Andijon mashinasozlik instituti


  ikkinchi muammo.  Estetika fani san'atning   mazmun va shakli singari masala ham  muxim o‘rin tutadi.  Estetika fani.  3



Yüklə 3,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə427/450
tarix15.01.2022
ölçüsü3,89 Mb.
#82889
1   ...   423   424   425   426   427   428   429   430   ...   450
Andijon mashinasozlik instituti

2.
  ikkinchi muammo.  Estetika fani san'atning   mazmun va shakli singari masala ham  muxim o‘rin tutadi. 
Estetika fani. 
3. 
 Estetikaning yana bir muxim   muammolardan biri badiiy obraz muammosidir. Badiiy obraz hayotni aks 
ettirishni , uni   umumlashtirishning san'atga xos spesifik xususiyatidir. 
4. 
 Va nixoyat yana bir muammo badiiy diddir. 
Badiiy  did-kishining  adabiyot  va  san'at  asarlaridan  ma'naviy  quvonch  olishi  uning  badiiy  didida  namoyon 
bo‘ladi.  Negaki,  kishilar  san'at  va  adabiyotni  sevadilar.  Badiiy  ijodiyotsiz  insoniyat  hayotini  tasavvur  etish  qiyin. 
San'at asarlarini idrok etganda inson ko‘ngil ila vujudga kelgan tuyg‘ular o‘zini kuchli turkuni , ijtimoiy mazmuni 
bilan  ajralib  turadi.  Chunki, 
 
badiiy  ijodiyotdagi  har  bir  obraz,  har  bir  xarakter  ma'lum  ijtimoiy  idealni  ifodalaydi, 
ma'lum  axloqiy  va  estetik  g‘oyani  ilgari  suradi.  Bu  jihatdan  san'atning  ijtimoiy  ong  formalaridan  biri  sifatida 
kishilaming  tushunchasiga,  ijtimoiy  faoliyatiga  ko‘rsatadigan  ta'siri  nixoyatda  kattadir.  San'at  universal 
xususiyatlarga ega bo‘lib, barcha ijtimoiy guruxlarni, voqe'likni estetik jihatdan o‘zlashtirishga da'vat etadi. 
Estetika  tuyg‘ularning  ma'naviy  tus  olishi  uchun  yetakchi  omilga  aylanadi.  Estetika  ishlab  chiqarish, 
kishilarning  mehnatiga  tobora      ko‘proq  kirib  bormoqda.  Endilkda  korxonalarda  Yangi  xil  stanoklar,  sex 
jihozlarining  estetik  sifatini  ta'minlash,  korxonalarning    barcha  binolari  estetik    talablarga  javob  berishi,  go‘zallik 
tuyg‘ularini uyg‘ota olishi va qondirish uchun g‘amxo‘rlik qilish bilan bevosita mutaxasislar paydo bo‘lmoqda. 
Bozor  iqtisodiyoti  sharoitidagi  talabalaridan  yana  biri  o‘quv
 
yurtlari,  binolari    va  o‘quvxonalarini  yosh 
avlodning  badiiy   didiga, hamda  estetik ehtiyojlariga javob beradigan tarzda jixozlantirishdir. 
Maxsus  fan  ishlab  chiqarish  estetikasi,  texnika  estetikasi  fani  paydo  bo‘ldi.  Ilgari  ishlab  chiqarishda 
uchramagan «texnika estetikasi», «dizayn» kabi tushunchalar hayotimizga kirib keldi. 


Hozirgi zamon sanoat ishlab chiqarishning estetik tomonining o‘rganadigan fani texnika estetikasi deyiladi. 
Bu bilan mutaxassis rassomlar shug‘ullanadi. Ularning san'ati «dizayn» degan nom bilan yuritiladi. 
Dizayn  nima?

Yüklə 3,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   423   424   425   426   427   428   429   430   ...   450




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə