Aniq-tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti tabiiy fanlar kafedrasi



Yüklə 1,82 Mb.
tarix10.05.2023
ölçüsü1,82 Mb.
#109432
Amaliyot hisoboti (2)



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


O’ZBEKISTON-FINLANDIYA PEDAGOGIKA INSTITUTI
ANIQ-TABIIY FANLAR VA JISMONIY MADANIYAT FAKULTETI
TABIIY FANLAR KAFEDRASI
60111000 - Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari ta’lim yo’nalishi


225-guruh talabasi
Ergasheva Pokizaning
Malakaviy-pedagogik amaliyot bo’yicha umumiy
HISOBOTI

Amaliyot manzili: Samarqand viloyati Samarqand shahar 71-umumiy o’rta ta’lim maktabi
Amaliyot rahbari: Xurramova N
SAMARQAND – 2023
O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti Aniq-tabiiy jismoniy madaniyat fakukteti geografiya va iqtisodiy bilim asoslari yo'nalishi 2-kurs talabalarining pedagogik amaliyotni boshlash munosabati 2023-yil 8-fevral kuni yig'ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda institut o‘qituvchilari amaliyotda bajariladigan ishlar bo‘yicha tushunchalar berishdi.
Biz 225-guruh talabalari o‘qituvchi Xurramova N rahbarligida Samarqand shahar Xalq ta'limi bo'limiga qarashli 71-umumiy o’rta ta’lim maktabiga pedagogik amaliyotni o‘tash uchun bordik.
Samarqand shahar Xalq ta'limi bo'limiga qarashli 71-umumiy o’rta ta’lim maktabi ma'muriyati bizni kutib oldi. U yerda ham amaliyotchilarga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi. Yig'ilishda maktab direktori Axmedova Z butun amaliyotchilarni ichki qoidalar haqida tushuncha berdi.Shundan so'ng biz amaliyotchilar fan o‘qituvchilariga biriktirildik.



Pedagogik amaliyotning boshlang'ich ilk kunlarida biz o‘qituvchilarning dars o‘tish metodini o'rgandik.Ikkinchi haftadan o‘qituvchi yordamida dars o‘tishni boshladik va bir vaqtning o'zida 6-“B” sinf rahbari Farxodova Sh bilan rahbarlik ishlarini o‘rganishni boshladik.




Maktabning geografiya xonasida dunyoning siyosiy xaritasi, O'zbekistonning tabiiy xaritasi va globus mavjud. Bulardan tashqari o'quvchilar yasagan ko'rgazmali qurollar ham bor.


Biz darsni kuzatish davomida o'qituvchi va o'quvchi o'rtasidagi o'zaro hurmatni ko'rdik. O'quvchilar juda bilimga chanqoq va qiziquvchan ekan.


Dars ishlanma tayyorlashni o'rgandik.Ushbu dars ishlanma,, Fransiya Respublikasi '' mavzusida edi.

Biz o’tayotgan amaliyot davrida 11-sinflarni o’qishga hujjat topshirish joylarini ko’paytirish uchun Samarqand Turizm texnikumiga sayohat uyushtirdik va u yerni shart-sharoitlari bilan tanishdik.



Amaliyot o’tash jarayonini oxirigi kunlarida biz kichik sinflarga Tabiiy fanlardan dars o’tib berdik. Bu darslarga o’quvchilar katta qiziqish bilan qatnashishdi.



Biz bu maktabni o’rganishda o’qituvchilik kasbi haqida juda yaxshi hulosaga keldik. Amaliyotimiz faoliyati oxirida barcha hisobot hujjatlarini taxlab, maktab direktoriga imzo va pechatlatib bu maktabdagi faoliyatimizni yakunladik.






Amaliyotchi talaba: Ergasheva P


Amaliyot rahbari: Xurramova N


Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə