133
doiradagi ma’lumotlar aynan aprior ma’lumotni bildiradi. Agar bizda mana shu
ma’lumotlar bo`lmasa, u holda umuman o`lchash to`g`risidagi tushunchaning o`zi
shakllana olmaydi ham.
Tajriba orqali, yuqorida aytilganlarga ishonch hosil qilishingiz mumkin.
Tili chiqqan, bemalol so`zlasha oladigan 4-5 yoshlar atrofida bo`lgan bog`cha
bolasiga elektr tarmog`idagi kuchlanish qanday qiymatga ega ekanligini aniqlab
berishni so`rab murojaat qilib ko`ring-a...
Natijasi oldindan ma’lum. Darhaqiqat bu bolada elektr kuchlanishi degan
kattalikning mohiyati, uni qanday birliklarda va qanday o`lchash asbobida, qanday
qilib o`lchash mumkinligi borasida deyarli hech qanday ma’lumotlar yo`q. Shuning
uchun ham bolakay ko`zini pirpiratganicha sizga qarab turaveradi. Chunki bu bolada
hali, hech qanday aprior ma’lumot yo`q.
Dostları ilə paylaş: