Andijon mashinasozlik instituti



Yüklə 3,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə429/450
tarix15.01.2022
ölçüsü3,89 Mb.
#82889
1   ...   425   426   427   428   429   430   431   432   ...   450
Andijon mashinasozlik instituti

 
 
18-mavzu: Estetikaning zamonaviy muammolari. 
Reja: 
1. Estetik tarbiyaning turlari va yo'nalishlari. 
2.  Insonning  tabiiy,  axokiy  va  estetik  didining  mutanosibligi.  ―Ommaviy  madaniyat‖ning  yoshlar  estetik  didiga 
ta'siri.  
3. Sport va uning ma'naviy-estetik jihatlari.  
4. Olamni estetik anglashda texnologiyalarning roli. Reklamaning estetik jihatlari va g'ayriestetik xolatlar. 
 
Estetik tarbiya – jamiyatda ma‘naviy muhitni paydo qilishga  ko‘mak beruvchi  muhim unsur bo‘lib, u inson 
didini  shakllantiruvchi,  rivojlantiruvchi    hamda  ana  shu  orqali  insonni  jamiyat    munosabatlariga  yaqinlashtiruvchi 
kuchdir. 
        Hozirda  estetik  tarbiyaning    ko‘lami  tobora  kengaymoqda.  Shunga  ko‘ra,  u  o‘z  oldiga  talaygina  muhim 
vazifalarni  qo‘ygan.  Bular:  -kishilarda  san‘at  asarlari,  badiiy  ijod  namunalarini  nafaqat  faol  o‘zlashtirish  balki, 
ularning estetik mohiyatini anglash va baholash qobiliyatini takomillashtirish
    -jamiyat    a‘zolarining  ijodiy  imkoniyatlarini  namoyon    qildirish  va    ulardan  foydalana  bilishga  ishonch 
tuyg‘usini uyg‘otish; 
    -  tabiat  hamda  jamiyat  ijtimoiy  jarayonlariga  sof  tuyg‘u  bilan    munosabatda  bo‘lishga  va  ularni  ravnaq 
toptirish yo‘lida astoydil faoliyat olib borish ko‘nikmalarini hosil qilish;  
     -  o‘tmish  ma‘naviy  merosimizga  hurmat  hissini  uyg‘otish,  milliy  g‘urur,  milliy  iftixor  tuyg‘ularini 
shakllantirish uchun zamin yaratish; 
     -  ijodning  barcha  turlarini  taraqqiy  ettirib  jahonga  yuz  tutish  va  ularni  millat  manfaatlari  uchun  naf 
keltiradigan tomonlarini targ‘ib qilishga undashdir. 
        Estetik  tarbiyaning  asosiy  vositalari  tarkibiga-  san‘at,  information  texnologiyalar,  tabiat,  mehnat,  sport 
kabi sohalarni kiritish mumkin. 
       
San‘at-  estetik  tarbiyaning  muhim  vositasi
.
  Bugungi  kunda    jamiyatimizda  inson    faoliyatini  boshqarib 
borishdan ko‘ra, ushbu jarayonni insonning o‘zi  tashkil etishi kerakligi bot-bot uqtirilmoqda. Bu jarayonda  san‘at 
mohiyatan shaxsning his-tuyg‘ulariga ta‘sir ko‘rsatishga qodir  bo‘lgan muhim vosita sifatida insonni doimo o‘ziga 
jalb etib  kelgan. San‘at insonning ehtiroslar va tuyg‘ular olamiga singib borib ularni  yig‘latadi, kuldiradi, o‘ylashga 
majbur qiladi. Shuning uchun bo‘lsa kerak san‘at barcha  davrlarda   insonga hamroh bo‘lib kelgan. 
       San‘at    o‘zining  estetik  bisotini  to‘laligicha    namoyon  qilishi  uchun    ham  tarbiya  jarayoni  bilan  chambarchas 
bog‘lanadi.  Chunonchi,  inson    tafakkurini  go‘zallashtirish  estetikaning  tadqiqot  obyekti  hisoblansa,  estetik 
tarbiyaning predmeti esa ma‘naviy  dunyoni inson tomonidan estetik anglash bilan  belgilanadi. 

Yüklə 3,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   425   426   427   428   429   430   431   432   ...   450




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə