Andijon mashinasozlik instituti



Yüklə 3,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə437/450
tarix15.01.2022
ölçüsü3,89 Mb.
#82889
1   ...   433   434   435   436   437   438   439   440   ...   450
Andijon mashinasozlik instituti

       
Baxshilik  san‟ati.
  Odatda  baxshilikni  estetikada  sa‘nat  turiga  kiritish  qabul  qilinmagan  va  xalq  og‘zaki 
adabiy  ijodi  sifatida  badiiy  adabiyotning  xili  deb  hisoblab  kelinadi.  Aslida  ―bunday  kamsitish‖ning  sababi  o‘zbek 
estetikasida shu paytgacha Yevropaga, to‘g‘rirog‘i, ruslarga taqlidning nihoyatda kuchli bo‘lganida. SHunday qilib, 
biz uni to‘laqonli san‘at turi deb bilamiz va buni isbotlashga harakat qilamiz. 
Baxshilik  san‘ati  asosan  Sharq  xalqlarida  mavjud,  kelib  chiqishi  qadimgi  Hindiston  bilan  bog‘liq, 
sanskritchadagi ―bhikshu‖ (qalandar, darvesh) so‘ziga borib taqaladi. Keyinchalik,‖baxshi‖, ―baxsha‖, ―baxshi‖, va 
boshqa  shakllarda  Sharq  xalqlarining  ko‘pchiligida  ustoz,  ma‘rifatchi  degan  ma‘nolarda  qo‘llanilgan.  G‘arbda  uni 
faqat  qadimgi  yunonlar  madaniyatida  ko‘rishimiz  mumkin.  Qadimgi  Hindiston  ta‘sirida  bo‘lsa  kerak,  baxshilar 
ularda  dastlab,‖aedlar‖(qo‘shiqchilar),  keyinroq  ―rapsodlar‖(qo‘shiq  to‘quvchilar)  deb  atalgan,  ular  ―Iliada‖, 
―Odessiya‖ kabi yirik epik dostonlarni torli soz jo‘rligida kuylaganlar. 
  Bizda  baxshilik  san‘ati  qadimdan  mashhur  bo‘lib  kelgan.  Ilmiy  farazlarga  ko‘ra  (V.Jarmunskiy,  H.Zarif 
v.b.), ―Alpomish‖ dostonining idlizlari Homer eposlari bilan tutashib ketgani qayd etiladi. ―Alpomish‖ ham, boshqa 
alohida  dostonlar  ham,  dostonlar  turkumlari  ham  mintaqamizda,  do‘mbira,  qo‘biz  va  dutor  jo‘rligida  kuylanadi. 
Baxshi,  xalq  dostonlarini  yodda  saqlovchi,  meyoriga  etkazib  kuylovchi,  ularning  o‘ziga  xos  variantlarini, 
versiyalarini  yaratuvchi  san‘atkor.  U,  bir  tomondan,  shoirlik  iste‘dodiga  ega  bo‘lishi  kerak,  ikkinchi  tomondan, 
mahorat bilan kuylay bilishi, ―Xudo bergan ovozga‖ ega bo‘lishi lozim. 
  Baxshilik  san‘ati  ibtidodan  bizda  sof  og‘zaki  ijod  bo‘lib  kelgan,  XIX  asrning  ikkinchi  yarmidan  boshlab, 
baxshilar madrasalarda tahsil ko‘rib, ba‘zi asarlarini yozma holda ham qoldirganlar. Lekin, asosan folklorshunoslar 
tomonidan dostonlar va termalar yozib olingan, hozir ham bu an‘ana ma‘lum ma‘noda davom etmoqda. Shuningdek, 
bu san‘atning yana o‘ziga  xos tomoni shundaki, unda ustoz  – shogirdlik an‘anasi qat‘iy tarzda o‘rnatilgan, doimo 
shunga  amal  qilib  kelinadi.  Natijada  biz  baxshilik  san‘atining  bir  necha  o‘ziga  xos  maktablariga  egamiz. 
M.Qo‘rg‘on  dostonchilik  maktabi,  Bulung‘ur  dostonchilik  maktabi,  Xorazm  maktabi  shular  jumlasidan.  O‘zbek 
baxshilik  san‘atida  ikki  yo‘l  bilan  dostonlar  kuylanadi.  Biri  –  Surxandaryo,  Qashqadaryo,  Samarqand  yo‘li,  unda 
doston yo terma do‘mbira jo‘rligida, ichki g‘arg‘ara ovoz bilan, ikkinchisi – Xorazm yo‘li, unda oddiy, ochiq ovoz 
orqali ijro etiladi. Baxshilik san‘atining Ergash Jumanbulbul, o‘g‘li, Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li, Po‘lkan shoir kabi ulug‘ 
namoyandalari xalq dostonchiligi namunalarini yaratganlar. Ular an‘anaviy syujet asosida o‘ziga xos go‘zal asarlar 
ijod etdilar. 
  Xalq dostonlaridagi tasvirlar, majoziylik  ko‘p hollarda  mubolag‘aga va alliterastiyaga asoslanadi, natijada 
badiiy qiyofa afsonaviylashtirilgan, mo‘‘jizaviylashtirilgan tarzda gavdalan-tiriladi. Masalan, ―Go‘ro‘g‘li‖ turkumi 
dostonlaridagi bahodirlardan biri – Hasan Ko‘lbar bir to‘yning oshini eb to‘ymaydi, murtining ichiga kalamushlar in 
qurib  tashlagan  v.h.  YOki  Amin  baxshining  o‘zbek  bahodirlariga  chaqiriqday  yangraydigan  mana  bu  mubolag‘a 
satrlarini olaylik: 


Ariq tubinda indiz, 
Daryo tubinda Qunduz, 
Tog‘larni osmonga oting
Tutday to‘kilsin yulduz


Dostonlarda ot ham asosiy qahramonlardan biri. ―Alpomish‖da Boychibor, ―Go‘ro‘g‘li‖ turkumi dostonlarida 
G‘irot  xuddi  odamlarday  tasvirlanadi.  Ayni  paytda  ularning  uchqurligi  favqulodda  va  rang-barang  o‘xshatishlar 
vositasida ta‘riflanadi. Masalan, G‘irot ―qulog‘ini qalam, dumini alam qilib‖ elib boradi. Ya‘ni G‘irot –muqaddas ot, 
uning  qulog‘i  insoniyat  uchun  muqaddas  bo‘lgan,  uchi  uchlangan  adl  qamish  qalamga,  dumi  qadimiy  popukli 
muqaddas  bayroqqa  o‘xshatiladi.  Dostonlarda  turli  badiiy  vositalarning  qo‘llanishi,  baxshining  ovozi  va 
do‘mbiraning  ohanglari  uyg‘unlashib  ketadi.  Natijada  uchqur  otning  yo‘l  bosishini  tinglovchi  nihoyatda  yaqqol 
tarzda idrok etadi. Ergash Jumanbulbul kuylagan ―Ravshan‖ dostonidagi mana bu parchaga e‘tibor qiling: 
   
 
Qulon yurmas erlardan 
   
 
Quvib o‘tib boradi. 
   
 
Bulon yurmas erlardan 
   
 
Buvib o‘tib boradi. 
   
 
Qarsoq yurmas erlardan 
   
 
Qalqib o‘tib boradi. 
   
 
Bo‘ri yurmas erlardan 
   
 
Bo‘zlab ketib boradi...
198
 
 
Bu  tasvirdagi  alliterastiyalar  (ohangdosh  tovushlar)  soz  va  ovoz  vositasida  ot  bilan  yaxlitlashib  ketgan 
chavondoz qiyofasi haqida tasavvur beradi. 
  Baxshilik  san‘atida  nasr,  nazm  shakllari,  barmoq    vaznining  turli  ko‘rinishlari  o‘z  aksini  topadi.  Ular 
go‘zallik,  ulg‘vorlik,  mo‘‘jizaviylik,  kulgililik  kabi  estetik  xususiyatlarning  yanada  bo‘rtib  ko‘zga  tashlanishini 
ta‘minlaydi. Ayni paytda bu san‘at turi maqol, matal va hikmatlarga boyligi bilan katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. 
Fozil Yo‘ldosh o‘g‘lidan yozib olingan ―Alpomish‖ dostonidagi Boysari tilidan aytilgan mana bu satrlarni haqiqiy 
hikmat namunasi desak Yanglishmaymiz:  Davlat ko‘nsa bir chibining boshiga, 
   
 
Semurg‘ qushlar salom berar qoshiga
199
 
  Baxshilik so‘z va ijro san‘atining uyg‘unligi sifatida hozir ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. XIX-XX 
asrlarda  ustoz  borliqlarining  an‘analarini  davom  ettirgan  va  davom  ettirayotgan  ulkan  san‘atkorlar  etishib  chiqdi. 
Xorazmlik Bola baxshi, qashqadaryolik Qodir baxshi, surxandaryolik SHoberdi baxshilar shular jumlasidan. 
 

Yüklə 3,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   433   434   435   436   437   438   439   440   ...   450




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə