Antropogenezning paleontologik fan dalillari


Irqlar va ularning kelib chiqishi



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə2/4
tarix16.02.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#100865
1   2   3   4
Antropogenezning paleontologik fan dalillari

Irqlar va ularning kelib chiqishi


Har bir populyatsiyadagi odamlar o‘zaro bo‘yi, yuz tuzilishi, terisi, sochining rangi va boshqa belgilar bilan farq qilishi tabiiy bir hol. Bu shaxsiy o‘zgaruvchanlik oqibatidir. Irqiy belgilar ayrim odamlargagina emas, balki butun jamoaga xos bo‘lib, ma’lum yashash sharoiti bilan uzviy bog‘liq. Barcha irqlarning ajdodlari bundan 90—92 ming yil oldin paydo bo‘lgan. O‘sha davrdan boshlab odamlar sayyoramizning turli bir-biridan keskin farq qiladigan o‘lkalarga tarqalib yashay boshlagan va albatta muhit odamlar tashqi qiyofasiga uzoq yillar davomida o‘z ta’sirini ko‘rsatgan.
Negroid irqi vakillarining terisi qora yoki to‘q jigarrang, sochi qora, jingalak, burni puchuqroq, keng, lablari qalin bo‘ladi.
Mongoloid irqiga kiruvchilar terisi bug‘doy rang yoki tiniqroq, qirg‘izqovoq, sochi to‘g‘ri va qattiq, soqol va mo‘ylovlari kam yoki rivojlanmagan, yonoqlari bo‘rtib chiqqan, lab va burunlari o‘rtacha qalinlikda va bodomqovoq bo‘ladi. Irqiy belgilar odamlarning yashash sharoitiga moslashishi oqibatida paydo bo‘lgan. Chunonchi, negroid irqida tananing qora bo‘lishi quyosh nurlaridan himoyalanishda, mongoloid irqida ko‘zning kichik va qiyiq bo‘lishi chang-to‘zonlardan himo- yalanishda yordam bergan.
Yevropeoid irqiga mansub odamlar terisining rangi oqish, sochi yumshoq, to‘g‘ri, sersoqol, sermo‘ylov, burunlari tor, lablari yupqa bo‘ladi.
Nima sababdan kishilar o‘rtasida bunday farqlar paydo bo‘lgan? Olimlar fikriga ko‘ra, hozirgi zamon odami shaklla nish

NEGROID YEVROPEOID MONGOLOID 83-rasm. Odamlarning irqlari.
jarayonida uning dastlabki vatani hisoblangan Janubiy-Sharqiy Osiyo va unga qo‘shni Shimoliy Afrikada ikki irq – janubig‘arbiy va shimoliy-sharqiy irqlar paydo bo‘lgan. Birinchi tarmoq keyinchalik yevropeoid va negroid irqlarinig, ikkinchi esa mongoloid irqining kelib chiqishiga sabab bo‘lgan.
Yevropeoid va negroid irqlarining ajralishi bundan taxminan 50—40 ming yil oldin boshlangan.
Mashhur genetik olim N.I. Vavilov 1927-yilda organizmlarning yangi formalarini paydo bo‘lishi retsessiv genlarga ega individlarning markazdan chetga chiqish qonuni asosida ro‘y berishini kashf etdi. Bu qonunga muvofiq tur tarqalgan areal markazida dominant belgilarga ega bo‘lgan formalar hukmronlik qilib, uning atrofini retsessiv genlarga ega bo‘lgan geterozigota formalar o‘rab turadi. Arealning eng chekka qismini esa retsessiv belgili gomozig otalar ishg‘ol qiladi. Mazkur qonun N.I.Vavilovning antropologik kuzatuvlari bilan uzviy bog‘liqdir. U boshliq ekspeditsiya 1924-yilda Afg‘onistonning 3500—4000 m balandlikda joylashgan Kofiriston (Nuriston)da ajoyib voqeaning guvohi bo‘lgan. Ular shimoliy tog‘lik joylarda yashovchi kishilarning ko‘pchiligi ko‘k ko‘z ekanligini aniqlagan. O‘sha vaqtdagi hukmron farazga ko‘ra, shimoliy irqlar qadim zamonlardan keng tarqalgan va u yerlar madaniyat o‘chog‘i hisoblangan. N.I.Vavilov bu farazni tarixiy-etnografik va lingvistik dalillar bilan isbotlab bo‘lmasligini tushuntiradi. Uning fikriga ko‘ra, nuristonliklarni ko‘k ko‘z bo‘lishi retsessiv genlar arealning chekkasiga surilishi qonunining aniq ko‘ri- nishidir. Bu qonunni keyinchalik Chebaksarov Skandinaviya yarimorolida yashovchi aholi misolida yanada ishonchliroq qilib isbotlab berdi. Yevropeoid irqi belgilarining kelib chiqishi migratsiya va alohidalanish bilan tushuntiriladi.
Irqlar to‘g‘risida so‘z borar ekan, shuni e’tiborga olish ke- rakki, irqiy farqlar ikkinchi darajali belgilar hisoblanadi va odam tanasining tashqi va ichki tuzilishiga xos emas. Yevropeoid, mongoloid va negroid irqlariga mansub odamlarning tashqi qiyo fasi bilan bir-biridan farq qilsa ham turmush qurib, normal nasl beradi. Bularning hammasi irqlar bir tarmoqdan tarqalganligidan va hozirgi zamon odamlari irqi va millatidan qat’i nazar bitta biologik turga Homo sapiens sapiensga mansub ekanligini ko‘rsatadi.

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə