126
toshning ma’lum massasidan boshqasining massasini topish uchun o`tkaziladigan
o`lchashlar, haroratni qarshilik termometri orqali o`lchash.
Birgalikdagi o`lchash -
turli nomli ikki va undan ortiq kattaliklar orasidagi
munosabatni topish uchun bir vaqtda o`tkaziladigan o`lchashlar. Misol, rezistorning
20
0
C dagi elektr qarshiligi qiymatini turli temperaturalarda o`lchab topish.
Mutlaq o`lchash -
bir yoki bir necha asosiy kattaliklarni bevosita o`lchanishini
va (yoki) fizikaviy doimiylikning qiymatlarini qo`llash asosida o`tkaziladigan
o`lchash.
Nisbiy o`lchash -
kattalik bilan birlik o`rnida olingan nomdosh kattalikning
nisbatini yoki asos qilib olingan kattalikka nisbatan nomdosh kattalikning o`zgarishini
o`lchash.
O`lchash usuli
– deganda o`lchash qonun-qoidalari va o`lchash vositalaridan
foydalanib, kattalikni uning birligi bilan solishtirish usullarini tushunamiz.
O`lchashning quyidagi usullari mavjud:
Dostları ilə paylaş: