Andijon mashinasozlik instituti standartlashtirish asoslari


 Hududiy standartlashtirish va metrologiya boshqarmalari korxonalarda va



Yüklə 2,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/160
tarix30.05.2023
ölçüsü2,35 Mb.
#114371
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   160
Standartlashtirish asoslari

 
3.3. Hududiy standartlashtirish va metrologiya boshqarmalari korxonalarda va 
tashkilotlarda standartlashtirish xizmatlari 
Xo`jalik subyektlari standartlashtirish xizmatlari hududiy markaz, bo`lim, 
mahkama, guruh ko`rinishlarida tashkil etilishi mumkin. Kichik korxonalarda 
standartlashtirish xizmatlari muhandis-texnik xodimlarning birortasi zimmasiga 
yuklanishi mumkin (3.3-rasm). Standartlashtirish xizmatlarining asosiy vazifalari: 
– zarurat topilganda boshqa bo`limlar bilan birga standartlashtirish bo`yicha yillik 
va kelajak rejalarini tuzish; 
– texnik miqyos va mahsulot sifat ko`rsatkichlarini oshirishga qaratilgan maqsadli 
taklif va dasturlarda ishtirok etish hamda istiqbolli talablarni belgilovchi me’yoriy 
xizmatlarni ishlab chiqish; 
– boshqa tur mahsulotlar uchun standartlarni tayyorlash, sifatini ta’minlovchi 
sertifikatsiyalashtirish me’yoriy hujjatlarni boshqa bo`limlar birga tayyorlash; 
– me’yoriy hujjatlarga fikrnomalar tayyorlashni tashkil etish; 
– korxona va uning bo`limlari tomonidan ishlab chiqilgan hujjatlar ro`yxatini 
hisobga olish; 
– korxona bo`limlarini zarur me’yoriy ma’lumotlar bilan ta’minlash, eskirgan va 
chiqarib tashlangan me’yoriy ma’lumotlarda bahobar etish; 


75 
– korxonada qo`llanilayotgan me’yoriy hujjatlar ekspertlash bo`yicha ilmiy-texnik 
tadbirlar o`tkazish, soha, davlatlararo xalqaro me’yoriy hujjatlarga qanchalik mos 
kelishini kuzatish; 
– korxonada yuritilayotgan ishlab chiqarilayotgan texnik hujjatlarni norma-
nazoratini o`rnatish; 
– texnik-iqtisodiy bo`lim bilan birga korxona bo`limlarida standartlashtirishdan 
kelayotgan iqtisodiy samaradorlikni baholash; 
 
3.3-rasm. Hududiy standartlashtirish va metrologiya boshqarmalari (SMB) 
ma’muratining na’munaviy tuzilmasi. 
Respublika hududiga keltiriladigan yoki undan chetga chiqariladigan mahsulotlar 
(mollar) ning havfsizligini tasdiqlash bilan bog`liq bo`lganamallar tegishli davlat 
idoralari bilan kelishilgan holda “O`zstandart” agentligi tomonidan tayyorlangan 
alohida hujjat bo`yicha bajariladi. 
Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Turkiya va Xitoy davlatlari bilan 
standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohalarida hamkorlik qilish 
Buxgalteriya 
Boshliq 
Boshliq o’rinbosari 
Akkreditatsiya 
qilinadigan 
Sertifikatlashtirish 
organlari va sinov 
laboratoriyalarini 
nazorat qilish bo’limi 
Standartlashtirish 
bo’limi 
Alkogolli mahsulotlar 
sifati 
bo’yicha inspektorlar 
O’lchov 
vositalarining 
metrologik 
nazorati bo’limi 
Standartlarning 
davlat nazorati 
bo’limi 
Umumiy bo’lim 


76 
niyatida bitim tuzildi. Bu yo`ldagi ishlar o`z mevasini bermoqda. Turkiya 
mutaxassislari Toshkentda bo`lib, “O`zstandart” agentligi tomonidan uyushtirilgan 
Respublika 
seminarlarida 
sertifikatlashtirish 
sohasida 
ma’ruzalar 
bilan 
qatnashmoqdalar. 
O`zbekiston Respublikasi Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi qatoriga kiruvchi 
mamlakatlar bilan standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohalarida 
yaqin hamkorlik qilmoqda. 

Yüklə 2,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə