Aniq fanlar yo‟nalishi metodbirlashmasining 2023-2024- o`quv yilida o`tkazilgan umumiy yig`ilish bayoni №1 31 avgust 2023 yil. Zomin tumani



Yüklə 229,19 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix28.11.2023
ölçüsü229,19 Kb.
#136119
ANIQ FANLAR YO`NALISHI METODBIRLASHMASINING 1-yig`ilishi



ANIQ FANLAR YO‟NALISHI METODBIRLASHMASINING
2023-2024- O`QUV YILIDA O`TKAZILGAN UMUMIY YIG`ILISH
BAYONI
№1
31 avgust 2023 yil. Zomin tumani 
Yig`ilish raisi: G`. Dehqonov - Aniq fanlar metod birlashmasi rahbari 
Yig`ilish kotibi: X. Hasanov-Informatika fani o`qituvchisi. 
Qatnashdilar:
Maktab O`TIBDO` G`ofur Eshonqulov va 7 nafar barcha Aniq fanlar yo`nalishi metod 
birlashmasi a’zolari. 
KO`RILADIGAN MASALALAR:
1. O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi Vazirining
2022-yil 5-dekabrdagi 372- 
sonli buyrug`i 
dagi umumiy o`ta ta`lim maktablari o`qituvchilariga uzluksiz metodik 
xizmat ko`rsatish tartibi va undagi boblar haqida . 
2. Umumiy o`rta ta’lim maktablarida o`quv-tarbiya jarayoni sifatini yanada 
yaxshilash, pedagog xodimlarga o`z vaqtida metodik yordamni tashkil qilish 
maqsadida yilning avgust oyida 
va har chorakda kamida bir marta 
fan 
metodbirlashmalari yig`ilishi o`tkazib borish. 
3. Har bir chorak yakuniga ko`ra Aniq fanlar yo`nalishi o`quvchilardagi bo`shliqlarni 
to`ldirish, murakkab mavzularni osonroq tushuntirish bo`yicha metodik tadbirlarni 
tashkil etish va yosh pedagoglarga tajribali ustozlarni biriktirib, kasbiy rivojlantirishga 
sharoit yaratib berish; 
Eshitildi:
Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan so`zga maktab Aniq fanlar yo`nalishi 
metod birlashmasi rahbari Dehqonov G`ulomjon chiqib O`zbekiston Respublikasi Xalq 
ta`limi Vazirining 2022-yil 5-dekabrdagi 372-sonli buyrug`idagi umumiy o`rta ta’lim 
maktablari o`qituvchilariga uzluksiz metodik xizmat ko`rsatish tartibi va undagi boblar 
haqida metodbirlashma a’zolariga tushinchalar berib O`zbekiston Respublikasi Xalq 
ta’limi Vazirining 2022-yil 5-dekabrdagi 372-sonli buyrug‟ini o`qib eshittirdi. Mazkur 
buyruqda 5-ta ilovaning mavjudligi hamda yangi kiritilgan o`zgartirishlar to`g`risida to`xtalib 
o`tdi. 
Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan so`zga maktab O`TIBDO` G`ofur Eshonqulov 
chiqib O`zbekiston Respublikasi Xalq ta‟limi Vazirining 2022-yil 5- dekabrdagi 372-sonli 
buyrug‟ida Umumiy o`rta ta’lim maktablarida o`quv-tarbiya jarayoni sifatini yanada
yaxshilash, pedagog xodimlarga o`z vaqtida metodik yordamni tashkil qilish maqsadida 
yilning avgust oyida 
va har chorakda kamida bir marta 
fan metodbirlashmalari yig`ilishi 
o`tkazib borish kerakligini aytib o`tdi.


Kun tartibidagi so`nggi masalalar yuzasidan so`zga maktab - Aniq fanlar yo`nalishi 
metod birlashmasi rahbari Dehqonov G`ulomjon chiqib har bir chorak yakuniga ko`ra Aniq 
fanlar yo`nalishi o`quvchilardagi bo`shliqlarni to`ldirish, murakkab mavzularni osonroq 
tushuntirish bo`yicha metodik tadbirlarni tashkil etish va yosh pedagoglarga tajribali 
ustozlarni biriktirib, kasbiy rivojlantirishga sharoit yaratib berish bo`yicha takliflar kiritib 
o`tdi.
Shu jumladan “Uztoz-shogird” an’anasini davom ettirgan xolda yosh o`qituvchilarni 
maktabda faoliyat yuritayotgan tajribali ustoz o`qituvchilarga shogird sifatida biriktirish 
bo`yicha quyidagi taklif kiritildi. 
Qoraboyeva Gulbaxor va Xudoyboqava Sayyoralani shogird sifatida ona tili va 
adabiyot o`qituvchisi ustoz Xolboyeva Dilafruzga, Xasanov Xoliqnazar va Oripova 
Ro`zigulni shogird sifatida matematika o`qituvchisi ustoz Dehqonovga, Rasulov Muxriddin 
rus tili fani o`qituvchisi ustoz Abdurasulova Jamilaga biriktirish taklifi kiritildi
Muzokara uchun so`zga chiqqan Aniq fanlar yo‟nalishi metod birlashma a’zolaridan 
Qayumov Sanjar, Orip[ova Ro`zigul, Rasulov Muxriddin, Xasanov Xoliqnazar va 
Xudoyboqova Gulbaxorlar ushbu taklifni ma`qullab ma`lumot hamda amalda qo`llash 
zarurligini aytib o`tishdi. 
Yuqoridagilarga asosan Aniq fanlar yo`nalishi metod birlashmasi umumiy yig`ilishi 
QAROR QILADI
1. O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi Vazirining 2022-yil 5-dekabrdagi 372-sonli 
buyrug`idagi umumiy o`rta ta’lim maktablari o`qituvchilariga uzluksiz metodik xizmat 
ko`rsatish tartibi haqidagi yangi buyrug`i ma`lumot va ijro uchun qabul qilinsin. 
2. O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi Vazirining 2022-yil 5-dekabrdagi 372-sonli 
buyrug’ida Umumiy o`rta ta‟lim maktablarida o`quv-tarbiya jarayoni sifatini yanada 
yaxshilash, pedagog xodimlarga o`z vaqtida metodik yordamni tashkil qilish 
maqsadida yilning avgust oyida 
va har chorakda kamida bir marta 
fan 
metodbirlashmalari yig`ilishi o`tkazib borish kerakligi ma’lumot va ijro uchun qabul 
qilinsin. 
3. Har bir chorak yakuniga ko`ra Aniq fanlar yo`nalishi o`quvchilardagi bo`shliqlarni 
to`ldirish, murakkab mavzularni osonroq tushuntirish bo`yicha metodik tadbirlarni 
tashkil etish va yosh pedagoglarga tajribali ustozlarni biriktirib, kasbiy rivojlantirishga 
sharoit yaratib berish tayyorlagan ishlarini tashkil qilish bo`yicha chora-tadbirlar ishlab 
chiqilsin. 
Yig‟ilish raisi: G`. Dehqonov
Yig‟ilish kotibi: X. Hasanov

Yüklə 229,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə