Angren universiteti



Yüklə 125,29 Kb.
səhifə6/10
tarix05.07.2023
ölçüsü125,29 Kb.
#119299
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Kurs ishi mavzu Raqobatning turli modellarida narxning shakllan

O‘rtacha daromad - sotilgan bir birlik mahsulotga to‘g‘ri keladigan daromaddir, ya’ni:
.
Chekli daromad ( ) - bu qo‘shimcha bir birlik ne’matni sotish natijasida umumiy daromadning o‘sgan qismi , ya’ni:
.
Raqobatli bozorning uzoq va qisqa muddatli muvozanati.
Bozor tomonidan narxlar o‘rnatiladigan sharoitda, foydani maksimallashtirishning asosiy yo‘li bu ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish va bozorga chiqishni nazorat qilishdir. Bunday sharoitdan kelib chiqib, firma o‘zi uchun masimal foyda olishi mumkin bo‘lgan optimal ishlab chiqarish xajmini belgilab olishi shart.
Qisqa muddatli oraliqda firma kapitali xajmi o‘zgarmaydi, shuning uchun u foydani maksimallashtiradigan o‘zgaruvchan ishlab chiqarish omillari hajmini tanlashi lozim bo‘ladi. Ma’lumki, foydani maksimallashtirish bu umumiy daromad bilan umumiy xarajatlar ayirmasini maksimallashtirish demakdir, ya’ni
.
Firmaning daromad, xarajati va foydasi

Ishlab chiqarish xajmi
Q

Narx
P

Daromad

Xarajat

Foyda
Profit

Yalpi
TR

Chekli
MR

Yalpi
TC

Chekli
MC

0

50

0

-

400

-

-400

10

50

500

50

500

10

0

20

50

1000

50

700

20

300

30

50

1500

50

1200

50

300

40

50

2000

50

1800

60

200

50

50

2500

50

2500

70

0

Shunday qilib, firmaning chekli daromadi bilan chekli xarajati bir-biriga teng bo‘lganda foyda maksimal qiymatga erishadi. foydani maksimallashtirish sharti bo‘lib, firma qaysi bozorda (raqobatlashgan, monopol, oligopol) faoliyat ko‘rsatmasin, u o‘z kuchini saqlab qoladi.


Yuqoridagi mulohazalardan shu kelib chiqadiki, agar bo‘lganda, firma mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirishi kerak (har bir qo‘shimcha ishlab chiqarilgan mahsulot umumiy foydani oshirib boradi), agar bo‘lsa - ishlab chiqarish hajmini qisqartirish kerak bo‘ladi.
Raqobatlashuvchi firmaning muvozanat holati.2 Biz ko‘rgan edikki, raqobatlashgan bozorda narx bozor tomonidan belgilanadi va unga firma ta’sir qila olmaydi. Bunday bozorda harakat qilayotgan firmaning chekli daromadi narxga teng, ya’ni . Demak, raqobatlashuvchi firma foydasini maksimallashtirish sharti (qoidasi) shundan iboratki, firma ishlab chiqarish hajmini shunday tanlashi kerakki, bu hajmda narx chekli xarajatga teng bo‘lsin:
.
Umumlashtirib aytadigan bo‘lsak, raqobatlashgan bozorda harakat qilayotgan firma qisqa muddatli oraliqda xarajatlari bilan daromadlarini taqqoslagan holda foydani maksimallashtirishda chekli mahsulot va ishlab chiqarishni to‘xtatish qoidasiga amal qiladi.
Chekli mahsulot qoidasiga ko‘ra firma mahsulot ishlab chiqarish hajmini chekli daromad bilan chekli xarajatning tengligini ta’minlaydigan darajada ushlab turishga harakat qiladi .

Yüklə 125,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə