Andijon mashinasozlik instituti



Yüklə 3,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə447/450
tarix15.01.2022
ölçüsü3,89 Mb.
#82889
1   ...   442   443   444   445   446   447   448   449   450
Andijon mashinasozlik instituti

San’atda janr muammosi. 
Biz yuqorida san‘atning xillarga va turlarga bo‘linishini hamda har bir san‘at turi 
voqelikni  estetik  in‘ikos  ettirishda  o‘ziga  xos  mavqega  ega  ekanini  ko‘rib  o‘tdik.  San‘at  turlarining  o‘zi  ham  ana 
shunday  muayyan  qismlarga  bo‘linadi  –  ularni  biz  janrlar  deb  ataymiz.  Estetikaga  doir  adabiyotlarda  janrni 
san‘atshunoslik fanlarining muammosi deb hisoblash va uning estetik mohiyati to‘g‘risida engil-elpi to‘xtalib o‘tish 
hollari ko‘p uchraydi. Bu – noto‘g‘ri yondashuv: estetika san‘at xilini, undan kelib chiqadigan turlarni, badiiy asarni 
atroflicha o‘rgangani holda, san‘at turi bilan badiiy asar oralig‘idagi janr muammosiga jiddiy e‘tibor qilmay, o‘tib 
ketolmaydi.  Chunki    hech  bir  san‘at  turi  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  o‘zini  namoyon  eta  olmaydi,  faqat  janr  vositasidagina 
muayyan san‘at turiga oid badiiy asar vujudga keladi. 
San‘at turlarining janrlarga bo‘linishi ularni tasniflashtirish singari murakkab, ―motorni yig‘ganda, doimo bir 
necha murvat ortib qoladigan‖ estetik muammo, sababi, bir tomondan janrlarning nihoyatda rang-barangligi bo‘lsa, 
ikkinchi  tomondan,  ularning  san‘at  turlaridagi  mavqeini  belgilashdagi  fikrlar  xilma-xilligi,  ya‘ni  ko‘p  hollarda 
muayyan janr haqiqatan ham  janrmi  yoki  uning  ko‘rinishlaridan birimi  degan  masala  estetiklar oldida  ko‘ndalang 
turadi.  Masalan,  badiiy  adabiyotdagi  –  janrlar  bo‘linishi  eng  murakkab  bo‘lgan  san‘at  turidagi  she‘r  janrini  olib 
ko‘raylik. She‘r o‘zi, qissa yoki dostondan farqli o‘laroq, alohida janr, lekin ayni zamonda u intim, ijtimoiy, falsafiy, 
manzaraviy, hajviy janrlarda yozilishi mumkin. Demak, she‘r janri yana janrlarga bo‘linadi. Bunday janriy bo‘linish 
ko‘proq g‘oyaviy-hissiy tabiatga ega: intim she‘r – lirik qahramonning ishqiy, sub‘ektiv kechinmalarini aks ettiradi, 
falsafiy  she‘rda–hikmatli  xulosaga,  donishmandlikka  moyillik  birinchi  o‘rinda  turadi  v.h.  Ayni  paytda  bunday 


she‘rlar har xil ko‘rinishlarda yozilishi mumkin; g‘azal, sonet, ruboiy, masal v.b. Endi savol tug‘iladi: she‘r  – janr, 
falsafiy she‘r – janr bo‘lsa, unda hikmatli satrlardan iborat g‘azal shaklidagi she‘r nima? Uni janr nuqtayi nazaridan 
falsafiy  she‘r  deymizmi,  yoki  g‘azalmi?  SHuningdek,  Oybekning  ―Navoiy‖  asari  romanmi  yo  tarixiy  roman 
janridagi badiiy ijod mahsulimi? 
Bu  boradagi  tadqiqotlarning  so‘nggi  xulosasi  tizimli  tahlil  natijalari  bo‘lib,  unga  ko‘ra  janrlar  bosqichma-
bosqich  bo‘linish  tabiatiga  ega
206
.  YA‘ni,  roman  ham  janr,  tarixiy  roman  ham  janr,  hajviy  roman  ham  janr  v.h. 
Darhaqiqat,  hozircha  san‘at  turlarining  bundan  qulayroq  janriy  bo‘linishini  tasavvur  qilish  qiyin.  To‘g‘ri,  ba‘zi 
estetiklar,  janr  va  uning  ko‘rinishlari  degan  atamani  qo‘llashni  taklif  etishadi,  komediya  –  janr,  kinokomediya  – 
janrning  bir  ko‘rinishi  yoki  shakli.  Lekin  bunday,  deylik,  tarixiy  romanni–roman  janrining  tarixiy  ko‘rinishi  deb 
atashimiz noamaliy va sun‘iy ekanini hamma yaxshi his qilsa kerak. Buning ustiga, shunday asarlar borki, ular bir 
necha janrga birvarakay taalluqli bo‘lishi mumkin. Masalan, Fitratning ―Qiyomat‖ asarini ham hikoya, ham hajviy 
hikoya,  ham  xayoliy  hikoya  tarzida  janrlarga  bo‘lishimiz  mumkin.  Ba‘zan  ikki  alohida,  hatto  bir-biriga  qarama-
qarshi  janr  birlashib,  Yangi  janrni  tashkil  etganini  ko‘ramiz.  Masalan,  teatr  san‘atida  tragikomediya  janri  mavjud. 
SHuningdek, bir janr ikki  va  undan ortiq san‘at turiga  ―xizmat‖ qilishi  mumkin. Masalan, telefilm  ham  kino,  ham 
televidenie  san‘atida,  manzara  janri  esa,  ham  rassomlik  ham  badiiy  adabiyotda  qo‘llaniladi.  Farq  shundaki,  ular 
badiiy asarni o‘zlari taalluqli bo‘lgan san‘at turlari talablari vositasida yaratilishini ta‘minlaydilar. 
Umuman, san‘at tarixida janrlarning doimiy o‘zgarib turishi–Yangilanishi, eskirishi, ko‘payishi, iste‘moldan 
chiqib  ketishi  kabi  hollarni  tabiiy  deb  hisoblash  kerak.  Chunki    jamiyat  taraqqiyoti,  inson  shaxsining  cheksiz 
darajadagi o‘zgarib borishi an‘anaviy janrlardan kechish va Yangilarini yaratishni talab qiladi. Masalan, keyingi ikki 
asr mobaynida she‘riy roman, she‘riy qissa, she‘riy novella janrlari vujudga kelgani holda, o‘nlab ―eskirgan‖ she‘riy 
janrlar iste‘moldan chiqib ketdi. Biroq, bunday hodisalarning hech biri qandaydir ko‘rsatmalar yoki qonunlar talabi 
asosida  ro‘y bermaydi,  balki  san‘atning demokratik xususiyatidan kelib chiqqan  holda,  san‘atkor va badiiy asarni 
idrok etuvchi o‘rtasidagi bir-birini tushunishning pirovard natijasi sifatida voqe bo‘ladi. 
Shunday  qilib,  biz  mazkur  bob  mobaynida  san‘at  xillari,  turlari  va  janrlarini  tasniflashtirishdek  murakkab 
masalalarni  baholi  qudrat  ko‘rib  o‘tdik.  Bizning  ba‘zi  mulohazalarimiz,  ilmiy  xulosalarimiz  umumjahoniy  ildizga 
ega  bo‘lgan  milliy  estetikamizda  bu  boradagi  dastlabki  nazariy  yondashuvlardir.  Biroq  ularni  mutlaqlashtirishdan 
yiroqmiz, asosiy maqsad talabalar va domlalarda mustaqil fikrlash malakasini yuksaltirishdan iborat.  
 
Sport-  estetik  tarbiyaning  zamonaviy  vositasi
.
  Sport  estetik  tarbiya    vositasi  sifatida  zamonaviy  insonni  
kamol toptirishda alohida  e‘tiborga  ega. Hozirda sportni rivojlantirish mamlakatimizda  davlat  siyosati  darajasiga 
ko‘tarildi.  Bundan  ko‘zlangan  asosiy  maqsad    avlodni  jismonan  baquvvat,  sog‘lom,  vatanning  jasur  himoyachisi 
qilib    tarbiyalashdir.  Hozirda  yurtimizda  sportni  rivojlantirishga  doir  ko‘plab  dasturlar  ishlab    chiqilgan    va  ular 
jamiyat munosabatlaridan amalda ishtirok qilmoqdalar. Keyingi kunlarda O‘zbekiston  ko‘plab sport turlari bo‘yicha 
jahon    musobaqalarni    uyushtiruvchi  va  o‘tkazuvchi  mamlakat  sifatida  jahon    hamjamiyatda  ko‘zga  ko‘rinib 
bormoqda.  Ana  shularning  barchasi  muayyan  ma‘noda    inson  nafosatli  dunyoqarashini,  tafakkurini  
sog‘lomlashtirishga  qaratilgan.  Bir  so‘z  bilan  aytganda,  sport  estetik      tarbiyaning  muhim  vositasi  sifatida 
―Farzandlari sog‘lom yurtning kelajagi porloq bo‘ladi‖,- degan maqsadni amalga oshirishga muhim hissa qo‘shadi.                              
     
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
                                                 
206
 Qarang: Эстетика. Словар. М., Политиздат, 1989. С.89. 



Yüklə 3,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   442   443   444   445   446   447   448   449   450




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə