Antidangasalik



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/29
tarix12.12.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#148883
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Antidangasalik

Nima qilish kerak? 
Buning uchun ertangi kunlik rejalarni tuzganda vaqtni emas, energiyani
markaziylashtirishimiz kerak. Ya’ni biz o‘zimizga muayyan vaqtda biror ishni qilishni
belgilamasdan, ertangi qiladigan ishlarimiz ro‘yxatini tuzib chiqishimiz kerak bo‘ladi.
Shunda biz ishlarni o‘zimizning holatimizdan kelib chiqqan holda bajarish imkoniga ega
bo‘lamiz. Biz bu yerda sizning energiyangizni to‘g‘ri taqsimlab, topshiriqlarni bajarishni
o‘rganib olamiz. Topshiriqlarni to‘g‘ri tuzish haqida esa keyinroq gaplashamiz.
Cheklistdan foydalanish 
Biz hammamiz nima foydali va nima zararli ekanligini, nima qilishimiz kerag-u, nima
qilmasligimiz kerakligini yaxshi bilamiz. Misol uchun, hammamiz yaxshi bilamizki, ertalab
badantarbiya qilish kerak va bu foydali. Ammo kim shu ishni qiladi? Amalda
biladiganlardan qiladiganlar kamroq. Bu degani, bilishning o‘zi yetarli emas. Kitobda berib



boradigan kichik topshiriqlarning barchasini amaliyotda qo‘llashingiz sizga kerakli
natijalarni olib keladi. Topshiriqlar oson bo‘lgani tufayli siz ularga ko‘p vaqt ajratmaysiz.
Topshiriqlarni bajarish jarayonida sizga quyidagicha cheklist zarur bo‘ladi. 
“Topshiriqlar” deyilgan bo‘limga siz kitobda berib boriladigan topshiriqlarni kiritasiz.
Keyinchalik bunga o‘zingiz ham qo‘shimchalar kiritishingiz mumkin. Bajargan
topshirig‘ingizning to‘g‘risidagi sanaga moslagan holda “+” ishorasini, bajarmagan
kuningizga “–” ishorasini qo‘yib borasiz. “Indikatorlar ” deb yozilgan bo‘limga esa
bajargan topshiriqlarning miqdorini yozib borasiz. Bu sizga o‘zgarishlar natijasini ko‘z
bilan ko‘rib borishga yordamlashadi. Jadvalni bugunoq chiqartirib, har kuni ko‘zingiz
tushadigan joyga ilib qo‘ying.
Nega jadval kerak? Jadval muhim ahamiyatga ega. Bunda siz bajargan
topshiriqlaringizga “+” ishorasini qo‘yib borish orqali zanjir hosil qilasiz. Bu esa sizga



psixologik ta’sir ko‘rsatadi va ularni uzishingizga yo‘l qo‘ymaydi. Siz bo‘sh katakni
ko‘rishingiz bilan ongsiz ravishda uni to‘ldirishga intilasiz.

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə