Andijon mashinasozlik instituti


Ilk  o‟rta  asr  G‟arb  falsafasi  rivojlanishining  umumiy  belgilari



Yüklə 3,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/450
tarix15.01.2022
ölçüsü3,89 Mb.
#82889
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   450
Andijon mashinasozlik instituti

  Ilk  o‟rta  asr  G‟arb  falsafasi  rivojlanishining  umumiy  belgilari.
 Birinchidan, o‘rta asrlar G‘arb va 
SHarq falsafasi avvalo feodal jamiyat falsafasi bo‘lib, u ilohiyot va dinning hukmronligi bilan tavsiflanadi. 
Feodal 
tuzum sharoitida feodal mulkdorlik bilan bir qatorda hunarmandlar va dehqonlarning shaxsiy mehnatiga asoslangan 
xususiy  xo‘jaligi  mavjud  bo‘lgan.  Feodal  ishchini  sotishi  va  sotib  olishi  mumkin  bo‘lgan,  lekin  ishchini  o‘ldirish 
huquqi  unga  berilmagan.  Ishlab  chiqarish  munosabatlarining  bunday  rivojlanishi  ularni  ijtimoiy-Psixologik  va 
mafkuraviy  jihatdan  mustahkamlashni  talab  qilgan.  Feodal  madaniyatni  mafkuraviy  jihatdan  ta‘minlovchi 
integratsion asos din bo‘lgan.  
Ikkinchidan,  o‘rta  asrlarda  din  G‘arbda  ham,  SHarqda  ham  feodal  jamiyatning  hukmron  mafkurasi 
hisoblangan
. Bu davrda cherkov eng yirik kuch bo‘lgan. SHuningdek, u siyosiy jihatdan ham o‘ta  markazlashgan 
tashkilot  sanalgan.  Dindorlar  amalda  birdan-bir  o‘qimishli  odamlar  bo‘lgan.  YUris‘rudentsiya,  tabiatshunoslik  va 
falsafaning mazmuni cherkov ta‘limoti bilan muvofiq holatga keltirilgan.  
Muqaddas kitob aqidalari falsafiy mulohazalarning tayanch nuqtasiga aylangan. Bu davrda bilim emas, balki 
e‘tiqod,  fan  emas,  balki  din  afzal  ko‘rilgan. 
Teotsentrizm, 
ya‘ni  Xudoga,  uning  mohiyatiga  dunyoning  birinchi 
sababi va birinchi asosi sifatida yondashish o‘rta asrlar falsafasiga xos xususiyatdir. Masalan, o‘rta asrlarda Xitoyda 
dao  haqidagi  ta‘limot  din  ehtiyojlariga  to‘la  moslashtirilgan:  dao  tabiiy  qonun  sifatida  emas,  balki  ilohiy  qonun 
sifatida namoyon bo‘lgan.  
Buddizm  falsafasi  asosiy  e‘tiborni  borliqning  o‘tkinchiligi  va  yo‘qlikning  haqiqiyligi,  jonning  boqiyligi  va 
abadiy  ma‘naviy  dunyoni  anglab  etish  yo‘lida  o‘zlikni  kamolotga  yetkazish  orqali  uning  o‘z  shakl-shamoyilini 
o‘zgartirishi muammolarini o‘rganishga qaratgan.  
Konfutsiychilik  feodal  tuzumni  oqlash  uchun  buddizm  va  daosizmning  idealistik  va  daosizm  g‘oyalarini 
o‘zlashtirgan:  odamlar  o‘zlarining  «yomon»  niyatlarini  jilovlab,  taqdirga  bo‘ysunishlari  lozim.  Hokimiyatga 
bo‘ysunish, uni ardoqlash va hurmat qilishni talab etuvchi «Osmon qonuni» haqidagi ta‘limot konfutsiychilikda eng 
muhim ta‘limotga aylangan.  
                                                 
29
 Августин \\ Всемирная энсиклопедия.  –М.: Современний литератор, 2001. –S. 11. 


G‘arb Yevropa feodalizmi sharoitida ham xristian dini hukmronlik qilgan. U o‘zining odamlar aqli va qalbini 
nazorat qilish markazlashtirilgan tizimini ko‘p sonli tarqoq feodal davlatlarga qarshi qo‘ygan. Bu nazoratni avvalo 
Rim  papasi  boshchiligidagi  katolik  cherkovi  amalga  oshirgan.  Ayni  vaqtda  cherkov  qadimgi  dunyoning 
«majusiycha»  falsafasiga,  ayniqsa  materialistik  ta‘limotlarga  yot  ko‘z  bilan  qaragan.  SHu  sababli  antik  davrning 
falsafiy  merosini  o‘zlashtirishga  nisbatan  xolisona  yondashilmagan,  bu  meros  qismlarga  bo‘lib  o‘zlashtirilgan, 
asosan diniy aqidalarni mustahkamlovchi idealistik g‘oyalarni tarqatishga yo‘l qo‘yilgan.

Yüklə 3,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   450




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə