Andijon mashinasozlik instituti


Sirk.  Sirk eng qadimgi an‘anaviy



Yüklə 3,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə440/450
tarix15.01.2022
ölçüsü3,89 Mb.
#82889
1   ...   436   437   438   439   440   441   442   443   ...   450
Andijon mashinasozlik instituti

Sirk. 
Sirk eng qadimgi an‘anaviy
 
san‘at turlaridan biri. U Sharqda vujudga
 
kelgan va dorbozlik san‘ati deb 
ham atalgan, ko‘chma tomosha sifatida xalq orasida shuhrat qozongan. Unda dorda langar bilan yurishdan tashqari, 
dorboz havo gimnastikachisi (chig‘iriqda) vazifasini ham bajargan. Pastda albatta nog‘ora dorbozning harakatlariga 
mos  ohangda  yangrab  turgan.  Ayni  paytda  pastda  qiziqchi,  ko‘zboylog‘ich,  akrobat  (besuyak),  ayiq  o‘ynatuvchi 
ishtirok etgan, ba‘zan askiyadan ham foydalanilgan. 
Hozirgi paytda zamonaviy stirk o‘sha unsurlarni asosan saqlab qolgani holda, yanada murakkablashgan inson 
dovyurakligini,  tanasining  eguluvchiligini,  erishib  bo‘lmaydigan  darajadagi  epchillikni    aktyor  mahorati  orqali 
namoyon  etadi,  unutilmas  badiiy  qiyofa  yaratadi.  Endilikda  buning  uchun  maxsus  aylana  shaklida  qurilgan, 
tomoshabinlar o‘rindiqlari ham aylana qilib joylashtirilgan bino va arena deb ataladigan aylana o‘yin maydonidan 
foydalaniladi. Undagi tomoshalarda inson tanasi go‘zalligini kuzatish bilan birga  biz aktyor harakatlaridan vujudga 
kelgan  insoniy  mo‘‘jizalarni  ham  ko‘ramiz.  STirk  insonning  nafaqat  o‘z  a‘zolari  va  hissiyotlari,  balki  hayvonlar,  
o‘yin asbobi bo‘lmish narsalar, makon, tomoshabinlar hissiyotlari, atrof-muhit ustidan, kengroq ma‘noda olganda, 
dunyo  ustidan  cheksiz  hukumronligini  namoyish  etishi  bilan  bizni  doimo  xavotirdan  hayratga  aylanadigan  estetik 
idrok  etish  jarayonini  boshdan  kechirishimizni  ta‘minlaydi.  Zero  stirk  «sof  estetik»    san‘at,  unda  bevosita  
manfaatdorlikni  uchratmaymiz.  M.,  bir  shlyapa  ostida  ko‘zboylog‘ich  uchirgan  besh  yoki  o‘nta    kaptardan,  olov 
halqa    ichidan  arslonning  sakrab  o‘tishidan,  hech  qaysi  sportchi  bajarolmaydigan  chig‘iriq  (gimnastik)  yoki 
akrobotik  (belsuyak)  o‘yinlardan  qanday  manfaat  bo‘lishi  mumkin?  Chunki    stirkda  respublika  yoki  jahon 
birinchiligi uchun (manfaatli) musobaqa o‘tkazilmaydi, umuman, stirk musobaqa degan tushunchani inkor etadi. 
Sirkning yana bir o‘ziga xos xususiyati, unda doimiy masxaraboz-qiziqchining ishtirok etishi, ya‘ni kulgililik 
xususiyatining  doimiy  mavjud  bo‘lishi  bilan  belgilanadi.  Masxaraboz  faoliyati  stirkdagi  barcha  narsalarni 
(namoyishlarini), sirtdan bo‘lsa-da, bog‘lab turadigan,  tomoshabinni bir hayratlanarli keskin kechinmali, havotirli 
holatdan  ikkinchisiga  o‘tishi  uchun  kulgili    tanaffusni,  muayyan  ma‘nodagi  forig‘lantirishni  o‘z  ichiga  oladi. 
Masxaraboz  mantiqiylik  ustidan nomantiqiylikning, absurdning shartli ravishdagi g‘albasini   ko‘rsatadigan  va  shu 
bilan  tomoshabinda  kulgi  uyg‘otadigan,  har  bir  davr  uchun  zamonaviy  bo‘lgan,  ya‘ni  har  bir  zamonning  «o‘z 
kulgisini» topa oladigan o‘lmas badiiy qiyofa. 
Shuningdek,  sirk  san‘atida  vorisiylik  birinchi  navbatda  oilaviy  san‘atkorlik,  qolaversa  ustoz-shogirdlik 
an‘analari  hukumron.  M.,  o‘zbek  stirkida  Toshkenboevlar  oilasi  bu  san‘atning,  deyarli  barcha  sohalarida  faoliyat 
ko‘rsatdilar va  ko‘rsatmoqdalar, hozir biz stirkka  kirsak,  «nevara  va evara  san‘atkorlar» namoyishlaridan estetik 
zavq olamiz.  
                                                 
201
  Karimоv.I.A. Хavfsizlik va tinchlik uchun kurashmоq kеrak. T., O‘zbеkistоn, 2002 y., 55–56-b.  


Umuman  olganda,  stirk  san‘ati  millatni,  ayniqsa  yoshlarni  mo‘‘jizaviylikdan  hayratlanib,  kulgililikdan 
forig‘lanib-jismonan baquvat, epchil, o‘z ruhi a‘zoi badani ustidan hukumronlik qila oladigan, katta tabiatining bir 
qismi bo‘lmish hayvonlar tabiatidan xabardor shaxs sifatida kamol topishida muhim ahamiyatga ega. 
Askiya.
  Baxshilik  san‘atiga  o‘xshab,  askiya  ham  xalq  og‘zaki  ijodi  mahsuli.  U  arab  tilidagi  «o‘tkir  zehnli» 
ma‘nosini  anglatadigan  «zakiya»  (ko‘pligi  –  «azkiya»)  so‘zidan  olingan  bo‘lib,  qadimgi,  xalq  sevgan  san‘at 
turlaridan biri. U – ikki va undan ortiq  kishi tarafma-taraf bo‘lib, davrada, to‘g‘ridan-to‘g‘ri, tomoshabinlar olqishi 
shaklidagi baholash usulida o‘tkaziladigan so‘z o‘yini. 
Ammo askiya oddiy so‘z o‘yinidan qat‘iy belgilangan mavzui bilan ajralib turadi. Uning bu xususiyati payrov 
janrida  yaqqol  ko‘zga  tashlanadi.  Bu  janr  nihoyatda  izchillikni  talab  etadi,  payrovdan  chiqish,  chetga  uni  chala 
qoldirib ketish, mumkin emas. «To‘laqonli adabiy asarda, masalan, tabiat manzaralari, kishilar obrazi va xarakteri, 
ularning  hayotga  munosabatlari,  voqealarning  rivojlanishi  va  tugallanishi,  g‘oya  va  harakatni  to‘lduruvchi  detallar 
tasvir etilganday, - deb yozadi askiyashunos R.Muhammadiev, - payrovda ham bu talablar amalga oshirilishi shart, 
aks  holda  u  «chala»,  «xom»  bo‘lib  qoladi.  SHu  jihatdan  qaraganda  payrov  syujetli  yaxlit  badiiy  asar 
hisoblanadi»
202
.   M., «Imorat»  payrovida olingan eru poyolvorga qazilgan chuqurlindan boshlab, to tom yopilib, 
imorat uvog‘u bo‘yoqdan chiqqunicha bo‘lgan jarayon aks etishi kerak. 
Payrovdan  farqli o‘laroq, o‘xshatdim, bo‘lasizmi,  gulmisiz, rayhonmisiz  qofiya, radif, kabi kichik janrlarda 
askiyachi  o‘z  raqibining  ba‘zi    sifatlarini,  xislatlarini  boshqa  narsalarga    o‘xshatish,  nisbat  berish  orqali  kulgi 
uyg‘otadi. Bunda, R.Muhammadiev ta‘kidlaganidek, ikki tarafning har safargi savol-javobdan keyin mavzu tugashi 
va ikkinchi savol-javobida boshqa mavzuga o‘tish mumkin. 
Askiyaning  hamma  janrlarida  ham  so‘z  qo‘llashdagi  mohirlik,  mubolag‘a,  kinoya,  kessatiq,  qo‘l,  yuz 
harakatlari  singari  vositalardan  foydalanish  katta    ahamiyatga  ega.  Lekin,  eng  muhimi,  bu  san‘at  turining  hamma 
janrlarida belgilovchi xususiyatlardan  biri –hozirjavoblik. Raqib tomonning savoliga yoki sifatlashiga sayoz, kulgi 
uyg‘otmaydigan  tarzda  javob  bergan,  «hujum»ni  munosib  rad  etolmagan  tomon  engilgan  hisoblanadi,  zero 
favqulodda    ko‘chma    ma‘no,  majoziylik  qonuniyatiga  binoan  izchil  va  nozik  fikrlash  hozirjavoblikning  moyasi 
hisoblanadi. 
Askiyaning  yaxlit  san‘at  turi  sifatidagi  yashash  sharti  –  bu  uning  erotik  tabiatga  egaligi.  Unda    mazmun 
mehnat turlariga,  kasbga, muomalaga doir so‘z va atamalarga nihoyatda nozik, pardali tarzda jinsiy ma‘noni jolash 
orqali  ochiladi.  Aynan  ana  shu  ko‘chma  ma‘no  tinglovchi  hozirjavobligi  tomoshabinda  kulgi  uyg‘otadi.  Zero 
hozirjavoblik  erotik-seksual  urg‘uga  ega  bo‘lsagina,  askiyaga  aylanadi,  aks  holda  u  topib  aytilgan  hazildan  nariga  
o‘tmaydi.  Ayni  paytda  askiyada  laqab  ishlatish  ham  o‘ziga  xos  o‘rin  egallaydi.  Lekin  laqab  askiyada  shaxsning  
jismoniy  nuqsini  ochish,  hajv  uchun  emas,  balki  zaminida  mehr  yotgan  hazil  tariqasidagi  latifa  so‘z  o‘yinlari 
vositasida kulgi qo‘zg‘otish uchun qo‘llaniladigan usul hisoblanadi. 
Askiya  o‘zbeklarda  urug‘chilik-qabilachilik  davrida  vujudga  kelgan  degan  faraz  bor.  Zotan,  darslikning 
tarixiy  qismida  ko‘rib  o‘tganimizdek,  SHrayber-Froyd  nazariyasiga  binoan  qadimgi  odam  jinsiy  munosabatlarga  
doir so‘zlarni  mehnat  turlariga  qo‘llab, og‘ir  mehnatga  huzurbaxshlik berishga  intilgan.  Askiyaning  kelib chiqishi 
ham ehtimol  shundadir. Bu san‘at turining eng ravnaq topgan davri  ilmda  XIV-XV  asrlar deb tan olingan. O‘sha 
davrda  mavlono Burhon lang, Said G‘iyosiddin Sharfa, Mavlono Xalil Sahof, Mavlono Abdulvose‘ munshiy kabi 
askiyachilar bu boradagi eng kuchli san‘atkorlar hisoblangan. Keyingi davrlarda ham askiya o‘zbek xalqining to‘y-
tomoshalari, tantanali marosimlarida o‘z o‘rniga ega nazokatli san‘at sifatida taraqqiy topib bordi. Biroq sho‘rolar 
davrida u  «qayta ishlandi», ya‘ni uning erotik san‘at turi sifatidagi xususiyati inkor etildi. Natijada askiya zo‘raki 
kulgi asosiga qurilgan jiddiy «xalq og‘zaki ijodi janri»ga aylandi. M., biz iqtibos keltirgan «Askiya» kitobida o‘sha 
davrlarda  yozib  olingan  va  «Mushtum»  jurlarida  e‘lon  qilingan  payrovlar,  askiyaning  kichik  janrlari, 
askiyachilarning  mahoratiga qaramasdan,  yoniningizda birov qitiqlab tursa  ham, sizda  kulgi qo‘zg‘otishi  mushkul. 
Chunki    mazmunan  sostialistik,  shaklan  milliy  bo‘lgan  bu  askiyalarda  o‘q  tomir  –  nihoyatda  nozik  pardalangan 
erotik xususiyat yo‘q. Aynan ana shu xususiyat tufayli boshqa san‘at turlariga (M.,  badiiy adabiyotga, teatrga v.b.) 
o‘xshab  bolalar  askiyasi,  o‘simirlar  askiyasi,  yoki  yoshlar  askiyasi  degan  tushuncha  qo‘llanilmaydi.  Askiya  faqat 
balog‘atga  etgan  kishilar  uchun  mo‘ljallangan  san‘at  turi.  Lekin  alohida  ayollar  askiyasi,  erkaklar  bilan  ayollar 
yonma-yon ishtirok etgan askiyalar mavjud. M., mohir askiyaboz Muhabbatxon Yo‘ldosheva, Muhiddin Darvishov, 
Zaynobidin  va  Madaminjon  YUsupovlar,  Abdulhay  mahsum  Qozoqov  kabi  erkak  askiyabbular  davrasida  ulardan 
qolishmagan holda ishtirok etib keladi. 
Hozir  Mustaqillikdan  keyin  askiya  yana  o‘z  asl  qiyofasiga  qaytdi.  Haqiqiy  askiyani  keyingi    paytlarda 
askiyabozlar  musobaqalarida,  respublika  miqyosida  katta  tantanalarda,  teleekranda  tinglab,  tomosha  qilyapmiz. 
Bunday askiyalardagi kulgi o‘ziga xos tanqidiy ruhga ega. U jamiyatimizning yanada  ravnaq topishi, estetik didni 
yuksaltirish  uchun  xizmat  qilib  kelayotgan  san‘at  turi.  Lekin  ba‘zi  bir  bizning  mashhur  «profesional» 
qiziqchilarimizning azbaroiy odamlarni kuldiraman deb bachkanalikka, bepardalikka yo‘l qo‘yayotgan holatlari ham 
uchrab  turishi  kishida  afsus  yug‘otadi.  Vaholanki  askiya,  bir  suhbatda  ulkan  yozuvchimiz  Abdulla  Qahhor 
aytganidek,  usti  bir  qavat  yupqa  tuproq  bilan  yopilgan  bir  uyum  go‘ng  ustida  o‘sgan  atirguldek  go‘zal,  uning 
rangidan,  hididan  bahramand  bo‘lish  lozim,  tagidagi  tuproqni  ochib,  go‘ngni  titish  kerak  emas.  Aks  holda 
askiyaning bor  go‘zalligiyu, nozikligi, hayo pardasi yo‘qoladi, u so‘kish va so‘kinishning madaniylashgan shakliga 
aylanadi-qoladi. 
                                                 
202
 Askiya G‘. G‘ulоm nоmidagi Adabiyot va san‘at nashriyoti, T., 1970 y., 6–b. 



Yüklə 3,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   436   437   438   439   440   441   442   443   ...   450




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə