Andijon mashinasozlik instituti



Yüklə 3,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə434/450
tarix15.01.2022
ölçüsü3,89 Mb.
#82889
1   ...   430   431   432   433   434   435   436   437   ...   450
Andijon mashinasozlik instituti

Me‟morlik.
  Bu  san‘at  turining  paydo  bo‘lishi  insonning  turar  joyiga  bo‘lgan  ehtiyojidan  kelib  chiqqan  va 
odamning estetik tabiati uni tobora go‘zallashtirib borishni talab etgan. Keyinchalik bu talab o‘limdan keyingi ―turar 
joyga‖  maqbarlarga  tadbiq  etilgan.  Undan  so‘ng  hukumdorlar  saroyilari,  devonxonalar  turli  rasmiy  va  norasmiy 
xizmat  binolari,  ibodatxonalar  ham  ana  shu  go‘zallik  qonuniga  binoan  qurilgan.  Ispaniyadagi  Al-Humro  masjidi, 
Olmoniyadagi Kyoln jomesi, Xivadagi Nurillavoy saroiy v. b. shular jumlasidan. 
Me‘morlik  –  mavjudligi  makon  bilan  shartlangan  san‘at  turi.  Unda  hajm,  makonni  egallash  xususiyati 
birinchi o‘rinda turadi, deyishadi, aslida ―xajm‖ emas, mahobat atamasini qo‘llash maqsadga muvofiq, zero mahobat 
ulug‘vorlik  ifoda  topgan  hajmdir.  Me‘morlikning  san‘at  sifatidagi  estetik  mohiyati  uning  kulgililik  xususiyatini 
inkor  qilishi  va  ulug‘vorlik  xususiyatini  barqaror  etishi  bilan  bog‘liq,  hech  bir  san‘at  turida  ulug‘vorlik  bu  qadar 
o‘zini  yaqqol  namoyon  qilmaydi.  Ayni  paytda  unda  tasviriylik,  noziklik,  injalik  kabi  go‘zallik  unsurlari  katta 
ahamiyatga  ega,  ular  mahobatning  tarkibiy  qismini  tashkil  etgani  holda,  xandasaviy  yoki  bargsimon  naqshlarda, 
stirkor  narsalarda,  devoriy  yozuvlarda,  peshtoqiy  tasvirlarda  o‘z  aksini  topadi.  Masalan,  Samarqanddagi  Registon 


majmuyiga  kiruvchi  SHerdor  madrasasini  1619-1939  olib  ko‘raylik.  Madrasa  peshtoqidagi  koshinkorli  bezak 
orasida  qora  zamini  koshinga  oq  harflar  bilan  me‘mor  Abdujabbor  nomi  bitilgan.  Peshtoq  ravog‘ining  tepasida 
qizg‘ish  zarhal  tusli  sher  oq  kiyikni  quvib  bormoqda.  Quyosh  bodomqovoq,  qiyiq  ko‘zli  tarzda  tasvirlanib,  yuzi 
zarhal  yog‘duga  yo‘g‘rilgan
197
.  Binoga  sinchikovlik  bilan  qarar  ekanmiz,  uning  bir  paytlar  mulavachchalar 
(talabalar) o‘qiydigan oliy o‘quv yurtlaridagi madrasa bo‘lganiga hatto ishongingiz kelmaydi.. 
Albatta  zamonaviy  me‘morlikda  bunday  jihatlarining  hammasini,  tasviriy  to‘kiislikni  uchratish  qiyin.  
Ayniqsa sho‘rolar davridagi o‘quv yurtlari, rasmiy va turar-joy binolari qurilishlari vaqt nuqtayi nazaridan an‘anaviy 
me‘morlikdan qanchalik uzoqlashgan sari, shunchalik san‘atlik xususiyatini yo‘qotib bordi. Masalan, ikkinchi jahon 
urushi davridagi me‘morlik qurilishlari (Alisher Navoiy nomidagi katta akademik teatr binosi) bilan 60-80 yillarda 
tiklangan  binolarni  solishtirishda  bu  farq  yaqqol  ko‘rinadi.  Ayniqsa  turar  joy  binolarining  bir  xilligi,  xususan, 
to‘qqiz  qavvatli  ―quti‖larga  me‘morlik  san‘ati  haqida  o‘ylashing  o‘zi  g‘ayritabiiy  tuyuladi.  Buni  mashhur  rus 
kinorejisyori E.Razyanov o‘zining  hammamiz  yaxshi biladigan  ―Qushday engil bo‘ling‖  filmida  ko‘rsatib bergan. 
Filmning  premerasida  dastlab  ekranda  meksikancha  shlyapa  kiygan,  qo‘lida  ulkan  qamchi  tutgan,  qavog‘i  soliq  
haybatli  kishi  paydo  bo‘lgan.  U  me‘morlik  san‘ati  qo‘llangan  turli  ko‘rinishdagi  binolarni  har  qamchilaganida 
yalong‘ochlab  (avval  tomlardagi  va  peshtoqlardagi,  keyin  derazalardagi  va  devorlardagi  bezaklarni  ko‘chirib 
tushirish asnosida) bir xildagi ―quti‖larga  aylantirib chiqadi(keyinchalik  «qamchili hukmdor» olib tashlandi). Ana 
shundan so‘ng bir xildagi «qutilarga joylashgan» sovet kishilarining kulgili sarguzashtlari boshlanar edi. 
Insonga asosan ishlab chiqaruvchi  kuch sifatida qaragan, har bir shaxsning noyob  hodisa, takrorlanmas oliy 
qadriyat  ekanligi  tan olinmagan totalitar tuzum  me‘morlikka  san‘at,  ya‘ni  ma‘naviy qadriyat  tarzida  munosabatda 
bo‘lmasdi  ham.  Ne-ne  me‘moriy  yodgorliklarning  –  yuzlab  qadimgi,  takrorlanmas  sa‘nat  namunalari  hisoblangan 
madrasalar,  maqbaralar  va  cherkovlarning  portlatib  tag-tugi  bilan  yo‘q  qilib  tashlanganini  eslang.  Mustaqillikka 
erishganimizdan so‘ng me‘morlik yana o‘zining san‘atligiga qaytdi. Respublikamiz prezidenti Islom Karimovning 
tashabbusi  bilan  qator  me‘moriy  majmular,  loyihalar  yaratildi,  qadimgi  yodgorliklar  ta‘mirlandi.  Shuning  natijasi 
o‘laroq, bugun biz Imom Buxoriy me‘moriy majmui 
 
kabi ulug‘vor san‘at namunalariga egamiz. Yakka tartibdagi 
binolar  ham,  jamoat  binolari  ham,  ishlab  chiqarish  inshoatlari  ham  endilikda  har  xil  original  loyihalar  asosida, 
me‘morlik san‘ati qoidalariga binoan bunyod etilmoqda. 
Zero har bir binoni umumiy qolip asosida emas, alohida me‘mor  – arxitektor taklif qilgan loyiha vositasida 
bunyod  etilishi  me‘morlikning  san‘at  ekanini  belgilaydigan  eng  muhim  omil  hisoblanadi.  Chunki    me‘mor  – 
quruvchi-injener    emas,  san‘atkor.  Uning  uchun  bino  loyihasi  shunchaki  hisob-kitob  qilingan  chizmalar  emas, 
ilhom, iste‘dod natijasi bo‘lgan ijodiy ish, bo‘lajak asarning g‘oyasi va rejasidir. Shu bois ba‘zi bizgacha etib kelgan 
ulug‘vor, go‘zal me‘moriy obidalar Amir Temur, (Samarqanddagi Amir Temur Jome masjidi), Ulug‘bek (Ulug‘bek 
madrasasi, Observatoriya) kabi hukmdorlar loyihalari asosida qurilgani bejiz emas. 
Hozirgi paytda zamonaviy materiallar asosida qurilayotgan binolar ham san‘atlik xususiyatiga ega ekani bilan 
diqqatga sazovor. Ularda ko‘rgazmali-amaliy san‘at, atrof-muhit go‘zallashtirish estetikasi binoning mahobati bilan 
uyg‘unlashib ketadi. Natijada bino yanada ulug‘vorroq ko‘rinish kasb etadi. M., «SHeraton» mehmonxonasi, Oliy 
Majlis binosi kabi inshootlarni shunday zamonaviy me‘morlik namunalari qatoriga kiritish mumkin. 

Yüklə 3,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   430   431   432   433   434   435   436   437   ...   450




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə