Андижон вилояти жисмоний маданият ва спорт бошқармаси андижон шахар 1- болалар ўсмирлар


Savat oldida turib shchitdan qaytganda to‘p tashlash mashqlari



Yüklə 15,44 Mb.
səhifə19/34
tarix16.04.2023
ölçüsü15,44 Mb.
#105848
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   34
Uslubiy qo\'llanma

Savat oldida turib shchitdan qaytganda to‘p tashlash mashqlari.
Savat oldida turib shchitdan qaytganda to‘p tashlashlar – ikkita to‘p.
Bu mashq bo‘yicha rejalashtiriladi, u savatga (shchitdan qaytganda) to‘p tashlashlar amaliyoti sifatida yaxshi ish beradi. Xonaning har bir tomonida past blokda bittadan to‘p qo‘yib chiqing. Bir o‘yinchi (hujumchi zona bo‘ylab) siljib harakatlanadi hamda past blokdan to‘pni ko‘tarib olib, kuchli to‘p tashlashni (shchitdan sapchitib) bajaradi. Ikkita boshqa o‘yinchi zonaning har bir tomonidan joy egаllaydilar. Ularning vazifasi-hujumchi keyinchalik yana tashlashni bajarish uchun zonalariga uchib kelgan to‘pni ko‘tarib olish va dastlabki nuqtasiga (pastki blokka) joylashtirish. Mashq 30 sekund davomida bajariladi, shundan so‘ng o‘yinchilar vazifalari bilan almashadilar.
Savat oldida turib (shchitdan qaytganda) va aldamchi harakat bilan to‘p tashlashda ikkita to‘p.
Bu mashq xuddi avvalgi mashq sifati bajariladi. Farqi shundaki, hujumchi to‘p tashlashni bajarilishdan oldin aldamchi harakatni qo‘llaydi.
Perimetr bo‘ylab to‘pni olib yurmasdan kuchli to‘p tashlash (shchitdan sapchitib)
Bu mashqning maqsadi-to‘pni olib yurmasdan zonada sakrab to‘xtashni va kuchli to‘p tashlashni amalda sinash har bir o‘yinchining qo‘lida bittadan to‘p va ular erkin zarba chizig‘idan boshlashadi. Hujumchi aldamchi harakatni bajaradi, o‘ng qo‘lda to‘p olib yurishni oshiradi (raqibning to‘pga bir marta tegishidan iborat bo‘lishi kerak, keyin zonada to‘xtaydi va yuqоriga sakrab to‘p tashlashni bajaradi. Tashlashdan so‘ng ikkinchi o‘yinchi xuddi shu mashqni bajaradi, mashqni bajarish vaqti 30 soniya keyin ular driblingni chap qo‘lga yoki perimeter bo‘ylab boshqa joyga o‘zgartiradilar.
Harakatlanishda to‘p tashlashlar.
Jamoa ikkita qatorga bo‘linadi. Birinchi qatordagi birinchi ikki o‘yinchi to‘pga egаlik qiladi. 1-o‘yinchi to‘pni savat tomonga olib boradi, chap qatordagi 21-o‘yinchi esа, u bilan bir vaqtda savatga tomon harakatni boshlaydi, 1-o‘yinchi 2-sherigiga poldan sapchitib to‘p uzatadi. To‘pni qabul qilib olib sherigi depsinib yuqоriga sakraydi va to‘pni tashlashni bajaradi, 1-o‘yinchi qaytgan to‘pni ilib oladi va 2-o‘yinchiga uzatadi, 2-o‘yinchi to‘p yon chiziq tomonga olib yurishni boshlaydi va o‘ng tarafdan qatorda turgan keyingi o‘yinchiga to‘pni uzatib o‘sha yеrdan joy egаllaydi. 1-o‘yinchi chap qatorga ketadi, 3 va 4-o‘yinchilar ham loylarini o‘zgartirgan holda shunday yo‘l tutadilar.

Yüklə 15,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə