Andijon mashinasozlik instituti standartlashtirish asoslari



Yüklə 2,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/160
tarix30.05.2023
ölçüsü2,35 Mb.
#114371
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   160
Standartlashtirish asoslari

O`lchash asbobi 
deb kuzatish (kuzatuvchi) uchun qulay ko`rinishli shaklda 
o`lchash ma’lumoti signalini ishlab chiqishga mo`ljallangan o`lchash vositasiga 
aytiladi. 
Ma’lumotni tavsif etishiga qarab o`lchash vositalari quyidagilarga bo`linadi: 
SHkalali o`lchash vositalari; 
Raqamli o`lchash vositalari; 
O`ziyozar o`lchash vositalari.
O`lchashlarning sifat mezonlari. 
Har bir narsaning sifati bo`lganligi kabi 
o`lchashlarning ham sifati va uning mezonlari mavjud. Bu mezonlar o`lchashlardagi 
asosiy tavsiflarni ifodalaydi. Bu mezonlar qatoriga quyidagilar kiritilgan: 
Aniqlik -
bu mezon o`lchash natijalarini kattalikning chinakam qiymatiga 
yaqinliligini ifodalaydi. Miqdor jihatdan aniqlik nisbiy xatolik moduliga teskari tarzda 
baholanadi. Masalan, agar o`lchash xatoligi 10
-3
bo`lsa, uning aniqligi 10
3
bo`ladi yoki 
boshqacha aytganda, qanchalik aniqlik yuqori darajada bo`lsa, shunchalik, o`lchash 
natijasidagi muntazam va tasodifiy xatoliklar ulushi kam bo`ladi. 
Ishonchlilik - 
o`lchash natijalariga ishonch darajasini belgilovchi mezon 
hisoblanadi. O`lchash natijalariga nisbatan ishonchlilikni ehtimollar nazariyasi va 
matematik statistika qonunlari asosida aniqlanadi. Bu esa konkret holat uchun xatoligi 
berilgan chegaralarda talab etilgan ishonchlilikdagi natijalarni olishni ta’minlovchi 
o`lchash usuli va vositalarini tanlash imkonini beradi. 
To`g`rilik -
o`lchash natijalaridagi muntazam xatoliklarning nolga yaqinligini 
bildiruvchi sifat mezoni. 


132 
Mos keluvchanlik -
bir xil sharoitlardagi o`lchashlarning natijalarini bir-biriga 
yaqinligini bildiruvchi sifat mezoni. Odatda, o`lchashlarning mos keluvchanligi 
tasodifiy xatoliklarning ta’sirini ifodalaydi. 

Yüklə 2,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə