Antidangasalik



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/29
tarix12.12.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#148883
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Antidangasalik

Affordans nazariyasi
3
1966-yilda psixolog Jeyms J. Gibson (James Jerome Gibson) o‘zining “The Senses
Considered as Perceptual Systems” kitobida Affordans nazariyasini keltirib o‘tadi. Bu
nazariyaga ko‘ra, atrofimizdagi narsalarning bari o‘z shaklidan kelib chiqqan holda bizni
ushbu narsa qanday vazifani bajarsa, shuni qilishga undaydi. Misol uchun, stulni
ko‘rsangiz, o‘tirishni xohlaysiz, divanni ko‘rsangiz — yotishni, eshikni ko‘rsangiz —
ochishni, bakalni ko‘rsangiz — ushlashni, telefonni ko‘rsangiz — olib ishlatishni xohlaysiz.
Bu nazariyani o‘zimizning foydamizga ishlatishimiz mumkin. Buning uchun
shakllantirmoqchi bo‘lgan odatlarimizni ko‘zga yaqqol tashlanadigan, oson va qulay
qilishimiz, yo‘qotmoqchi bo‘lgan odatlarimizni esa ko‘zdan nari, bajarish qiyin bo‘lgan
holatga keltirishimiz zarur. Shu bois ham yuqoridagi jadvalni ko‘zimizga tashlanadigan
joyga ilib qo‘yishimiz kerak bo‘ladi. Dangasalikka sabab bo‘ladigan narsalardan yana biri
— tartibsizlik. Sizning atrofingizda hozirgi ishingizga tegishli bo‘lmagan narsalarning ko‘p
bo‘lishi, Affordans nazariyasiga ko‘ra, sizni asosiy ishlardan chalg‘itib yuboradi. Shu bois
ishlayotgan vaqtingizda atrofingizda ortiqcha narsalar bo‘lmasligi muhim.
Uyqu rejimini to‘g‘rilashning foydasi 
Dangasalik kelib chiqishining asosiy sabablaridan yana biri — charchoq. Insonlarning
energiyasi tugashi tufayli ishlarni bajarishga layoqati bo‘lmaydi. Energiya to‘ldirishning
yo‘li bu uyqu rejimini to‘g‘rilash va to‘g‘ri ovqatlanishdir. Afsuski, hozirda ko‘pchilikda
uyqu borasida xato fikrlar juda ko‘p. Ayrimlar ishlarini tezroq bitirish uchun uyquni
qisqartirishga urinadi, bu esa foyda o‘rniga ko‘proq zararga ishlaydi. 2017-yil iyun oyida
Vestern universitetining Miya va aql instituti neyrobiologlari 40 000 kishi ishtirokida tungi
uyqu yuzasidan so‘rovnoma o‘tkazdi
4
. Barcha ishtirokchilarning qariyb yarmi 6,3 soatdan
kam uxlashlarini xabar qilishdi. Tadqiqot yetakchi professori Konor Uayld (Conor Wild)



bunday deydi: “Biz miyangiz eng yaxshi ishlashini ta’minlash uchun uyqu miqdori 7-8 soat
bo‘lishi kerakligini isbotladik. Shuningdek, bundan ko‘p va kam uxlaganlarda zaiflashish
holati yuzaga kelishini aniqladik”.
Demak, siz o‘z cheklistingizning “Indikatorlar” bo‘limiga har kuni necha soat
uxlaganingizni qayd qilib borishingiz kerak bo‘ladi.
Inson miyasining peshona qismi markazida epifiz bezi joylashgan. Bu bez o‘zidan
melatonin gormonini ishlab chiqaradi. Melatonin
5
ishlab chiqarish jarayoni ko‘zga
yorug‘lik nuri tushishdan to‘xtaganda boshlanadi. Bu inson biologik soati bilan
chambarchas bog‘liq, ya’ni tungi soat 21 va 22 oralig‘ida ro‘y beradi. Ammo hozirgi kunda
ko‘pchilik bu paytda televizor, kompyuter qarshisida yoki qo‘lida telefon bilan o‘tirgan
bo‘ladi. Bu esa tun bo‘lishiga qaramay, ko‘zga yorug‘lik nurlari tushishini ta’minlaydi.
Melatonin gormoni ishlab chiqarilishi kechikib, biologik soat bilan mos tushmay qoladi va
sizning uyqingiz kelmaydi, shuningdek, sizda yana charchoq alomatlari sezila boshlaydi.
Shu bois siz kechki payt telefoningizdagi “Tungi rejim” va “O‘qish rejim”larni yoqib
qo‘yishingiz zarur. Bu telefoningizdan chiqayotgan ultrabinafsha nurlarini to‘sib qolib,
melatonin gormoni ishlab chiqishiga xalal bermaydi. Bundan-da yaxshi usul shuki, siz
yotoqqa borishingizdan kamida yarim soat avval telefon yoki kompyuterdan foydalanishni
to‘xtatishingiz zarur.
Demak, siz o‘z cheklistingizning “Amaliyotlar” bo‘limiga “Ekranda tungi rejim”
topshirig‘ini kiritishingiz va belgilab borishingiz kerak bo‘ladi.

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə