Andijon mashinasozlik instituti



Yüklə 3,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə436/450
tarix15.01.2022
ölçüsü3,89 Mb.
#82889
1   ...   432   433   434   435   436   437   438   439   ...   450
Andijon mashinasozlik instituti

aykaltaroshlik. 
Eng  qadimgi,  ibtidoiy  davrlardan  boshlab  hozirgacha  haykaltaroshlik  o‘z  maqeini 
yo‘qotmay  kelayotgan  san‘at  turlaridan  biri.  Haykaltaroshlik  materiali  bo‘lib,  yumshoq  (ganch)  va  qattiq  (tosh, 
yog‘och)  substrat  xizmat  qiladi.  Lekin  haykalning  tayyor  holatida  yumshoq  materiallarning  ham  qattiqlashganini 
ko‘ramiz.  M.,  ganch,  eritilgan  mis,  brinj  avval  suyuq  (yumshoq  holida  bo‘lib,  zarur  qoliplarga)  solgandan  keyin 
qattiqlashadi. 
Bu  san‘atning  asosida  faqat  oniy,  bir  lahzalik  san‘at  tasviri  yotadi.  Haykaltarosh  tomonidan  ana  shu  eng 
muhim harakatini topish hamda unga mos nur va soyani tanlash yuksak isde‘dodni talab qiladi. Zero o‘sha tanlangan 
oniy harakt bizga avvalgi haraktlar haqida estetik tasavvur beradi va bo‘lajak harakatlarga ishora qiladi. Shu uch  – 
(o‘tgan,  hozirgi,  kelasi)    zamondagi  harakat  ifodasi  joy,  nur  va  soyaning  o‘rin  almashishi  bilan  o‘zgaradi,  ya‘ni 
haykal ma‘lum ma‘noda o‘zgacha tovlanish kasb etadi. Boshqacha qilib aytganda, haykal nur va soya o‘yini bilan 
idrok etuvchini maftun qiladi. Unda estetik hissiyot uyg‘otadi. 
Haykaltaroshlik monumental san‘at deyiladi. Chunki  ko‘pincha u katta hajmli haykallar yoki majmularni o‘z 
ichiga oladi. Ayni paytda uning kichik hajmdagi va har biri o‘ziga xos bo‘lgan holda muayyan yuzalikda shakllar 
uyg‘unligini  tashkil  etadigan  ko‘rinishlari  ham  mavjud.  Haykaltaroshlikning  birinchi  hiliga  alohida  makonni 
egallagan va har hil rakkursda tomosha qilish mumkin bulgan asarlar kiradi. Unga qadimgi Yunonistonning Rodost 
oralidan chiqqan san‘atkorlar  Agesandr,  Atenador va  Polidor yaratgan  mashhur  «Lokon»  haykallar  majmui  misol 
bo‘la  oladi.  Ikkinchi  hil  haykaltaroshlik  releflarda,  peshtoqlar  va  devorlarni  bezab  turuvchi  bo‘rtma  shakllarda, 
asosan me‘morlik san‘atiga singishib ketgan holda namoyon bo‘ladi. Masalan, buddhachilik davriga oid «Ayritom 
musiqachilari» deb shartli nomlanadigan bo‘rtma haykallar guruhi shular jumlasidan.  
Haykaltaroshlik hayvonlarni,  o‘simliklarni ham tas‘virlaydi. Lekin uning asosiy  mazmuni  –  inson va  uning 
ruhiyati. Haykaltarosh, sumba, iskana, qolib yoki lo‘mboz vositasida bizga toshdagi, yog‘ochdagi, (bironza) birinch 
yoki ganchdagi inson qiyofasini taqdim etadi. Badiiy qiyofa qanchalik jonli chiqsa, uni turli nuqtadan tomosha qilish 
imkoni qancha  keng bo‘lsa, o‘sha  asar haqiqiy  san‘at  namunasi deb qabul qilinadi.  Haykallar san‘at  asari sifatida 
bir-birini  takrorlamasligi  kerak.  Shu  bois  sho‘rolar  davrida  bir  qolipda  quyilgan,  har  bir  maydonga,  guzarlarga, 
davlat idoralari oldiga o‘rnatilgan ulug‘ rahbarning qiyofasi, bir qolipda quyilgan «dohiylar» haykallari hech qachon 
san‘at asari bo‘lolmaydi.  
Ko‘pgina  san‘at  turlarida  bo‘lganidek,  haykaltaroshlik  ham  deyarli  barcha  estetik  xususiyatlarni  namoyon 
etadi.  M.,  poytaxtdagi  Motamsaro  Ona  haykali  fojeaviylikni,  D.Qutimurodov  yog‘ochdan  ishlagan  «Qoraqalpoq 
qizi» go‘zallikni, Toshkent zilzilasiga bag‘ishlangan me‘morial – ulug‘vorlikni o‘zida in‘ikos ettiradi.       

Yüklə 3,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   432   433   434   435   436   437   438   439   ...   450




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə