar 
Odatda o`lchash asbobi olinadigan natijaga kirituvchi xatoligini oldindan belgilash 
uchun xatolikning me’yorlangan qiymatidan foydalaniladi. Xatolikning me’yorlangan 
qiymati deganda berilgan o`lchash vositasiga tegishli bo`lgan xatolikni tushunamiz. 
Alohida olingan o`lchash vositasining xatoligi har xil, muntazam va tasodifiy 
xatoliklarining ulushi esa turlicha bo`lishi mumkin. Ammo, yaxlit olib qaralganda 
o`lchash vositasining umumiy xatoligi me’yorlangan qiymatdan ortib ketmasligi kerak. 
Har bir o`lchash asbobining xatoliklarini chegarasi va ta’sir etuvchi koeffitsientlar 
haqidagi ma’lumotlar asbobning pasportida keltirilgan bo`ladi. 
O`lchash asboblari ko`pincha yo`l qo`yilishi mumkin bo`lgan xatoligi bo`yicha 
klasslarga bo`linadi. Masalan: elektromexanik turidagi ko`rsatuvchi asboblarda 
standart bo`yicha quyidagi aniqliklar ishlatiladi: 


4
;
5
,
2
;
5
,
1
;
1
;
5
,
0
;
2
,
0
;
1
,
0
;
05
,
0
;
02
,
0
.

k
a

 
Odatda, asboblarning aniqlik klasslari asbobning shkalasida beriladi va ularning 
keltirilgan xatoligini bildirib, quyidagicha bog`langan bo`ladi 
;
max
/
k
k
k
a





max
max
.
/
x
k
k
k
a
A







 
Agar o`lchash asbobining shkalasidagi aniqlik klassi aylana bilan chegaralangan 
bo`lsa, masalan 1,5, u holda bu asbobning xatoligi shkala oxirida
1,5 % ga tengligini bildiradi. 
Agar o`lchash asbobining aniqlik klassi chiziqchasiz bo`lsa, u holda aniqlik 
klassi raqami keltirilgan xatolikning qiymatini bildiradi. Lekin bir narsani unutmaslik 
lozim, agar asbob, masalan ampermetr keltirilgan xatolik bo`yicha 0,5 klass aniqligiga 
ega bo`lsa, uning barcha o`lchash diapazoni oralig`idagi xatoliklari ±0,5% dan 
ortmaydi deyishlik xato bo`ladi. Chunki, bu turdagi asboblarda shkalaning 


162 
boshlanishiga yaqinlashgan sari o`lchash xatoligi ortib boraveradi. Shu sababdan 
bunday asboblarda shkalaning boshlang`ich bo`laklarida o`lchash tavsiya etilmaydi. 
Agar asbobning shkalasida aniqlik klassi yonbosh kasr chizig`i bilan berilgan 
bo`lsa, masalan, 
0,02/0,01
u holda asbobning shkalasining oxiridagi xatoligi ±0,02 %
shkalaning boshida esa ±0,01 % ekanligini bildiradi. 

Yüklə 2,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə