Andijon mashinasozlik instituti standartlashtirish asoslari


Asbobning o`lchash xatoligi



Yüklə 2,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/160
tarix30.05.2023
ölçüsü2,35 Mb.
#114371
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   160
Standartlashtirish asoslari

Asbobning o`lchash xatoligi.
Bu xatolik sifatida mutlaq xatolik, nisbiy xatolik 
yoki keltirilgan xatolik berilgan bo`lishi mumkin. Bu xatoliklar xususida keyingi 
mavzularda yetarli ma’lumotlar berilgan. 
O`lchash diapazoni.
Bu asosan ko`p diapazonli asboblarga tegishli. Aksariyat 
hollarda asbobning har bir o`lchash diapazoniga taalluqli xatoliklari ham beriladi. 
Xususiy energiya sarfi.
Bu tavsif ham muhim hisoblanib, asbobningo`lchash 
zanjiriga ulanganidan so`ng kiritishi mumkin bo`lgan xatoliklarini baholashda 
ahamiyatli sanaladi. Ayniqsa, kam quvvatli zanjirlarda o`lchashlarni bajarishda bu juda 
muhimdir. 
Xususiy energiya sarfi o`lchash asbobining tizimiga va konstruktiv ishlanishiga 
bog`liq bo`lib, ayniqsa, kichik quvvatli zanjirlarda o`lchashlarni bajarishda juda 
muhimdir. 
Ishonchliligi (chidamliligi)
– o`lchash vositasining ma’lum o`lchash sharoitida, 
belgilangan vaqt mobaynida o`z metrologik xususiyatlarini (ko`rsatkichlarini) 
saqlashidir. Bu ko`rsatkichlarni chegaradan chiqib ketishi asbobni layoqatligi pasayib 

A'

A''
0
max 



164 
ketganligidan dalolat beradi. O`lchash asbobining ishonchliligi, odatda, buzilmasdan 
ishlash ehtimolligi bilan baholanadi va taxminan quyidagicha topiladi. 
,
/
um
n
n


 
bu yerda 
n-
ishonchlilikka sinalgan asboblar soni; 
n
um
- umumiy (ko`p seriyali) ishlab chiqarilgan asboblar soni. 
5.10. Nazorat savollari va test topshiriqlari. 
1.
Metrologik xizmat bilan metrologik ta’minotning qanday o`zaro farqli tomonlari 
mavjud? 
2.
Metrologik ta’minotning tashkil etuvchi asoslarini so`zlab bering. 
3.
Nima uchun metrologik ta’minotning ilmiy asosi metrologiyadan iborat deyiladi? 
4.
“Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” faoliyati bo`yicha qanday 
xalqaro nufuzdagi tashkilotlarni bilasiz? 
5.
O`lchashlar birliligi deganda nimani tushunasiz? 
6.
Etalon deb nimaga aytiladi va uning qanday turlari mavjud? 
7.
Metrologik nazorat deb nimaga aytiladi? 
8.
Litsenziya nima? 
9.
O`lchash vositalarini kalibrlash deganda nimani tushunasiz? 
10.
Muntazam xatoliklarni kamaytirishda qanday usullardan foydalanamiz? 
11.
Nima sababdan faqat tasodifiy xatoliklarni baholanadi? 
12.
Matematik kutilish va dispersiya nima?
13.
Ehtimoliy xatolik nima va u qanday topiladi? 
14.
Styudent koeffitsienti qanday tanlanadi? 
15.
O`lchashlar noaniqligi nima? 
16.
Standart noaniqlik nima? 
17.
O`lchashlar noaniqligi qanday baholanadi? 
18.
Noaniqlikni baholash jarayoni necha bosqichdan iborat? 
19.
O`lchash asbobining aniqlik klassi deganda nimani tushunasiz? 
20.
Nechta aniqlik klassi mavjud? 


165 
21.
O`lchash asbobining metrologik tavsifi nimani tushuntirishi mumkin?
22.
O`lchash asbobining metrologik va texnikaviy tavsiflarining orasidagi tafovut 
haqida so`zlab bering. 
23.
O`lchash asboblarining qanday guruhlarini bilasiz? 
24.
Metrologiya nima ? 

Yüklə 2,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə