Andijon mashinasozlik instituti standartlashtirish asoslari



Yüklə 2,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/160
tarix30.05.2023
ölçüsü2,35 Mb.
#114371
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   160
Standartlashtirish asoslari

O`lchashlar birliligi
– o`lchash natijalari rasmiylashtirilgan kattaliklar 
birliklarida ifodalangan va o`lchashlar xatoligi berilgan ehtimollik bilan belgilangan 
chegaralarda joylashgan o`lchashlar holati. 
O`lchashlar birliligini ta’minlash
– O`BT Qonunlar, shuningdek, 
o`lchashlarning birliligini ta’minlashga qaratilgan davlat standartlari va boshqa 


109 
me’yoriy hujjatlarga muvofiq o`lchashlar birliligiga erishish va saqlashga qaratilgan 
metrologik xizmatlar faoliyati. 
Metrologik xizmat
– MX o`lchashlar birliligini ta’minlash ishlarini bajarish va 
metrologik tekshiruv va nazoratni amalga oshirish uchun qonunga muvofiq tashkil 
etiladigan xizmat. 
Davlat metrologik xizmati
– Mamlakatda o`lchashlar birliligini ta’minlash 
bo`yicha ishlarni mintaqalararo va sohalararo darajada bajaruvchi va davlat metrologik 
tekshiruvi va nazoratini amalga oshiruvchi metrologik xizmat. 
Davlat boshqaruv idorasining metrologik xizmati
– mazkur vazirlik 
(mahkama) doirasida o`lchashlar birliligini ta’minlash ishlarini bajaruvchi va 
metrologik nazorat hamda tekshiruvini amalga oshiruvchi metrologik xizmat. 
Yuridik shaxs metrologik xizmati
– mazkur muassasa (tashkilot) da 
o`lchashlar birliligini ta’minlash ishlarini bajaruvchi va metrologik tekshiruv hamda 
nazoratini amalga oshiruvchi metrologik xizmat. 
Metrologiya bo`yicha milliy idora – 
davlatda o`lchashlar birliligini ta’minlash 
ishlariga rahbarlikni bajarishga vakolatli davlat boshqaruv idorasi. 
Metrologik tekshiruv – 
o`lchash jarayoni elementlarini me’yoriy hujjatlar 
talablariga muvofiqligini aniqlash va tasdiqlashni o`z ichiga olgan vakolatli idoralar va 
shaxslar faoliyati. 
Metrologik nazorat – o`lchash jarayoni elementlarining holati, ishlatilishi va 
o`rnatilgan tartibda metrologik qoidalar amalga oshirilganligini baholash uchun 
vakolatli idoralar va shaxslar faoliyati. 

Yüklə 2,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə