Andijon mashinasozlik instituti



Yüklə 3,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə431/450
tarix15.01.2022
ölçüsü3,89 Mb.
#82889
1   ...   427   428   429   430   431   432   433   434   ...   450
Andijon mashinasozlik instituti

Arxaik san‟at turlari 
Arxaik turga  qaysi san‘at  turlari kirishi sizga  ma‘lum.  SHu bois to‘g‘ridan-to‘g‘ri  ular, imkon doiramizdan 
kelib chiqqan holda, qisqacha to‘xtalib o‘tamiz. 
 Badihago‟ylik.
 Bu san‘at turi asosan lirik yoki didaktik she‘rlarni o‘z ichiga oladi. Badihago‘ylarni ba‘zan 
maddohlar  deb  ham  atashgan.  U  asosan  Sharqda  vujudga  kelgan  va  taraqqiy  topgan.  Uni  g‘arb  adabiyotidagi 
imporovizastiya  yoki  ekspromt  san‘atkorlar  bilan  chalkashtirish  kerak  emas.  Chunki    ular  muayyan  san‘at  turi 
ichidagi hozirjavoblik, xolos. Badihago‘ylik – og‘zaki ijod qiluvchi san‘atkor. Uning baxshidan farqi o‘z mavzuiga 
ega ekanligi, she‘rlarning jamoaviy, halq og‘zaki ijodi variantlari yoki versiyalari emas, balki mustaqil asar sifatida 
idrok etish bilan bog‘liq. Badihaqigo‘y buyurtmaga binoan ko‘pincha  bozorlarda, ba‘zan saroylarda she‘r o‘qigan, 
goho she‘rni musiqiy asbob jo‘rligida ijro etgan. Badihaning bahosi uning qay darajada originalligi, tashbehlarning 
quyuqligi, buyurtma egasining qalbida etib borishi, ya‘ni ta‘sirchanligi kabi xususiyatlariga qarab belgilangan. Idrok 
etuvchi (buyurtmachi) ba‘zi misralar yoqmasa, uni badihago‘ydan o‘zgartirishni talab qilgan va uning talabi albatta 
bajarilishi kerak bo‘lgan. Bu qoidaning azaldan mavjudligini Imom G‘azzoliy  ―Ihyo ulum ad din‖ asarida Qur‘on 
oyatlari  bilan  she‘riy  misralarni  solishtirish  asnosida  misol  tariqasida  keltirganini  eslaylik.  Badihago‘ylik  faqat 
musulmon Sharqida emas, balki budhaviylik mintaqasida ham qadimdan keng yoyilgan. U nafis, inja bir san‘at turi 
tarzida  zadogonlar oilasida  katta  e‘tibor qozongan,  yuqori baholangan. SHu sababli badihago‘ylik iste‘dodiga  ega 
bo‘lgan  a‘yonlar  Xitoy  hoqonlari  saroyida  g‘oyatda  qadrlanganlar.  Biroq  yozma  adabiyotning  keng  yoyishdagi 
natijasida  badihago‘ylik  mustaqil  san‘at  turi  sifatidagi  mavqeini  asta-sekin  yo‘qota  bordi,  keyinchalik  baxshilik 
san‘ati  bilan  singishib  ketdi.  Afsuski,  u  jamoaviy  ijod  emas,  balki  individual  og‘zaki  ijod  bo‘lgani  uchun  uning 
namunalari saqlanib qolmagan, faqat tarixiy va falsafiy-tasavvufiy asarlarda uchratishimiz mumkin. 

Yüklə 3,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   427   428   429   430   431   432   433   434   ...   450




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə