Andijon mashinasozlik instituti


Abu  Ali  ibn  Sino  (980-1037)



Yüklə 3,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/450
tarix15.01.2022
ölçüsü3,89 Mb.
#82889
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   450
Andijon mashinasozlik instituti

Abu  Ali  ibn  Sino  (980-1037). 
O‘rta  Osiyoning  mashhur  qomusiy  allomasi  va  faylasufidir.  Buxorolik  Ibn 
Sino (Avitsenna) 300 dan ortiq asar muallifidir. Ularning orasida «Tib qonunlari» va «Bilim kitobi»,‖Donishnoma‖, 
―Xay ibn yakzon‖ayniqsa keng dovruq qozongan. 
Ibn Sino merosining tahlili uning ilmiy qiziqishlari doirasi benihoyat keng, u tom ma‘noda qomusiy bilimlar 
egasi  bo‘lganidan  dalolat  beradi.  Ibn  Sino  fanlarning  ularni  tadqiqot  ob‘ektlariga  ko‘ra  ajratishga  asoslangan 
tasnifini taklif qilgan.  
Ibn Sino tabiat azaliy va abadiydir, uning qonunlari o‘z-o‘zidan o‘zgarmaydi va inson ularni anglab etishga 
qodir, jon tana faoliyati bilan belgilanadi va uning individual umrboqiyligi mumkin emas, degan fikrni ilgari surgan.  
O‘sha  davrda  u  shug‘ullanmagan  fanning  o‘zi  bo‘lmagan.  Tibbiyot  bilan  bir  qatorda,  Ibn  Sino  falsafa, 
xususan bilish nazariyasini ham faol tadqiq etgan.  
Ibn  Sino  moddiy  dunyo  predmet  larini  sezgilar  manbai  deb  hisoblab,  ularning  ob‘ektiv  tabiatini  tashqi 
moddiy dunyo in‘ikosi sifatida yoritadi. Bundan tashqari, u sezgini materiyaning xossalaridan biri deb e‘tirof etadi. 
Alloma  sezgini  materiyaning  oliy  shakllari  bilan  bog‘laydi.  Ibn  Sino  mavjud  narsalarni  tasniflar  ekan,  sezgi 
hayvonlar deb ataluvchi jismlarga xosligini qayd etadi
13
.  
Ibn  Sino  neoplatoniklarning  jon  hissiy  narsalarni  tananing  biron-bir  a‘zosisiz  idrok  etadi,  degan  ta‘limotini 
asossiz deb hisoblaydi. «Qadimda ayrim olimlar (neoplatoniklar) jon hissiy idrok etiluvchi narsalarni hech qanday 
organlarsiz  bevosita  sezadi,  deb  faraz  qilganlar.  Muhitga  kelsak,  bu,  masalan,  ko‘rish  uchun  muhit  bo‘lib  xizmat 
qiluvchi havo, organlarga kelsak, bu, ko‘rish organi bo‘lib xizmat qiluvchi ko‘zdir. Biroq ular haqiqatdan uzoqdir, 
chunki  hissiy  idrok  etish  jonning  o‘zida  bu  organlarsiz  yuz  berganida,  mazkur  organlar  behuda  yaratilgan  bo‘lib 
chiqar,  ulardan  hech  qanday  naf  bo‘lmas  edi»,  deb  yozadi  va  so‘zining  davomida  neoplatoniklarning  qarashlari 
asossiz ekanligini ta‘kidlab, haqiqat sezgilar tana a‘zolariga muhtojligidadir,
14
 degan xulosaga keladi. 
Ibn Sino sezgilar va sezgi organlari haqida ga‘irar ekan, u yoki bu sezgining yuzaga kelish mexanizmini ilmiy 
tushuntirishga harakat qiladi. Uning fikricha, hech qanday jism o‘z holicha ovozga ega bo‘lmaydi. Ovoz ikki jism 
to‘qnashganda havo va harakatning tebranishi natijasida yuzaga keladi. Bu to‘lqinlar juda tez tarqaladi. Ular quloqqa 
yetgach, tebranuvchi  havo eshitish nervlariga tegadi va ular bundan jonni  xabardor etadi
15
. Bu tavsif ancha sodda 
bayon etilgan bo‘lsa-da, hozirgi tasavvurlarga mos keladi. SHuningdek, Ibn Sino sezgilarni hali ob‘ektiv dunyoning 
sub‘ektiv  obrazi  sifatida  idrok  etmaganidan  dalolat  beradi.  Sezgilarni  tashqi  ta‘sirning  organizmdagi  harakati 
sifatida tushuntirar ekan, Ibn Sino uni mexanik talqin qiladi.  
Ibn  Sino  ko‘rish  haqidagi  ta‘limotni  ishlab  chiqdi.  Ko‘rish  jarayonini  tushuntirar  ekan,  u  ayni  vaqtda 
Platonning  bu  boradagi  ta‘limoti  asossiz  ekanligini  ko‘rsatadi.  Ibn  Sino  yorug‘likni  ko‘rishning  asosiy  vositasi 
sifatida alohida qayd etadi
16
.  
Alloma  sezgilarni  va  tuyg‘ularning  barcha  shakllarini  o‘rganib,  ularning  fiziologik  asoslarini,  ya‘ni  miya 
tuzilishida  sezgi  markazlarining  joylashuvini  tushuntirishga  harakat  qildi.  Miyani  aks  ettirish  faoliyatining  bosh 
apparati deb talqin qilib, Ibn Sino hissiy bilish shaklini miya bilan bog‘ladi va uni idrok etish va sezish asosi
17
 deb 
e‘tirof etdi. 
Ibn  Sino  ta‘limotiga  ko‘ra,  in‘ikos  faqat  aks  ettiruvchi  tizimga  bog‘liq  emas.  Sezish  markazi  miyaning  old 
qismida,  tasavvur  qilish  markazi  –  miyaning  o‘rta  qismida,  eslab  qolish  qobiliyati  –  miyaning  orqa  qismida 
joylashgan. «Kitob un-najot» asarida Ibn Sino har bir sezgining fiziologik asoslarini tadqiq etar ekan, hissiy bilish 
jarayonida asablar muhim rol o‘ynashini qayd etadi. Uning fikricha, miya asablar vositasida sezgilar va harakatlarni 
insonning  boshqa  a‘zolariga  uzatadi.  Asablar  miya  uchun  o‘tkazgichlar  bo‘lib  xizmat  qiladi
18
.  Umumiy  ma‘lum 
tasavvurga ko‘ra, asablar bosh miyada boshlanadi va ularning tarmoqlari terining yuza tomonida tugaydi
19
. Ko‘rib 
turganimizdek, Ibn Sino hissiy bilishning fizik va fiziologik asoslarini ilmiy yo‘l bilan tushuntirishga harakat qiladi.  
Ibn Sino O‘rta Osiyoning boshqa mutafakkirlari kabi tasavvurni ichki sezgilar qatoriga kiritadi. Ibn Sinoning 
falsafiy  merosini  qiyosiy  o‘rganish  tabiatni  hamda  tasavvurning  gnoseologik  funksiyasini  tushunishda  u  asosan 
yagona  yondashuvga  tayanganini  ko‘rsatadi.  Ibn  Sino  tasavvurning  kuchi  shundaki,  umumiy  sezgiga  kiruvchi 
hamma narsa bizning sezgilarimizgacha yetib boradi, deb qayd etadi
20
.  
SHunday  qilib,  Ibn  Sino  fikriga  ko‘ra,  tasavvurning  gnoseologik  funksiyasi  shundan  iboratki,  u  tashqi 
narsalarning  obrazlarini  gavdalantiradi,  hissiy  idrok  etiluvchi  narsalar  yo‘qolganidan  keyin  ham  ularni  xotirada 
saqlab qoladi.  
Ibn  Sinoning  fikricha,  mohiyat  uch  tarzda  namoyon  bo‘ladi.  Birinchi  –  narsa  sezgilarda  ularni  kuzatish 
jarayonida  aks  etadi.  Bu  yerda  narsalarning  sezgi  organlarida  bevosita  aks  etishi  nazarda  tutilmoqda.  Ibn  Sino 
in‘ikos  kontseptsiyasini  bilish  jarayoni  sifatida  qayd  etar  ekan,  bilish  darajalari  to‘g‘risidagi  masalani  ko‘taradi. 
                                                 
13
 Qarang: Ибн Сино. Трактат о разделении существующих вещей. – Т.: Шарк, 1983. – 128-б. 
14
 Ибн Сина. Книга исцеления. – Т.: Фан, 1967. – 265-266-б. 
15
 Qarang: Ибн Сина. Канон врачебной науки. Кн. 1. – Т.: Фан.1996 – С 260-261. 
16
 Qarang: Ибн Сина. Книга спасения. – Т.: Шарк, 1986. – S 224. 
17
 Qarang: Ibn Sina. Канон врачебной науки. Кн. 1. – Т.: Фан, 1986. С– 38. 
18
 Ибн Сина. Канон врачебной науки. Кн. 1. – Т.: Фан, 1986. –С.41 
19
 O‘sha manba,  –B. 99. 
20
 Qarang: Ibn Sinо. Dоnishnоma. – T.: Fan, 1976. – 264-b. 


Ma‘lumki, bu mo‘ljal yangi davr falsafasida ishlab chiqilgan va nemis klassik falsafasida o‘zining tadrijiy yakunini 
to‘gan.  
Ikkinchi  –  ob‘ektiv  borliqda  amalda  mavjud  bo‘lmagan  narsaning  mohiyati  anglanadi
21
.  Bu  yerda  formal 
ahamiyat kasb etuvchi va moddiy borliq bilan bog‘lanmaydigan ideallashtirilgan ob‘ektlar mohiyatini bilish nazarda 
tutiladi. Bu mohiyat inson aqlining ijodiy qobiliyatini namoyon etadi.  
Uchinchi  –  narsa  obrazi  muayyan  sharoitlarda  biluvchining  jonida  aniq  aks  etishi  mumkin.  Bu  tamoyilda 
narsani sezgi bog‘liq bo‘lgan aloqalardan mavhumlashtirish imkonini beruvchi abstraktsiyaning kuchi qayd etiladi. 
Bunda narsaning obrazi uning substrati mavjud emasligiga qaramay aks etishi mumkin.  
SHundan kelib chiqib, Ibn Sino oqilona bilishda abstraktsiya muhim rol o‘ynashini qayd etadi. «Bilish narsa 
obrazini  mavhumlashtirishning  ayrim  o‘zaro  bog‘langan  bosqichlaridan  iborat  jarayon  bo‘lib,  uning  natijasida 
biluvchining  ongida  predmet  ning  mohiyati  va  xususiyatlarini  ifodalovchi  tushuncha  vujudga  keladi.  Bunday 
mavhumlashtirish bosqichlari to‘rtta». 
22
.  
Ibn Sino «umumiy sezgi»ni ichki sezgilar qatoriga kiritadi. Uning fikricha, umumiy tuyg‘u – bu miyaning old 
qismida  joylashgan  kuch  bo‘lib,  u  besh  sezgida  aks  etuvchi  barcha  shakllarni  va  ular  uzatuvchi  kuchni  mustaqil 
qabul  qiladi
23
.  Binobarin,  Ibn  Sino  fikriga  ko‘ra,  sezgi  organlari  yordamida  olingan  tuyg‘ular  umumiy  sezgi 
vositasida birlashtiriladi va narsaning hissiy obrazi yaratiladi.  
Obraz  deganda  alloma  narsaning  tashqi  xususiyatlari  va  xossalari,  materiyaning  aktsidental  tomonlari 
yig‘indisini  tushunadi.  Masalan,  inson  va  uning  obrazi  haqida  so‘z  yuritar  ekan,  u  shunday  deb  yozadi:  «Uning 
obrazi bu uning uzunligi, kengligi, sifati, miqdori va uning holati, ya‘ni inson bilan bog‘liq barcha narsalardir»
24
.  
Ibn  Sinoning  yuqorida  bayon  etilgan  g‘oyalari  ilmiy  tafakkur  shakllanishining  keyingi  davrlarida 
rivojlantirildi va yangi natijalar bilan boyitildi.  
SHunday  qilib,  bilish  jarayoni  pirovard  maqsadi  ob‘ektlar  mohiyatini  bilishdan  iborat  bo‘lgan  murakkab 
jarayondir. O‘rta asr Markaziy Osiyo mutafakkirlari asosan bilish bilinayotgan ob‘ektning in‘ikosidir, degan nuqtayi 
nazardan  kelib  chiqdilar.  Bunda  insonning  sezgi  organlari  bevosita  bog‘lovchi  bo‘g‘in  hisoblanadi,  ya‘ni  sezgilar 
yordamida bilinuvchi ob‘ektiv dunyo bilish manbai sifatida amal qiladi.  

Yüklə 3,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   450




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə