Andijon mashinasozlik instituti



Yüklə 3,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə426/450
tarix15.01.2022
ölçüsü3,89 Mb.
#82889
1   ...   422   423   424   425   426   427   428   429   ...   450
Andijon mashinasozlik instituti

Tabiat-  estetik  tarbiyaning  zaruriy  vositasi
.
  Shuni  maxsus  ta‘kidlash  kerakki,  zamonaviy  inson  tarbiyasini 
estetik jihatdan kamol  toptirishda  oila qanchalik ustuvor omil bo‘lib hisoblansa, bu jarayonda tabiat ham  undan 
kam  ahamiyat  kasb  etmaydi.  Chunki  tabiat  bilan  ongli  tarzda    murosa  qilmaslik  shaxsni    nafosatli  jihatdan 
mukammal bo‘lib yetishishiga monelik ko‘rsatadi. Shuning uchun  inson va tabiat o‘rtasidagi munosabat  inqiroz va  
halokat yoqasiga kelib qolgan hozirgi  vaqtda bu muammoni chetlab o‘tish maqsadga muvofiq bo‘lmaydi. 
        Informatsion  texnologiyalar-estetik    tarbiyaning  global  vositasi
.
  Bir  paytlar  tabiiy  va  texnika    bo‘yicha 
mutaxassislar tayyorlaydigan oliy ta‘lim muassasalari talabalariga ― Sizning  idealingiz asosan qaysi sohalarda aks 
etadi?‖, degan  savolga  ularning  ko‘pchiligi  san‘at,  adabiyot  va  ma‘rifat  sohasida    ko‘proq  aks  etadi,  degan  javob 
berishgani ham fikrlarimizni isbotlaydi. 
Aytish  mumkinki,  axborot  va  kommunikatsiya  texnologiyasi  bugungi    kunda  insoniy  va  iqtisodiy 
taraqqiyotning  muhim  vositasiga  aylanishi    natijasida  odamlarning    turmush  tarzini,  o‘zaro  aloqasini  hatto  tashqi 
ko‘rinishi ham tubdan o‘zgarishiga olib keldi. 
Estetikaning  xususiyatlaridan  biri  :
 
Estetikaning  borliqni  estetik  o‘zlashtirish  moxiyati  va  qonuniyatlari 
haqidagi fan sifatida bir qancha xususiyatlarga ega. 
• Estetika fani inson tevarak atrofidagi moddiy va ma'naviy     boyliklarning barchasini qamga olishga
• Inson faoliyatining barcha jabxalaridagi   nafosat olamini san'at turlari 
 
vositasida chuqur o‘rganishga da'vat 
etadi. San'at esa-estetik boyliklarni  yaratish manbaidir. 
• San'atni ilmiy jixatidan taxlil va tadbiq etish bilan estetik faoliyatining barcha ko‘rinishlariga ilmiy jixatdan 
yondashish uchun zamin yaratiladi. 
•   San'at  va  badiiy   ijodning  tabiatini  va  mohiyatini   o‘rganish, qonuniyatlarini o‘zlashtirish, go‘zallikni 
o‘rganish uchun kalit   vazifasini o‘taydi. 
Boshqa  fanlarda  bo‘lgani  singari  estetikani  ham  bir  qancha  muammolari  bor.  Estetika  fanining 
muammolaridan biri go‘zallik muammosidir.  
Estetika jamiyatdagi, tabiat va san'atdagi go‘zallik nimadan iborat ekanligini tushuntirib beradi. Go‘zallikning 
ob'ektiv  mezonini ochib beradi.  Estetika  go‘zallik voqelikning o‘zida  mavjuddir. Shuning  uchun san'at, hayotdagi 
go‘zallikni bilish va aks ettirish deb hisoblaydi. San'atdagi go‘zallik voqelikdagi go‘zallikdan ustun turmaydi, faqat 
voqelikdan  ayrim  konkret  ko‘rinishlariga  qaraganda,  san'atdagi  go‘zallik  mukammalroq  namoyon  bo‘ladi  xolos. 
Insonning eng go‘zal fazilatlari uning mehnatga bo‘lgan munosabatida  namoyon bo‘ladi. Odam bolasi yoshlikdan 
boshlab  mexnatga  o‘rgansa,  mexnat  orqali  baxtini  va  quvonchini,  hayotdagi  o‘rnini  topishni  yaxshi  tushunib  etsa 
ayni  muddao.  A
KS  H
olda  mexnatni hayotiy extiyoj deb bilmagan  shaxs  nafosatni inson  go‘zalligini ham tushunib 
etmaydi. 

Yüklə 3,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   422   423   424   425   426   427   428   429   ...   450




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə