Andijon mashinasozlik instituti


Temuriylar  sulolasi  davri.  Abdurahmon  Jomiy  va  Alisher  Navoiy



Yüklə 3,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/450
tarix15.01.2022
ölçüsü3,89 Mb.
#82889
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   450
Andijon mashinasozlik instituti

Temuriylar  sulolasi  davri.  Abdurahmon  Jomiy  va  Alisher  Navoiy 
ijodida gumanizm g‟oyalari. 
Amir  Temur  ibn  Tarag`ay  Bahodir  (1336-1405)  Kesh  (Shahrisabz)  shahri  
yaqinidagi    Xo`ja  ilg`or  qishlog`ida  dunyoga  keldi.  Uning  eng  asosiy  tarixiy  xizmatlari  shundan  iboratki,  u 
mug`ullarning 
bosqinchilik  va  vayronkorliklariga  qarshi  kurashib,O‘rta  Osiyoni  ulardan  xalos  etdi.  Mayda  feodal  va 
mulkdorlarning o`zaro nizolariga barham berib, kuchli markazlashgan davlat bar‘o qildi. Mamlakatda tartib-intizom  
va  qonun  ustuvorligini  ta`minladi.  Uning  davrida  «Kuch  -  adolatda»  tamoyili  amalga  
oshdi, iqtisod va madaniyat yuksaldi, o`zga mamlakatlar bilan mustahkam aloqalar o`rnatildi.  
Amir    Temur    mohir    sarkarda    sifatida    nom    qozondi.    U    o`z    hayotini    Movarounnahr    xalqining 
farovonligi, yurt obodonchiligi uchun sarfladi, uning davrida hashamatli binolar, qurilish inshootlari, go`zal bog`lar 
buned qilindi, maktab va madrasalar, masjidlar qurildi, mamlakatimiz Sharqning go`zal hududiga aylandi.  
Temurning  yana  bir  ulkan  hizmati  shuki,  u  madaniyat va  ilm-fan  homiysi  sifatida  mashhur bo`ldi,  o`z  
saroyiga  olimu   fuzalo   va   din  arboblarini  to`pladi.  Xoja  Afzal,  Jalol  Xokiy,  Mavlono Xorazmiy, Mavlono 
Munshiy va boshqalar uning  saroyida  ilm-fan  va  badiy  ijod  bilan  mashg`ul bo`ldilar.  Bobur  Mirzoning  xabar  
berishicha,    o`sha    davrda    Samarqand    eng    go`zal    shahar    edi.    Ispan  sayyohi  R.G.Klavixo  Samarqandning 
go`zalligiga  qoyilqolgan  edi.  Temur  hukmronligi  davrida  ichki  va  tashqi    savdo    kuchaydi.    Ayniqsa,    Hindiston,  
Xitoy,  Rusiya,  arab  mamlakatlari  bilan  aloqalarning kuchayishi  Temur  saltanati  iqtisodiy  qudratini  oshirdi.  
Temur  va  temuriylar  davrida  islom  dini  va tasavvufga katta e`tibor berildi.  
Usha    zamonning    eng    mashxur    tarixchilari    Mirxond    (1433-1498)    va    Xondamir    (1475-1535)  edilar. 
Mirxond Hirotda tavvalud topib, shu yerda ijod qilgan. Uning asosiy tarixiy asari 7 jildan iborat bo`lib, «Nabiralar, 
podshohlar  va  xalifalar  tarjimai  hollari  haqida  poklik  bog`lari»  deb  ataladi.  U  olti  jildini  yozib  vafot  etadi, 
yettinchisini nabirasi Xondamir yozib tugatadi.  
Xondamir  ham  Hirotda  tug`ilib,  eshligidan  tarixnavislikka  havas  qo`yadi.  U  Agrada  vafot  etadi.  Uning  
muhim  risolalari  «Makorim  ul-axloq»,  «Habib  us-siyar»,  «Vazirlar  uchun  qo`llanma»  va boshqalardir.  Mantiq  
ilmining    yirik    vakillaridan    biri    Sa`diddin    Taftazoniydir      (1322-1392)    u    Niso  viloyatiga  qarashli  Taftazon 
qishlog`ida  dunyoga  keladi.  yoshligidan  ilohiyot  fanlari,  arab  tili,  nutq  san`ati  va    mantiq    bilan    shug`ullanadi.  
Taftazoniy    madrasalarda    mudarrislik    qildi.    Turkiston,    Hirot,    Jom,  G‘ijduvon  madrasalarida  talabalarga  dars 
berdi. Taftazoniy shuhrati, ilmiy ishlari Yaqin va  O‘rta Sharq mamlakatlariga keng tarqaldi. Temurning taklifi bilan 
alloma Samarqandga kelib, shu yerda umrining oxirigacha yashadi.  
Taftazoniy  40  dan  ortiq  risolalarning  muallifidir.  Muhimlari:   «Tahzib  al-mantiq  val-kalom» («Mantiq  
va    kalomga    sayqal   berish»)   «Muxtasar    al-maoniy»   (Ritorikaga   oid   «Qisqacha    ma`nolar»),  «Al-irshod  al-
hodiy»,    (Arab    tili    grammatikasiga    oid  «Yo`l    boshlovchi    rahbar»),      «Al-maqosid    attolibin»  («Falsafa  va 
kalomga oid  «Tolibi ilmlarning maqsadlari») va boshqalar. Taftazoniy  o`tmish olimlarining juda ko`p asarlariga 
sharhlar ham bitgan.  
O‘sha    davrning    yana    bir    atoqli    allomasi    Mir    Sayyid    Sharif    Jurjoniy    Astrobod    shahri    yaqinida 
tug`ilgan.    Jurjoniy    Istambul,    Qohira,    Hirot,    Sheroz  shaharlarida    bo`lib,    ulardagi    olimlardan    ilm  sirlarini  
o`rganadi.    Samarqand    madrasalarida    mantiq,    falsafa,    falakiyot,    fiqh    va    adabiyot,  munozara  ilmi  va 
boshqalardan dars beradi. 
Jurjoniy    50dan    ortiq    risolalarning    muallifi    bo`lib,  ularning    aksariyati    mantiq,    fiqh    falsafa    va 
tabiatshunoslikning muhim muammolariga bag`ishlangan. Olimning «Atta`rifot» («Ta`riflar»), «Odob ul-munozara»  
(«Munozara    olib    borishining    qoidalari    haqida    risola»),    «Sug`ro»    («Kichik    dalil    bo`la  oladigan  hukm»), 
«Kubro»  (Katta  dalil  bo`la  oladigan  hukm),  «Avsat  dar  mantiq»,  («Mantiqda  o`rta  xulosa»),  «Risolayi  vujudiya» 
(«Borliq haqida risola») va boshqa asarlari mavjud. Bulardan tashqari, Jurjoniy  salaflarining,  xususan,  Ibn  Sino,  
Chag`miniy  va  Nasriddin  Tusiylarning  asarlariga  sharhlar yozganligi ma`lum.  
Mir  Sayyid  Sharif  Jurjoniy  mantiq  ilmi  sohasida  ham o`z  fikrlarini  bayon  qilgan.  O‘zining qarashlarida  
mantiq    ilmini    falsafadan    ajratmay,    ayni    bir    vaqtda    uning    huquq    va    til    bilan    ham  chambarchas  bog`liq 
ekanligini isbotlab beradi.  Shuning uchun ham, XIV-XV asrdan boshlab islom madrasalarida mantiq ilmini o`qitish 
huquq va tilshunoslik fanlari bilan bog`liq holda olib borildi.  
Jahon    ilm-fani    taraqqiyotiga    katta    ulush    qo`shgan    buyuk    falakiyotchi    olim    va    davlat    arbobi 
Muhammad  Tarag`ay  Ulug`bek(1394-1449)  matematika  va  falakiyot  sohasida  barkamol  ijod  qilgan.  Uning  otasi 
Amir Temurning o`g`li Shohruh Mirzo edi. Ulug`bek yoshligidan ilm bilan qiziqdi, unga   taniqli olimlar Qozizoda 
Rumiy  va  G`iyosiddin  Jamshid  ustozlik  qildilar.  U  garchi  davlat  arbobi  bo`lsa  ham,    madaniyat    va    ilm-fan  
ravnaqiga  ko`p  kuchini  sarfladi,  matematika,  astronomiya,  geometriya, tarix, kimyo va boshqa sohalarda ilmiy 
tadqiqotlar  olib  bordi.  Olimning  dunyoqarashida  Aflotun,  Arastu,  Ptolemey,  Muhammad  Xorazmiy,  al-Farg`oniy, 
Forobiy, Ibn Sino, Beruniy va boshqalarning asarlari muhim o`rin egalladi.  
Ulug`bekning    ulkan    ishlaridan    biri    uning    Samarqandda,    Ko`hak    tepaligida,    Obi    Rahmat  arig`ining 


bo`yida, rasadxona barpo etganligidir. Olimning  eng  muhim  asari  «Ziji  jadidi  Ko`ragoniy»  deb  ataladi.  Undan  
tashqari,  
Ulug`bek  matematikaga  oid  «Bir  daraja  sinusni  aniqlash  haqida  risola»,  astronomiyaga  bag`ishlangan 
«Risolayi  Ulug`bek»  va  tarixga  oid  «To‘rt  ulus  tarixi»  kitoblarini  ezdi.  Ulug`bek  mantiq  ilmi, fiqhshunoslik, 
musiqa va adabiyot nazariyasini yaxshi bilar edi. Olimning «Ziji» ikki qism, muqaddima va 1018 yulduzning o`rni 
va holati aniqlab berilgan jadvallardan iborat.  
Ana  shunday  olimlardan  biri  G`iyosiddin Jamshid  al-Koshoniy   (1430  yilda  vafot  etgan) bo`lib, u yirik 
riyoziyotchi  va  falakiyotchidir.  Uning  asarlari  «Miftoq  ul-hisob»  («Hisob  kalidi»),  «Risola  al-muhitiya»    («Doira  
haqida   risola»)  va   boshqalardir.  XVI  asrdan   boshlab  evropa   mamlakatlarida  uning kashfiyotidan foydalana 
boshladilar.  
Tarihda  Ali  Qushchi  nomi  bilan  mashhur  bo`lgan  Alouiddin  Ali  ibn  Muhammad  Qushchi (1403-1474) 
Ulug`bekning  shogirdidir.  U  ilmiy  ishlarini  falakiet  va  riyoziyot  sohasida  olib  bordi.  Uning  asarlari:    «Arifmetika  
ilmi  haqida  risola»,  «Mantiq  risolasi»,  «Astronomiyaga  oid  risola»  va boshqalardir.  
Ali  Qushchi  «Astronomiyaga  oid  risola»sida  Oy  va  Quyosh  tug`ilishi  qonuniyatlarini  ilmiy asoslab  
berdi.    Olim    tabiat    sirlari    va    uning    qonuniyatlarini    o`rgandi,    jismlar    harakati    va    ularning  oddiydan 
murakkabga o`tishi to`g`risida o`z fikriniilgari surdi.  
Umuman  shuni  ta`kimlash  lozimki,  Ulug`bek  va  u  asossolgan  astronomiya  maktabi  koinotdagi  hodisalarni  
o`rganishda   muhim  rol  o`ynaydi,  o`sha  vaqtgacha  fanga   ma`lum  bo`lmagan   hodisalarni idroq  qilib,  inson  
aql-zakovatining    bilish    imkoniyatlarini    kengaytirdi,    keyingi    davrlarda    yashagan  olimlarga  samarali  ta`sir 
ko`rsatdi.  
O‘rta  asr  mumtoz  adabiyotining  vakili,  ulug`  shoir  va mutafakkir  Abdurahmon  Jomiy (1414-1492) dir. 
Jomiyni  Navoiy  ustoz  deb  hisoblar  edi.  Uning  qalamiga  mansub  asarlar  «Nafaqot  ul-uns»,  «Hujjat  ul-asror», 
«Musiqa  haqida  risola»,  «Naqshi  fusus»,  «Vohid  atamasi  haqida  risola»,  «Haj  qilish  yo`llari  haqida  risola», 
«Bahoriston» va boshqalardir.  
Jomiyning  eng  yirik  asari  «Haft  avrang»  bo`lib,  unga  «Tuhfat  ul-ahror»,  «Suhbat  ul-abror», «Yusuf  va  
Zulayho»,  «Suhbat  ul-asror», «Layli  va  Majnun»,  «Salamon  va  Absol»,  «Xiradnomayi Iskandariy» dostonlari 
kiradi.  
Barcha    musulmon    mutafakkirlari    kabi    Jomiy    ham    xudo    abadiy,    mutlaq    va    dunyodagi    hamma 
narsalarning  sababchisidir,  xudo  mavjud  bo`lganda,  borliq  yo`q  edi,  dunyo  o`zining  boshlang`ichini Ollohdan 
olgan, demak, xudo hamma narsaning yaratuvchisidir, deb hisoblaydi.  
Jahon  madaniyati  ravnaqiga  ulkan  hissa  qo`shgan  siymolardan  biri,  ulug`  o`zbek  shoiri  va mutafakkiri 
Nizomiddin Mir Alisher Navoiy (1441-1501). U Temuriylar xonadoniga taaduqli bo`lib, otasi G`iyosiddin kichkina 
Shahrisabzdan Qobulga borib qolgan barlos beklaridan edi. Navoiy Hirotda  
Husain  Boyqaro  saroyida  turli  lavozimlarda  ishladi, dastlab muhrdor, so‘ng  vazir  etib  tayinlandi.  Shoir 
mamlakat  obodonchiligi  ravnaqi  va  osoyishtaligi  yo`lida  ko`p  ishlar  qildi.  Maktab,  madrasa,  masjid  va  xonaqolar,  
ko`prik,  rabotlar,  shifoxonalar  qurdirdi,  muhtoj  va  kambag`allarga  yordam  berdi,  olimu shoirlarga homiylik 
qildi.  
Naviy ijodi boy bo`lib, asarlari turli mavzularga bag`ishlangan. «Xamsa» ya`ni  «Hayrat-ul abror»,  «Farhod  
va   Shirin»,   «Layli   va   Majnun»,   «Sab`ai   sayyor»,   «Saddi  Iskandariy»  dostonlari  hamda     «Lison   ut-tair»,  
«Majolis-un  nafois»,  «Mahbub-ul  qulub»,   «Holati  pahlavon  Muhammad», «Mezon ul-avzon», «Muhokamat ul-
lug`atayn» va boshqalar. Bulardan tashqari, Navoiy «Hazoyyinul  
maoniy»    («Ma`nolara    xazinasi»)    nomli    she`riy    to`plam    yaratgan    bo`lib,  g`azal,  ruboiy,  qit`a  va 
fardlardan tashkil topgan. 
Shoir  ijtimoiy-falsafiy  qarashlarining  muhim  xususiyati  shundan  iboratki,  unda  falsafiy  fikrlar majoziy  
tarzda,  badiiy  o‘xshatish  va  ramziy  iboralar o‘rdamida,  zohiriy  va  botiniy  ma`nolarda  bayon qilinadi.  
Navoiyning  ijodiy  merosida  insonparvarlik  va  komil  inson  g`oyasi  muhim  o`rinni  egallaydi  - shoirning   
«Xamsa»siga  kirgan  «Farhod  va  Shirin»,  «Layli  va  Majnun»,  «Saddi  Iskandariy»  kabi dostonlarining asosiy 
qahramonlari  Iskandar,  Farhod,  Shirin,  Layli,  Majnun  va  boshqalar  komil  inson  sifatida    talqin    qilinadi.    Ular  
mehnatsevar,    o`z    kasbini    ustasi,    doimo    o`zgalarga    yordam    beruvchi,  shijoatkor  va  jasur,  aqlli  va  bilimdon, 
saxovatli,  to`g`ri so`z, sofdil, kamtar, o`zida xulq-odob, adolat, sabr-toqat, nafsni tiyish, olijanoblik kabi fazilatlarni 
mujassamlashtirgan shaxslardir.  
Navoiy   xalq   orasida   inson‘arvarlik   g`oyalarini   tarqatdi,   turli    millat   va   elatlar   o`rtasidagi do`stlikni 
ulug`ladi.  Forobiy,  Ibn  Sino,  Beruniy  va  boshqalar  singari,  mukammal  jamiyat  haqida  fikr  yuritdi.    Xalqni  
farovonlikka,  baxt-saodatga  eltuvchi,  hamma  teng,  zulm-istibdoddan  holi  bo`lgan davlat  tuzumini  orzu  qildi.  
U    ilm-fan    egallashni    afzal    bildi,    mol-mulkka,    boylikka    hirs    qo`yishni,  tamagirlikni  qoraladi.  Navoiyning 
yaxshilik,  ezgulik,  muhabbat,  do`stlik,  adolat,  tinchlik,  osoyishtalik  va  boshqa  go`zal  fazilatlar,  ma`naviy-axloqiy 
qadriyatlar  to`g`risidagi  qimmatli  fikrlari,  nasihatomuz  so`zlari    respublikamiz    mustaqillikka    erishgandan    so`ng  
ham  barkamol  insonni  tarbiyalashga  xizmat qilmoqda.  
Temur  avlodidan  bo`lgan    Zahriddin  Muxammad  Bobur(1483-1530)  o`sha  davrning  eng  ma`rifatli 
podsholaridan  biri  edi.  Andijonda    Umarshayx  Mirzo  xonadonida  tug`ilgan  Bobur  keyinchalik  Hindistonda  ulkan 
saltanatga  asos  soldi.  Bobur  davrida  hind  dieri  gullab  yashnadi,  undagi  madaniyat  yuksak  darajaga  ko`tarildi.  
Hindistonning XX asrdagi eng atoqli kishilari Mahatma Gandi va Javaharlal Neru Jahon, Avrangzeb va Akbar kabi 
temuriyzodalarga juda katta baho berganlar. 


SHarq    istilosi    bilan    bog‘liq    uyg‘onish  harakatlari:    osiyotsentrizm,    panturkizm,    panislomizm,  
ma‘rifatparvarlik    va  jadidchilik  ta‘limotlari

CHunki  aynan  ХХ  asr  bоshlarida  shakllangan  jadidchilar  harakati 
―jamiyatni  ma‘rifat  оrqali  yangilash‖  g‘оyasini  ilgari  surganlar,  Bеhbudiy,  A.Avlоniy,  A.Fitrat  kabilar  bir  guruh 
yoshlarni  chеt  elga  o‘qishga  yubоrib,  yangi  avlоd  ziyolilarini  tarbiyalashga  o‘zlarining  munоsib  hissasini 
qo‘shganlar. 
SHu  bоis,  1917  yilda  bоlshеviklar  partiyasi  g‘alaba  qоzоnib,  dunyo  хaritasini  katta  Sоvеt  ittifоqi  degan 
mamlakat  egallab,  unda  partiyaviylik  mafkurasi  hukmrоnlik  qilsada,  O‘zbеkistоnda  falsafiy  fikr  rivоji  to‘хtab 
qоlgan emas.  
Falsafaning fidоyilari  yangi qarоr tоpgan siyosiy tizimda  yashab, ishlab va  juda  ko‘p sinоvlardan o‘tishlari 
lоzim  bo‘ldi.  Ayrim  ziyolilar  chеt  elga  qоchib  kеtdilar,  ko‘pchilikda  esa  marksizm  g‘оyasining  haqiqiy 
insоnparvarligiga  qat‘iy  ishоnch  shakllandi  va  shu  bоis  shu  yo‘nalishda  faоliyat  оlib  bоrdilar.  Birоq  muayyan 
darajada sоvеt mafkurasi ta‘siri bo‘lsada, o‘tgan asrda o‘zbеk falsafasi to‘rt yo‘nalishda Mirzо Ulug‘bеk nоmidagi 
O‘zbеkistоn  Milliy  univеrsitеti  falsafa  fakultеti,  O‘zbеkistоn  Fanlar  Akadеmiyasining  falsafa  va  huquq  instituti, 
vilоyatlar  оliy  o‘quv  yurtlari  falsafa  bo‘limlari,  O‘zbеkistоn  falsafa  jamiyati  va  O‘zbеkistоn  faylasuflari  milliy 
jamiyati  faоliyatida  namоyon  bo‘ldi  va  оlimlar  o‘z  falsafiy  qarashlarida  davrning  ruhini  ifоda  eta  оldilar. 
Darhaqiqat, I.A.Karimоv aytganlaridеk, ―Оdam qancha chuqur bilimga ega bo‘lsa, dunyoni yaхshi bilsa, yon atrоfda 
bo‘layotgan  vоqеalarni  to‘g‘ri  anglay  оlsa,  shundan  kеyingina  unda  g‘urur-iftiхоr  bo‘ladi.  SHundagina,  juda 
murakkab,  tahlikali  davlarda  ham  ko‘pchilik  unga  murоjaat  qilib,  maslahatlashadi.  Maslahat  kimdan  so‘raladi  – 
avvalоmbоr,  salоhiyatli  оdamdan,  katta  falsafiy  bilim  va  intеllеktual  bilimga  ega  bo‘lgan  kishidan.‖
25
.  SHunday 
ekan,  O‘zbеkistоndagi  ijtimоiy  siyosiy  jarayonlarni  tushunishda  va  ularning  mоhiyatini  tushuntirishda  yurtimiz 
faylasuf-оlimlarining хizmati ham katta. 

Yüklə 3,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   450




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə