Andijon mashinasozlik instituti


XX-XXI asr o‟zbek falsafasi. XX asr o‟zbek falsafasi



Yüklə 3,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/450
tarix15.01.2022
ölçüsü3,89 Mb.
#82889
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   450
Andijon mashinasozlik instituti

XX-XXI asr o‟zbek falsafasi. XX asr o‟zbek falsafasi.
 XX asr o‘zbek falsafasi kam o‘rganilgan ziddiyatli 
davrni  qamrab  oladi.  CHunki  hozirgi  davr  tanqidchilarida  sovet  davrida  falsafa  bo‘lmagan,  u  davrda  intellektual 
hayot  o‘lgan  va  uzoq  muddatga  qotib  qolgan,  faqat  ayrim  hollarda  ba‘zi  mardlargina  o‘zlarining  g‘oya  va 
qarashlarini  ayta  olganlar  degan  fikr  shakllangan.  Biroq  bu  noto‘g‘ri  fikr.  CHunki  aynan  XX  asr  boshlarida 
shakllangan  jadidchilar  harakati  ―jamiyatni  ma‘rifat  orqali  yangilash‖  g‘oyasini  ilgari  surganlar,  Behbudiy, 
A.Avloniy,  A.Fitrat  kabilar  bir  guruh  yoshlarni  chet  elga  o‘qishga  yuborib,  yangi  avlod  ziyolilarini  tarbiyalashga 
o‘zlarining munosib hissasini qo‘shganlar. 
SHu  bois,  1917  yilda  bolsheviklar  partiyasi  g‘alaba  qozonib,  dunyo  xaritasini  katta  Sovet  ittifoqi  degan 
mamlakat  egallab,  unda  partiyaviylik  mafkurasi  hukmronlik  qilsada,  O‘zbekistonda  falsafiy  fikr  rivoji  to‘xtab 
qolgan emas.  
Falsafaning  fidoyilari  yangi  qaror  to‘gan  siyosiy  tizimda  yashab,  ishlab  va  juda  ko‘p  sinovlardan  o‘tishlari 
lozim  bo‘ldi.  Ayrim  ziyolilar  chet  elga  qochib  ketdilar,  ko‘pchilikda  esa  marksizm  g‘oyasining  haqiqiy 
inson‘arvarligiga  qat‘iy  ishonch  shakllandi  va  shu  bois  shu  yo‘nalishda  faoliyat  olib  bordilar.  Biroq  muayyan 
darajada sovet mafkurasi ta‘siri bo‘lsada, o‘tgan asrda o‘zbek falsafasi to‘rt yo‘nalishda Mirzo Ulug‘bek nomidagi 
O‘zbekiston  Milliy  universiteti  falsafa  fakulteti,  O‘zbekiston  Fanlar  Akademiyasining  falsafa  va  huquq  instituti, 
viloyatlar  oliy  o‘quv  yurtlari  falsafa  bo‘limlari,  O‘zbekiston  falsafa  jamiyati  va  O‘zbekiston  faylasuflari  milliy 
jamiyati  faoliyatida  namoyon  bo‘ldi  va  olimlar  o‘z  falsafiy  qarashlarida  davrning  ruhini  ifoda  eta  oldilar. 
Darhaqiqat, I.A.Karimov aytganlaridek, ―Odam qancha chuqur bilimga ega bo‘lsa, dunyoni yaxshi bilsa, yon atrofda 
bo‘layotgan  voqealarni  to‘g‘ri  anglay  olsa,  shundan  keyingina  unda  g‘urur-iftixor  bo‘ladi.  SHundagina,  juda 
murakkab,  tahlikali  davlarda  ham  ko‘pchilik  unga  murojaat  qilib,  maslahatlashadi.  Maslahat  kimdan  so‘raladi  – 
avvalombor,  salohiyatli  odamdan,  katta  falsafiy  bilim  va  intellektual  bilimga  ega  bo‘lgan  kishidan.‖
26
.  SHunday 
ekan,  O‘zbekistondagi  ijtimoiy  siyosiy  jarayonlarni  tushunishda  va  ularning  mohiyatini  tushuntirishda  yurtimiz 
faylasuf-olimlarining xizmati ham katta. 

Yüklə 3,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   450




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə